• Microsoft, NewEgg, TigerDirect, Warner Bros. Records, PayPal, Global Payments va AlterNet Systems
  • Coinbase
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet93/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    MATBEA – Bitcoin bilan ishlash uchun juda qulay servis bo’lib, unda bitkoinlarni komissiyasiz sotib olish, uni bank hisoblariga va kartalarga chiqarish mumkin. Unda BTC dan tashqari, fiat valyutalar bilan ham ishlash mumkin. Interfeysi ruscha va inglizcha bo’lib, kontaktlari: mail@matbea.com
    BITPAY– bu servisning shtab-kvartirasi Djodjiya statining Atlanta shaxrida bo’lib, u kriptovalyuta hizmatlarining global o’yinchisi hisoblanadi. Servis valyuta almashinuvidan tashqari, to’lovlarni boshqara oladi va Bitkoinning yirik operatorlaridan biri hisoblanadi. U Microsoft, NewEgg, TigerDirect, Warner Bros. Records, PayPal, Global Payments va AlterNet Systems kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. Servisning New-York, San-Frantsisko, Sankt-Peterburg, Amsterdam va Argentinada ofislari mavjud. 22 nafar elektron tijorat firmalari bilan integratsiya qilingan. BTC kriptovalyutasi va fiat valyutalar bilan ishlay oladi. Interfeysi bir qancha tillarni o’z ichiga oladi.
    COINBASE–halqaro kriptivalyuta operatorlaridan biri bo’lib, uning servislari orasiga birkoinning mul’tiplatformali hamyoni va kriptovalyutalar almashinuv servisi kiradi. Uning shtab-kvartirasi Kaliforniyadagi San-Framtsiskodadir. Coinbasening foydalanuvchilari bitkoinni joriy bozor kursida, bank ko’chirmasi yordamida AQSH da va 18 ta Evrova davlatlarida sotishlari va sotib olishlari mumkin.Coinbasebirkoinni saqlash, jo’natish va olish uchun elektron hamyonlar taklif qiladi. Valyuta almashinuv hizmatlaridan foydalnish uchun mijozlar bank rekvizitlarini ko’rsatishlari va ikki bosqichli autentifikatsiyadan o’tishlari kerak bo’ladi. Hozirgi paytda Coinbase da 2,1 million foydalnuvchi va 2,5 million hamyonlar bor. Servis BTC kriptovalyutasi va fiat valyutalar bilan ishlay oladi. Interfeysi esa mul’titilli bo’lib, manzili: Coinbase, Inc., a Delaware Corporation.
    Endi qanday qilib kriptovalyutalarni havfsiz sotib olish texnologiyasini qadam- ba-qadam tahlil qilib chiqamiz va bu borada o’z fikrlarimizni bildiramiz. Xosirgi paytda pul-kredit va moliya sohasida faoliyat yuritadigan insonlar bitkoin va boshqa turdagi kriptovalyutalarni sotib olish jarayoni bilan qiziqadilar, ammo bu ish qanday amalga oshirilihi texnologiyasini juda yaxshi tushunmaydilar. Ularga yordam berish va ularni turli-tuman havf-hatar, yanglishish va moliyaviy yo’qotishlardan himoya qilish maqsadida ham ushbu bo’limni yoshishga bel bog’ladik. Ko’pchilik kriptovalyutalarni jahon miqyosidagi moliyaviy piramida, kapitalistik olamning tuzog’i, pul yuvishning zamonaviy usuli, uchchiga chiqqan moliyaviy firibgarlik deb hisoblashiga qaramasdan, dunyo miqyosida va respublikamizda ham uni sotib olmoqchi va shu orqali boyimoqchi bo’lganlar safi borgan sari kengaymoqda. Ammo shunga qaramasdan, kriptovalyutalar kursi o’jarlik bilan bir o’sib, bir kamayishda davom etmoqda va unga yangidan-yangi investorlar, transmilliy korporatsiyalar va davlatlar ham tinimsiz ravishda tortilmoqda. Masalan, AQSH, Yaponiya, Xitoy, Venesuela, Belorusiya, Evropa hamjamiyati davlatlarida birjalar ishlab turibdi va bitkoinlarga oldi-sottilar yo’lga qo’yilgan. Rossiya va Qozog’stonda ham bu sohaga faol kirishish yo’llari va usullari aktiv muhokama etilmoqda. Chunki, 2010 yildan buyon bitkoin 50 tsentdan 20000 AQSH dollaridacha bo’lgan qiymatga o’sdi. Efirium esa 2015
    yildan beri 1,2 dollardan 465 dollargacha kattalikka qimmatlashdi. Kimlardir buning oqibatida millioner va ba’zilar esa milliarder ham bo’lishdi. Bu sizga ham passiv (kursning o’sishini kutib turasiz) yoki aktiv (kursda spekulyatsiya qilasiz) investor bo’lib yaxshigina pul ishlab olish imkonini beradi. Kriptovalyutalarning bir salbiy tomoni ham bor – uni hech kim boshqarmaydi, shuning uchun uning kursi bir qancha sabablarga ko’ra tushub ketishi ham mumkin (DDoS-hujum, katta oldi-sottilar, ba’zi davlatlarni undan tamoman voz kechishi, qonun bo’yicha taqiqlar va boshqalar). Agar siz ham ommaviy kriptovalyutalar (raqamli valyutalar) olamiga kirishni va unda o’z omadingizni sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz, quyida keltirilgan ko’rsatmalarga rioya qilishingiz maqsadga muvofiq bo’lar edi. Demak, kriptovalyutalar olamida tezda boyib ketishingiz va xuddi shunday tarzda barcha pullaringizdan judo bo’lishingiz ham mumkin. Siz shunga tayyormisiz? Agar bu savolga “Ha” deb javob bersangiz, quyida keltirilgan maslahatlarni o’qing, aks holda o’qimasangiz ham bo’ladi. Endi qanday qilib kriptovalyutalar olami bilan oshno bo’lish mumkinligini qadam-ba-qadam ko’rib chiqamiz: Kriptohamyon ochish.Bunda uch usuldan foydalanish mumkin:

    • Dasturiy” kriptohamyon ochish – masalan, blokcheyn.info va “Криптонатор” lardan foydalangan xolda.


    • Download 2,85 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.