• «Boshqalarning telefonda yoki elektron pochtada o’zaro nimalar xaqida so’zlashishlarini bilishga yordam beramiz»
  • «Reklama sotib oling»
  • «Uzingizning ICQ nomeringizni sotib oling»
  • «Uyda bajariladigan ish taklif etamiz»
  • «Tekinga mobil telefon oling»
  • «Bolalarga yordam bering»




    Download 2,85 Mb.
    bet73/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    «Bolalarga yordam bering»


    Bu eng uchchiga chiqqan internet-firibgarlarning ishidir, chunki bunda kasal bolalarning nomidan ularning xaqqiga xuruj qilinadi. Og’ir kasallikka chalingan bolaga yordam berish xaqidagi ko’pchilik insonlarning raxmini keltiradigan ma’lumotlar uning rasmi bilan birgalikda elektron pochta, tirik jurnal va forumlarda tarqatiladi. Bu bolaga yordam bermoqchi bo’lganlarga ko’rsatilgan bank hisobraqamiga, elektron xamyonga yoki Western Union ga pul junatish taklif qilinadi. Jo’natgan pulingiz esa firibgarlar tomonidan osonlikcha o’zlashtiriladi. Shuning uchun agar biror bir kasal bolaga yordam puli junatmoqchi bo’lsangiz, avvalo bolaning ota-onasi bilan aloqaga chiqing va ularga pulni adresli ko’rinishda yoki bevosita qo’ldan qo’lga bering.

    «Boshqalarning telefonda yoki elektron pochtada o’zaro nimalar xaqida so’zlashishlarini bilishga yordam beramiz»


    Bu firibgarlak rashkchi er-xotinlardan pul undirish usuli bo’lib, unda kerakli insonga noma’lum foydalanuvchi tomonidan mobil telefondagi suzlashishlarni, SMS-xabarlarni yoki elektron pochta orqali amalga oshirilgan yozishmalarni bilib
    berish taklif etiladi. Ular sizni to’liq ishontirish uchun bir necha kun davomida siz bilan dustona yozishma olib boradilar va ishonchga kirgandan so’ng, ma’lum miqdordagi avans jo’natishni taklif qiladilar. Avans olgandan so’ng, ular siz bilan aloqa qilishni bas qiladilar, chunki ular maqsadlariga erishdilar va internetdagi boshqa laqma odamlarni chuv tushirishni davom ettiradilar. Pulni oldindan to’lash taklifi bor yoki yo’qligi rostdan xam ma’lumot bermoqchi bo’lganlarni soxtalaridan farqlashga imkon beradi.

    «Reklama sotib oling»


    Bunday antiqa firibgarlikning potentsial mijozlari smartfon egalaridir. Bu boradagi internetda chiqariladigan e’lonlarning mohiyati – xizmat uchun xizmatdir. Telefon egasi internetdan tekinga biror bir dasturni yuklab olib, uni o’z mobil telefoniga o’rnatadi va shu tufayli u xar gal SMS-xabar olganida ekranda qandaylir reklama paydo buladi. Telefon egasi xuddi shuning uchun xar bir reklama banneri uning telefonida ko’rsatilgani tufayli qandaydir dividend oladi. Xaqiqatan xam bundan ma’lum miqdorda pul ishlaganlar bor, ammo ko’pchilik xollarda bu pul miqdori juda xam kam bo’ladi. Bunday xizmat turini taklif qilgan kompaniyalar ushbu amal tufayli reklamaning insonlarga qanday ta’sir qilishini o’rganishlari yoki o’z yangi maxsulotlarini ommaga reklama qilishlari mumkin. Ammo bu imkoniyatdan firibgarlar xam foydalanadilar. Ular telefonda kursatilgan reklama banneri programmasi ichiga xavfli dastur kodini joylashtirib kuyishlari mumkin. Bu xolda abonent istamasa xam uning ruxsatisiz kimmat serverlarga pul echib oladigan (xar bir xabarga 3-5 dollargacha) SMS-xabarlar junatilishi yoki telefon egasining pullari echib olinishi mumkin.
    «Uzingizning ICQ nomeringizni sotib oling»

    Ba’zi paytlarda sizning doimiy ishlaydigan va turli xildagi mijozlar bilan ishlashga imkon beradigan bevosita mulokot tizimlaridagi, masalan, ISQ dagi unikal nomeringizni ugirlab, uning uchun pul talab qilishlari xam mumkin. Yoki sizning nomingizdan yaqin tanishlaringizga qung’iroqqilib, ulardan yordam puli yoki qarz so’rashlari xam mumkin. Ayniqsa, sizni ISQ orqali shantaj qilish xollari juda xam xavfli tus olishi mumkin.
    «Uyda bajariladigan ish taklif etamiz»

    Ish qidirayotganlarni laqillatib, pul topish usulini internetdagi firibgarlar ko’p zamonlardan beri malakali ravishda aldab kelayaptilar. Masalan, ular internetda «Biz kitoblar nashr qiluvchi nashriyotda ishlaymiz. Ish juda ko’pligi va ishchilar yetishmaganligi tufayli,bizga kompyuterda malakali matn teruvchilar kerak. Xar bir bet terilgan matnga 500 sumdan to’laymiz yoki buni kelishamiz» degan ma’noda reklama joylashtiradilar. Siz rozi bo’lganingizdan sung, siz uchun kerakli qo’lyozma materiallarni junatishning pochta xarajatlari uchun xamda ishlashinigiz kafolatililigini ta’minlashga ma’lum miqdorda pul jo’natishingiz kerakligi aytiladi. Pulni bank orqali, pochta orqali yoki elektron pul sifatida yuborishingiz mumkinligi xam ta’kidlanadi. Pul jo’natganingizdan so’ng, pullaringizni xam ularni xam batamom yo’qotasiz.
    «Tekinga mobil telefon oling»

    Xozirgi paytda bunday firibgarliklarning ikki xil usuli mavjud: Ularning birinchisini internet magazinlar ishlatishsa, ikkinchisini kim oshdi savdosi o’tkazish baxonasi bilan ishlatishadi. Internet-magazinlar o’z saytlarida eng yangi mobil telefonni yutib olish mumkin bo’lgan tadbir o’tkazilishini reklama qilib, bunda ishtirok etish uchun ulardan, masalan, ikkitagina musika diski sotib olishni taklif qiladilar va kim sotib olsa, ular orasida telefon yutib olish bo’yicha tanlov o’tkaziladi deydilar. Siz albatta yutmaysiz xam, kim yutganini bilmaysiz xam. Chunki bu tanlov magazinga xaridorlarni jalb qilish uchungina o’tkaziladi. Agar kimdir yutsa xam, u odam magazin bilan oldindan kelishib olgan odam bo’lib chiqadi. Bir oz vaqtdan so’ng, uning yutib olgani reklama qilinib, yana boshqa laqmalar bu tanlovga jalb qilinadi. Ikkinchi usulda firibgarlar sizga ma’lum bir telefon nomeriga SMS-xabar jo’natishni taklif qiladilar va kim ko’proq xabar yuborsa, o’sha eng yangi modeldagi mobil telefon egasi bo’ladi deb ishontiradilar. Siz biror muddat SMS-xabarlar jo’natganingizdan so’ng, sizga «Eng oldindasiz, tezrok xarakat kiling, liderdan 1-2 tagina xabar orqadasiz» degan ma’noda SMS- xabarlar kela boshlaydi. Siz yana xam qiziqib ketib, SMS-xabarlar jo’nataverasiz. Tanlov tugaganidan so’ng, sizga «Ishtirokingiz uchun katta raxmat, siz 222 ta

    Download 2,85 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   217




    Download 2,85 Mb.