• Bank kreditlari bilan bog’liq firibgarliklar
  • Qopqon saytlar vositasidagi firibgarliklar
  • WebMoney va Yandex ning sexrli xamyoni
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet71/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    Mobil telefon raqamidan foydalangan xolda insonning qaerdaligini aniqlab beradigan imkoniyatlardan foydalanishda juda extiyot bo’ling! Chunki keyingi vaqtlarda internet tarmogida bunday takliflar ko’payib ketayapti. Buning uchun firibgarlar ko’rsatilgan nomerga SMS va hisob raqamiga pul o’tkazishni so’raydilar. Shu ma’lumotlardan foydalanib, tarmoq firibgarlari hisob raqamingizdan kattagina pul mablagini o’marib ketadilar. Mobil telefon raqami bo’yicha insonning qaerda ekanligini aniqlash mumkin, ammo bu ishni mobil aloqa kompaniyasi operatori ruxsati bilan, ko’rsatilgan talablarga mos ravishda amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ham agar bunday taklif boshqa insonlardan chiqsa, ularni firibgar deb hisoblashdan o’zga chora yo’q.

      1. Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari
    Bank kreditlari bilan bog’liq firibgarliklar

    Keyingi uch yilda faqatgina Rossiyaning o’zidagina bu ishlarga mutaxassislashgan firibgarlar guruxi 500tadan ko’proq insonni aldab, fuqarolarga 11 million rubldan ko’proq zarar yetkazishga muvaffaq bo’ldilar. Buning uchun
    firibgarlar internet tarmogi va ommaviy axborot vositalaridan foydalanganlar. Ular banklardan imtiyozli shartlarda 500 000 rubldan ortiq miqdorda kredit olib berishga va’da berib, salkam 52 ta xududning axolisini laqillatganlar. Xar bir kredit olishni istagan fuqaroni tashkilot xodimasi bilan mobil telefon orqali aloqaga chiqishni va Western Union tizimi orqali 500 dan 800 dollargacha pul o’tkazishni so’rashgan. Pul o’tkazish tasdiqlangandan sung, tashkilot mutaxassisi kredit olmoqchi bo’lgan insonning oldiga kelib, kerakli xujjatlarni birgalikda to’ldirgan va unda shu jumladan, ushbu xodimga pullar fuqaroning o’z xoxishi bilan o’tkazilgani xaqida imzo qo’yilgan xujjat berilgan. Shuning uchun ham internetdagi imtiyozli kreditlar olishga yordam berish xaqidagi takliflarga ishonib yurmang. Chunki «Tekin ovqat faqat qopqondagina bo’ladi!»
    Qopqon saytlar vositasidagi firibgarliklar

    Masalan, ushbu usuldagi firibgarlikda maxsus sayt tashkil qilinib, unda
    «Bojxona organlari tomonidan konfiskatsiya qilingan tovarlar arzon narxlarda sotiladi» degan ma’nodagi soxta e’lon joylashtiriladi. Bu saytlardagi mobil telefonlar, fotoapparatlar, noutbuk kompyuterlar va boshqa maishiy buyumlar juda arzon narxlarda sotilishi xaqidagi e’lonlarni misol sifatida ko’rsatish mumkin. Ammo xaridor bu buyumlarni faqatgina 100 foiz oldindan to’lov shartlaridagina xarid qilishi mumkin. Firibgarlar pulni olgandan sung, uni o’z maqsadlarida bemalol ishlataveradilar. Bu usul vositasida fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdori esa bir necha million rublni tashkil qilgan.
    WebMoney va Yandex ning sexrli xamyoni

    Bunday ko’rinishdagi “sexrli xamyonlar” vositasida cho’ntagingizni yengillashtirish usullari internet firibgarlari orasida keng tarqalgan vositalardan biriga kiritish mumkin. Bunda quyidagi sexrli goya targ’ib qilinadi: «Siz ko’rsatilgan xamyonga biror bir miqdordagi pul yuborasiz va biroz vaqt o’tganidan so’ng xamyon sizga o’sha pulingizni ikki-uch marta ko’paytirilgan xolda qaytaradi». Albatta siz o’z pulingizni qayta ko’rmaysiz – uni firibgarlar o’z maqsadlari uchun ishlatib bo’lganlar. Ammo ba’zi paytlarda pulingiz bir qancha muddat o’tganidan sung, qaytib xam keladi, bu xolda firibgarlar sizni keyingi
    operatsiyalarga ishontirish uchun birovning pulini boshqasiga jo’natish kombinatsion usulidan foydalanadilar. Yodingizda tursin: internetda sexrli xamyonlar mavjud emas - agar pulingizni yuqotmoqchi bo’lmasangiz, bunga aslo ishonmang!

    Download 2,85 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.