|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 74/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020xabar jo’natdingiz, yutuq esa 223 ta xabar joqnatganga berildi. Yana bir marta ishtirok etishingiz mumkin – sizning omadingiz kelishiga biz astoydil ishonamiz» degan ma’lumot keladi.
Juda xam ajoyib firmada ishlash taklifi
Sizga qandaydir firma nomidan ish taklif qilinadi va buning uchun kerakli xujjatlarni xamda qandaydir miqdordagi pulni jo’natish taklif qilinadi. Bu firmaga ishga kirish uchun ular bilan birgalikda ish olib boradigan biror bir joyda malakangizni oshirish, test topshirish yoki sertifikat olish xam taklif qilinishi mumkin. Bu ish nima uchun qilinganinin tushungan bo’lsangiz kerak – tushungan odamning sadag’asi bo’laylik!
«Nigeriya xatlari»
Bunda sizga qandaydir sabablar tufayli o’z qonuniy merosini ololmayotgan yoki merosni taqsimlanmay qiyin axvolga tushib qolganlar nomidan xatlar kelib, merosni olishga moliyaviy yoki qandaydir turdagi yordam berishni so’rashadi. Agar siz bu taklifga rozi bo’lsangiz, sizga kattagina mablag yoki merosning bir qismi taklif qilinadi. Bu firibgarlikni internetda emas, balki afrika davlati Nigeriyada kashf qilishgan va bu firib keyinchalik internetga xam ko’chib o’tgan.
«Omadingiz kelgani xaqidagi xat»
Bunda sizga lotoreyadan yoki shunga o’xshash bir nimadan katta yutuq yutganligingiz xaqida elektron xat keladi. Ushbu yutuqni olishingiz uchun esa yutgan davlatingizga qandaydir miqdorda to’lov (soliq, sug’urta, badal yoki foiz) to’lashingiz kerakligi ma’lum qilinadi. Agar siz soliqni to’lashga rozi bo’lsangiz, qandaydir firmaning xuquqshunosiga muroja’at qilishingiz kerakligi o’qtiriladi. Xuddi shu xuquqshunos sizning pulingizni amal-taqal qilib shilib olish uchun o’zining barcha maxoratini ishga soladi.
«Konfiskatsiya qilingan tovarni sotib oling»
Bunda sizga qaysidir mamlakatda bojxona organlari tomonidan musodara qilingan maxsulotlarni juda past narxlarda sotib olish yoki uni sotish jarayonida dallol sifatida ishtirok etish taklif qilinadi. Agar ko’nsangiz, sizdan bu mamlakatga
kelish yoki ma’lum miqdorda sheriklik badali yuborish taklif etiladi. Ikkala xolatda xam maksad bitta – sizdan qandaydir miqdordagi pulni undirib olishdir.
«Vishing»
Bu usul yuqorida ko’rib o’tilgan fishing usuliga juda xam o’xshash bo’ladi, ammo bunda e-mayl o’rniga internetdan SMS ma’lumot keladi. Bu xam internetdagi to’lov tizimlari imkoniyatlaridan foydalanib sizni chuv tushirishga mo’ljallangan.
«Farming»
Fishingga juda o’xshash bo’lgan bunday firibgarlikning moxiyati foydananuvchini haqiqiysiga juda ham o’xshash boshqa bir saytga yo’naltirishdan iborat bo’lib, ushbu sayt yordamida sizga qandaydir tuzoq qo’yiladi yoki sizga nisbatan elektron xiylagarlik tadbiri uyushtiriladi. Bunda agar siz sayt nomini to’gri kiritsangiz xam, maxsus dasturlar sizni soxta saytga yo’naltiradi.
«Karding»
Ushbu firibgarlik usuli bank kredit yoki debet kartalari bilan bog’liq bo’ladi. Bunda qandaydir internet magazin yaratiladi va unda arzon maxsuolotlar sotilishi reklama etiladi. Ammo bunday internet magazinlar xech nima sotmaydilar, balki ular sizlarning bank kartalaringiz ma’lumotlarini yigish bilangina shugullanadilar. Keyinchalik bu yig’ilgan ma’lumotlar boshqa turdagi firibgarliklarni tashkil qilishyoki nimanidir reklama qilish uchun ishlatiladi.
Faol reklama tizimlari
Bunday turdagi pul ishlash usullari internetda juda keng tarqalgan, ammo bunda oldingi usullarga qaraganda ancha kamroqammo doimiypul topiladi. Firibgarlar sizga veb-ilovalarni xar bir turtganingiz uchun ma’lum miqdorda pul to’lashni va’da qiladilar. Masalan, agar sizga xar bir turtki uchun 50-60 tsentdan to’lashni va’da qilsalar, demak bu firibgarlarning ishi. Ammo agarda xar bir turtkiga 0,1-0,5 tsentdan to’lashni va’da qilsalar, buni normal taklif sifatida qabul qilish mumkin. Bunday faol reklama tizimlarida ishlash taklifi orqalifiribgarlar ko’pchilikning elektron ma’lumotlarini qandaydir g’araz maqsadlarda yigadilar.
Skandinaviya kim-oshdi savdosi
Bunday turdagi auktsionda biror bir tovar juda past narxda sotuvga qo’yiladi va xaridorlar uni sotib olish uchun narx qo’yishda musobaqalashadilar. Kim eng ko’p narx qo’ysa, o’sha inson tovarni yutib oladi. Bunda xar bir stavka qo’yish uchun ma’lum miqdorda xak to’anadi. Bunday kim-oshdi savdosida yaxshigina tovarlarni ancha arzon narxlarda sotib olish mumkin. Ammo firibgarlar bunday auktsionlarning klonini yaratgan xolda sizning xar bir stavka qo’yish uchun to’laydigan stavka pulingizni o’zlashtirib olishlari xam mumkin.
Sport o’yinlari uchun pul tikish
Turli xil sport musobaqalari uchun stavka qo’yadigan yoki pul tikadigan tashkilotlarni bukmeyker kontoralar deb nomlanadi. Bu soxada xam yetarlicha firibgarliklarni topish mumkin. Ular sport o’yinlari natijasi xaqida tajribali profesionallar tomonidan aytilgan juda ajoyib bashoratlarni sotib olishni taklif qiladilar yoki natijalari oldindan kelishilgan sport o’yinlari natijalarini bilishlari bilan ham ko’pchilikni jalb qila oladilar. Natijada ishonuvchan va sodda insonlardan yaxshigina miqdorda pularl ishlab oladilar.
Elektron tijoratdagi firibgarliklardan himoyalanish
|
| |