• Bulut – bu nafaqat virtuallashtirish
  • Bulut – tejamkorlik manbai bo‘lishi shart emas.
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet101/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    Gibrid bulut (hybrid cloud) – bu infratuzilma yuqoridagi barcha ko’rsatilgan bulutli modellarini o‘z tarkibiga oladi (xususiy bulut va ommaviy bulut). Odatda, gibrid bulut platformasi undan foydalanadigan kompaniyada yaratiladi, ularni boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa korxona bilan ommaviy bulutni yetkazib beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulutning bir qismi ommaviy bulutga, bir qismi xususiy bulutga tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi. Misol sifatida xususiy bulutli texnologiya to‘g‘risida yanada aniq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradigan quyidagi asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:

    1. Bulutbu nafaqat virtuallashtirish, negaki, server va infratuzilishni virtuallashtirish uni informatsion bulut deb hisoblashning asosi hisoblansada, virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarishni amalga oshirish natijasida tizim o‘z-o‘zidan qandaydir turdagi bulut bo‘lib qolmaydi. Texnik muhit bulut texnologiyasi deb hisoblanishi uchun, informatsion tizim virtual mashina, operatsion tizim yoki bog‘lovchi dasturiy ta’minot konteyneri, yuqori bardoshli operatsion tizim, grid-hisoblash dasturiy ta’minoti, saqlash resurslarini tahlil qilib

    boruvchi dasturiy ta’minot, ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi vositalardan iborat tashkil etuvchilarga ham ega bo‘lishi zarur.

    1. Bulut tejamkorlik manbai bo‘lishi shart emas. Bulutga pul mablag‘larini tejovchi vosita sifatida qarash xam xato tushunchalardan biri hisoblanadi. Bulutda ishlash tejamkor bo‘lishi mumkin, ammo bu juda xam majburiy bo’lgan atribut hisoblanmaydi.

    2. Xususiy bulut faqat buyurtmachidagina joriy etilishi shart emas. Xususiy bulut atamasi aniq bir joyda joylashganlikni emas, balki, bu texnologiyaning konfidensiallik, resurslarga egalik qilish yoki mustaqil boshqarish mumkinligi kabi xususiyatlarini aniqlab beradi. Ko‘plab bulut texnologiyalarni yetkazib beruvchi kompaniyalar lokal bo‘lmagan xususiy bulutlarni taklif etadilar, ya’ni, bulutda bir nechta mijozlar birlashtirilganligiga qaramay, resurslarni yagona buyurtmachiga ajratib beradi. “Bulut” o‘zining qaerda ochilganligi, unga kim egalik qilishi va boshqarishga kim mas’ulligiga ko‘ra emas, balki, maxfiyligi uchun xususiy bulut hisoblanadi. Masalan, xususiy ma’lumotlarga ishlov berish markazlari xosting- provayderda joylashtirilishi yoki turli buyurtmachilar resurslarini birlashtirilib, xususiy virtual tarmoqlar (Virtual Private Network VPN) orqali bir-biridan ajratib qo‘yilishi mumkin.


    3. Download 2,85 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.