• Stratis
  • Morgan Stanley
  • Tether Ltd
  • TechCrunch
  • ElPetro
  • PetroGold
  • DAVOS
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet96/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    paytda tekshirib audit qilishi mumkin. Undan tashqari, xuddi bitkoin singari boshqa turdagi kriptovalyutalar ham paydo bo’layapti va ular ham blokcheyn texnologiyasi asosida yaratilgan. Ular bitkoinga nibatan ancha katta bo’lgan anonimlilik darajasiga ega bo’lishlari mumkin”. Ammo dunyodagi yirik va ko’zga ko’ringan moliyachilarning kriptovalyutalar bo’yicha turli-tuman munozaralariga qaramay, raqamli kriptovalyutalar borgan sari ko’proq jahon iqtisodiyotiga ta’sir qilayaptilar va ularga bo’lgan investitsiyalar miqdori kun sayin ortmoqda. Nima uchun kriptovalyutalar kursi juda tez o’zgaradi va unga egalik qilishda tavakkalchilik miqdori juda ham katta miqdorda degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Moliyaviy ekspertlarning fikricha, kriptovalyutalarning ortida real iqtisodiyot, tovar va hizmatlar harakati, kapital harakati, to’lov qobiliyati pariteti kabilar turmaydi, xuddi shu tufayli ham kriptovalyutalar ularni boshqarish bo’yicha yangiliklar va shu kabi boshqacha stress faktorlarga juda ham sezgirdirlar. Shu tufayli turli mamlakatlarda kriptovalyutalarga turlicha yondoshuv mavjud: Ba’zi mamlakatlarda ular umuman nazorat qilinmaydilar, boshqalarida esa kriptovalyutalar allaqachon to’lov vositasi sifatida ishlatiladilar. Bu yo’nalishda umumjahon qonunlari paydo bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. Kriptovalyutalar bozorining kelajakdagi xolatiga nazar solsak, bu bozorda tavakkalchilik xali-hanuz ancha yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham uzoq va qisqa muddatli perspektivalarda ko’tarilish va pasayishga tayyor bo’lgan investorlargagina bu bozorda o’ynash tavsiya etiladi. Quyida nima sababli, kriptovalyutalar kursi tez-tez va shiddatli tarzda o’zgarishining yana boshqa bir qancha sabablari keltiriladi:Bularning birinchisiga xuddi oddiy pullar va qimmatli qog’ozlar bozorida bo’lgani kabi “ruhiy” faktorlarni kiritishimiz mumkin. Masalan, investorlarni kutish, talabning vaqtinchalik ko’payib ketishi, talab o’sishining sekinlashuvi, juda tez o’sishdan so’ng charchoqlik xolati kabilar. Kriptovalyutalar bozorining boshqa turdagi aktivlar bozoridan asosiy farqi - uning iqtisodiyot bilan uzviy bog’liq emasligidir. Mamlakatlar iqtisodiy hayotiga bitkoinlar kursining o’sishi yoki kamayishi xozircha ta’sir qilmaydi. Aksincha, dollar kursi tebranishi yoki neft narxi o’zgarishi iqtisodiyotga katta ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchi sabab, kriptovalyutalarning
    yangi raqamli valuta turiga mansubligidir. Ko’pchilik uning nimaligini juda yaxshi tushunmaganligi sababli informatsion o’yinlar vositasida kriptovalyutalar kursini ko’tarish yoki tushirib yuborish mumkin. Bunda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar katta ahamiyatga ega. Internetdagi qandaydir yangilik uning kursini tushirsa, boshqasi kursni ko’tarib yuboradi. Bu boradagi ko’pchilik ma’lumotlarni tekshirishning o’zi ham katta muammodir. Uchichi sabab sifatida kriptovalyuta dastur kodining yangilanishini (hardfork) keltirish mumkin. Kurs ma’lum maksimal darajaga yetgandan so’ng, oldi-sotti vaqtincha to’xtatilishi mumkin, ammo bu umumiy xolatga katta ta’sir ko’rsatadi. Bitkoinning kursi juda ham o’zgaruvchan (volatil)bo’lgani uchun yirik investorlarning savdoga aralashuvi kursni anchagina o’zgarishiga olib keladi. Bu esa bitkoin puffagi xali bir necha bor kattalashishi va kichiklashishi mumkinligini anglatadi. Bitkoin kursi qachon stabillashishini xozircha hech kim bashorat qila olmaydi, shuning uchun bitkoin egalariga sabr qilish tavsiy etiladi.
    Qaysi kriptovalyutani sotib olish kerak va qaysisini sotish kerak degan savolga javob berish ham juda murakkab masala. Ammo hozirgi sharoitlarni hisobga olgan xolda bitkoindan voz kechish ham unchalik to’g’ri bo’lmas. Negaki xozirgi paytda investorlar unga juda qattiq ishonadilar. Bitkoinga bo’lgan ishonch bitcoin cash va bitkoin gold ga bo’lgan ishonchga nisbatan ancha katta miqdorda. Undan tashqari, bitkoinning boshqa koinlarga nisbatan ishonch zahirasi anchagina kattaligini payqash mumkin. Agarda eng ommabop raqamli valyuta – bitkoinga al’ternatuva qidirilsa, u xolda bir qancha variantlarni taklif etish mumkin. Masalan, bitkoin daromad darajasi bo’yicha bir qancha kriptotokenlardan quyiroqda yuradi. Misol uchun, Stratis (STRAT) ning narxi 2016 yil iyulidan buyon ICO tashkil qilingandan keyin 600 barobarga o’sgan bo’lsa, xuddi o’sha davrda bitkoin bor- yo’g’i 30 barobarga o’sgan. SpectroCoin (kriptovalyutalar birjasi) narxi esa 2017 yil yanvaridan buyon 400 barobarga o’sgan. Rossiyadagi Wirex kriptobankining asoschilaridan biri Pavel Matveevning fikriga ko’ra esa, 2017 yil oxiridagi tendentsiyalar bitkoin narxi yaqin kelajakda 6000 dollargacha tushadi. 2018 yilda bitkoin (BTC) ning narxiga Yaponiya, Xitoy, Belorusiya, Venesuela, Rossiya va
    dunyoning boshqa yetakchi kriptoiqtisodiyotli davlatlarida tegishli qonunlarning qabul qilinishi katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Sidechain (biror-bir kanalning yoki qurilmaning qandaydir ko’rsatgichlarini boshqa bir qurilma yoki signal vositasida boshqarish usuli) texnologiyasining ommaviy ravishda tadbiq etilgan xolda institutsional investorlar xuddi entuziastlar kabi bitkoinga butkul ishonib qolishlari mumkin bo’ladi va natijada ular bitkoinning kursi oshishiga ishqiboz bo’lib qoladilar va xuddi shu yo’sinda o’ynaydilar. Bitkoinning kelajagi to’g’risida al’ternativ pessimistic bashoratlar ham mavjud. Masalan, amerikalik iqtisodchi Djefri Sakks ning Boston Globe da yozishicha, bitkoin o’ziga xos moliyaviy puffak bo’lib, uning kursi insonlar ishonchiga va tezda boyib ketishga bo’lgan ishtiyoqiga bog’liqdir. Uning fikriga ko’ra, davlat hech qachon pul emissiyasiga bo’lgan nazoratni qo’ldan chiqarishga rozi bo’lmaydi va kriptovalyutalar bozorini boshqarish bo’yicha faol tadbirlarni amalga oshira boshlaydi. Morgan Stanley banki analitigi Djeyms Fasett Business Insider nashriyotiga bergan intervyusida “… agar kriptovalyutadan to’lov vositasi sifatida foydalanishning imkoni bo’lmasa, uning hech kimga keragi bo’lmay qoladi va narxi ham keskin tushib ketadi. Davlat organlari ham xuddi shuni amalga oshirish istagidalar” degan fikr bildirgan.Xozirgi paytda kriptovalyutalar yordamida mablag’ ishlab olishning bir qancha usullari bo’lib, ular ichida ommaviyrog’i – bitkoinlarni naqd pulga sotishdir. Rossiyada bir guruh insonlar ushbu operatsiya orqali 500 million rublni naqdlashtirganlar. 2017 yilda ba’zi bir Rossiylik fuqarolar bitkoin sotib olish uchun kvartiralarini ham sotganlar. Xatto lo’lilar ham bitkoinga o’xshash tangalarni naqd pulga sotayotganlari kuzatilgan. Dindorlarning fikrlaricha, kriptovalyuta iqtisodiyotda foyiz mexanizmining amal qilishi tufayli, pul massasining real material resurslardan ajralib qolishining yana bir turidir. Ammo yahudiylar o’zlarining kriptovalyutalarini chiqarishga ulgurdilar. 2017 yil iyun oyida Bitcoen deb nomlangan yahudiy kriptovalyutasi amalga kirdi. Yahudiylar jamoasining fikrisha, bu kriptovalyuta spekulyativ operatsiyalar uchun emas, balki butun jahon yahudiylarining hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish uchun
    yaratilgan. Ushbu yangi kriptovalyuta faqatgina yahudiy jamoasi tomonidan boshqariladi, ammo uni istalgan inson sotib olishi mumkin.
    2017 yilda jahonda ilk bitkoin milliarderlari ham paydo bo’lishdi. Ular egizak aka-ukalar Tayler va Kameron Uinklvosslardir. Ular 2013 yilda har biri 120 dollardan bo’lgan bitkoinlardan 11 million dollarlik sotib olishdi va shundan so’ng kriptovalyutaning narxi 100 barobarga o’sdi. Natijada aka-ukalar bir yumalab milliarderga aylanishdi. 2018 yil boshida bitkoinning kapitalizatsiyasi 306,5 millard dollarga yetdi.Bunday katta miqdordagi o’sishga bir qancha sabablar mavjud. Masalan, CME va CBOE Chikago birjalarida kriptovalyuta bo’yicha f’yucherslar va optsionlar ishga tushirilmoqda, boshqa bir qancha mamlakatlarda esa kriptovalyutalar tan olinib, ular to’lov vositasi sifatida ishlatilmoqda, boshqa bir davlatlarda esa qonuniy baza ishlab chiqilmoqda. Yana bir sabab, dollarning raqamli analogini chiqarayotgan Tether Ltd kompaniyasi yirik kriptovalyuta birjasi Bitfinex bilan kelishgan xolda ta’minlanuvsiz raqamli dollar chiqarib, ulari bitkoinlarga investitsiya qilmoqda. Undan tashqari, yirik jahon bank sektorlari o’yinchilari, avtomobil ishlab chiqaruvchilar va riteyl-gigant Amazon ham asta- sekin kriptobozorga kirib kelmoqda. 2017 yilning noyabrida Shveytsariyaning Vontobel banki ham bitkoinlar uchun mini-f’yucherslar chiqara boshladi. Yaponiyada esa bitkoin rasmiy to’lov instrumenti sifatida tan olindi. Xindistonda ham kriptovalyutalar boshqaruvi bo’yicha qonunlar ishlab chiqish jarayoni amalga oshmoqda. AQSH bitkoinni birja mahsuloti deb tan olgan va Evropa mamlakatlari ham kriptovalyutani boshqarish bo’yicha tartibotlarni amalga kiritdilar. Kanada va Lotin Amerikasida ham bu xolatlar kuzatilayapti. Bularning barchasi bitkoinning jahon miqyosida tan olinayotganligini anglatadi. Bitkoinlarni ishlatish ruhsat etilmagan davlatlar junlasiga Bangladesh, Boliviya, Ekvador, V’etnam va Qirg’izistonni kiritish mumkin. Ammo Saxo Bank ning valyuta strategi Djon Xardining fikricha, Rossiya va Xitoyning ruxsat berilmagan kriptovalyutalarga ta’qiq qo’yishi natijasida 2018-19 yillarda bitkoinning narxi ancha tushib ketishi mumkin. Natijada uning narxi 2019 yillarga kelib 1000 dollar atrofida stabillashadi. Xozirgi davrda nafaqat investorlar, balki boshqa soha mutaxassislari
    ham kriptovalyutalar bozoriga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Masalan, TechCrunch ning habar berishicha, xakerlar NiceHash kriptobirjasini buzib, undan 60 milliondan ko’proq dollar mablag’ni o’girlashga erishdilar. Natijada 5 mingdan ortiq bitkoin yo’qolishi kuzatildi. Belorussiya davlati “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” deb nomlangan dekret kuchga kirgandan so’ng, milliy darajada smart-kontraktlarni legallashtirgan dunyodagi birinchi mamlakat bo’ldi. Bu haqda Belorussiya Yuqori texnologiyalar parki saytida habar berilgan. Ushbu texnopark tokenlar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha loyihalarni hayotga tadbiq qilish uchun mo’ljallangan tajriba maydoni hisoblanadi. Mamlakat prezidentining bildirishicha, dekret respublikada information texnologiyalari, kriptovalyutalarni va blokcheyn texnologiyasini rivojlantirishga hamda mamlakatga transmilliy IT-kompaniyalar kelishiga qulay imkoniyatlar yaratadi. Uning aytishicha “Yangi dekret ICO larni, kriptovalyutalarni va smart- kontraktlarni (blokcheyn texnologiyasi asosida kontraktlar tuzish va uni bardavom etishga mo’ljallangan komp’yuter dasturi) qonuniylashtiradi”. Dekret tokenlar yaratish, ularni almashtirish, saqlash, joylashtirish, sotib olish hamda kriptobirjalar va kriptovalyutalar platformalari faoliyatiga doir hech qanday chegaralashlar va mahsus talablarni nazarda tutmaydi. Yuqori texnologiyalar parkining bildirishicha “Jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan mayning faoliyati, tokenlarni sotish, almashtirish hamda joylashtirish tadbirkorlik faoliyati deb hisoblanmaydi va tokenlar deklaratsiya qilinmaydi. Mayning faoliyati, tokenlarni yaratish, sotish va sotib olish esa 2023 yilgacha soliqqa tortilmaydi”. Ammo bu ish Belorussiyada elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojni ancha oshiradi, chunki mayning juda ham katta elektr energiyasini talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatda nisbatan arzon elektr energiya ishlab chiqarishga imkon beradigan atom elektr stantsiyalari qurilmoqda va yana yangilarini qurish rejalashtirilmoqda (Buni Rossiyaning “Atomstroyeksport” tashkiloti amalga oshirmoqda. Natijada 2019-2020 yillarga kelib atigi ikkita energoblok mamlakatga 2Gvt arzon atom elektr energiyasi ishlab chiqarib beradi). Rossiya prezidenti ham 2019 yil 1 iyuligacha kriptovalyutalar aylanmasi va ICO haqidagi qonunlani ishlab chiqishga topshiriq bergan. Chunki
    Rossiyada ham kriptovalyutalar bozorida ishlovchilar soni borgan sari oshib bormoqda.2017 yilning dekabr oyi boshida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ham mamlakatda 100 mln ElPetro kriptovalyutasini chiqarish haqida topshiriq bergan. Ushbu kriptovalyuta mamlakatda chiqarilayotgan neft bilan ta’minlanadi – ya’ni 1ElPetro 1 barrel neft narxiga teng bo’ladi. Mamlakat rahbarining fikricha, ElPetro Venesuelaning “pul suvereniteti” ni ta’minlab berishi va pul oqimi hamda investitsitsiyalarni ko’paytirishi kerak. Boshqa barcha kriptovalyutalardan farqli o’laroq, bu kriptovalyuta VenesuelaningAyakucho neft konidagi 5 milliard barrel neft bilan ta’minlanadi.Agarda kriptovalyuta loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, har bir kriptovalyuta egasi bir barrel (yoki bir bochqa) neft egasi bo’ladi. Hozirgi narxlarda bu 60 dollar degani. 2018 yil 20 fevralda sotuvga chiqarilgan bu kriptovalyuta birinchi kunningo’zidayoq 735 mlndollarlik sotildi, bir hafta ichida esa bu miqdor 1 milliard dollarga yetdi. Muvaffaqiyatdan ruhlangan loyihachilar endi PetroGold kriptovalyutasini chiqarishni rejalashtirayptilar – bu kriptovalyuta esa oltin bilan ta’minlanadi. Agarda loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, Petro ning kapitalizatsiyasi 6 milliard evroga yetishi mumkin. Frankfurt moliya va menejment maktabining professori Philipp Sandnerning fikricha, virtual bozordagi bu kriptovalyuta material boylik bilan ta’minlangan bo’lgani uchun bitkoinga nisbatan ancha stabil bo’lishi mumkin. Karakasdagi mas’ullarning fikrlaricha, ularning o’z mustaqil kriptovalyutalari halqaro valyuta bozorlari bilan yaqindan muloqot qilishga imkon beradi va chet ellardan moliyaviy mablag’larni jalb qila oladi. Har qanday xolatda ham ElPetro kriptovalyutasi chiqarishni virtual dunyodagi bir tajriba sifatida qabul qilsh mumkin. Agar bu yondoshuv o’zining samaradorligini ko’rsatsa, boshqa mamlakatlar ham iqtisodiyotni rivojlantirish uchun bu tajribadan foydalanishlari mumkin bo’ladi. Evropada ham bunday jarayonlar davom etmoqda, masalan, Buyuk Britaniya o’z kriptovalyutasini chiqarishni rejalashtirayapti. Bu kriptovalyuta Britaniya funt-sterlingi bilan bog’liq bo’lib, markaziy bankning fikricha, u banklar o’rnini bosishi mumkin.



    BundayAngliyamilliykriptovalyutasi 2020yilningboshlaridachiqarilishimumkinliginiTheTelegraphMarkaziybankmulozi migaishoraqilganxoldama’lumqilgan.
    Hozirdabuniqandayqilibamalgaoshirishmuammolariilmiyizlanishjarayonidao’rgani layapti. Ushbukriptovalyutabitkoinninganalogibo’lib, tranzaktsiyatexnologiyalaridanfoydalanishniko’zdatutadi.
    Markaziybankningfikricha, bukriptovalyutabritaniyaliklargabanklarhizmatidanvozkechib, o’zpullariniraqamliaktivlardasaqlashimkoniniberadi.
    Kriptovalyutayordamidakattatranzaktsiyalarniamalgaoshirishmumkinbo’ladi (masalan, ko’chmasmulksotibolishosonlashadi). 2017
    yildekabroyioxiridaIzroildavlatiham “Elektronshakel” debnomlanadigano’zkriptovalyutasinichiqarishinibildirdi.
    BubilanIzroiliqtisodchilariikkimuammonihalqilishmoqchi: iqtisodiyotdaginaqdpulmiqdorinikamaytirishvaqorabozorgaqarshisamaradorroqkur
    ashish. Bukriptovalyutabitkoinninganalogibo’lmadi,
    balkiIzroilmilliyvalyutasigaekvivalentbo’ladi. Shunihamaytishkerakki, hozirgipaytdajahondagi 500 taengyirikinternet- magazinlardanatigiuchtasiginabitkoinniqabulqiladi.
    Agarjahonvalyutabozoridagibirkunlikvalyutaoperatsiyalarimiqdori 5,4 trilliondollarbo’lsa, kriptovalyutabo’yichabirkunlikoperatsiyaralarhajmibor-yo’g’i
    3 milliarddollargayetadi,xolos.Ammo, JahonIqtisodiyKengashi (DAVOS) ekspertiKlausShvabningta’kidlashicha, raqamliiqtisodiyotningrivojlanshinatijasidaamalgaoshiriladiganto’rtinchiishlabchiq arishinqilobi (Industriya 4.0) 2025 yilgakelib, insoniyatgaquyidagiimkoniyatlarnihadyaqilishimumkinekan:

    • 90% insonlarma’lumotlarni (yoki reklamalarni) tekingavaistalganmuddatgasaqlashimkoniyatigaegabo’ladilar;

    • Internet tarmog’iga 1 trilliondan ortiq datchiklar ulanadi;

    • 10% miqdoridagi insonlarning ko’zoynaklari internet tarmoq’iga ulanadi;

    • Barcha uchun hizmat ko’rsatadigan farmatsevt-robotlar paydo bo’ladi;

    • Avtomobillar 3D-printer vositasida pechat qilina boshlaydi;

    • Aholini ruyhatga olish Big Datava blokcheyn yordamida amalga oshiriladi;

    • Implant ko’rinishidagi mobil telefonlar paydo bo’ladi;

    • 10% insonlar internet tarmog’iga ulangan kiyimlar kiyib yurishdigan bo’lishadi;

    • Halq iste’moli tovarlarining 10%i 3D-printerlar yordamida yasalgan bo’ladi.

    • Aholining 90%i smatfonlardan foydalanishadi.

    • 3D-printer yordamida birinchi marta jigar chop qilinadi va o’rnatiladi.

    • Aholining 90%i internetdan foydalanadi.

    • Korporativ auditorlik tekshiruvlarining 30%ini sun’iy intellectli tizimlar o’tkazadi.

    • Soliqlar blokcheyn texnologiyalari yordamida yig’iladi va nazorat qilinadi.

    • Avtomobil sayohatlari birgalikda foydalaniladiagn mashinalarda amalga oshiriladi (sharing economy).

    • YIM ning 30%i blokcheyn texnologiyalaridan foydalangan holda saqlanadi.

    • Korporativ direktorlar kengashida tarixda birinchi marta aqlli robot ishtirok etadi.

    O’zbekistonda ham kriptovalyutani muomalaga kiritishdan avval uning qanday moliyaviy aktiv ko’rinishida qabul qilish va undan qanday tartibda foydalanish masalasini uzil-kesil hal qilish lozim bo’ladi, ya’ni, unga oddiy raqamli pul sifatida qarash kerakmi yoki uni yangi turdagi valyuta sifatida ko’rish kerakmi. Shundan so’nggina, mamlakatda kriptovalyuta aylanishining xuquqiy asoslarini ishlab chiqarish mumkin bo’ladi.

    1. Download 2,85 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.