|
Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi)
|
bet | 102/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali xizmat. Serverli virtuallashtirish – yirik yo‘nalish va shuning uchun xam xususiy bulutlar hisoblashning katta quvvatli harakatlantiruvchi omili hisoblanadi. Infratuzilma sifatidagi xizmat ko’rsatish (IaaS – Infrastructure as a Service ) ishlash tamoyillarini tubdan o‘zgartirib yubormagan holda xususiy bulutlar eng quyi daraja resurslaridan foydalanish uchun juda qulay bo‘lgan sodda shaklda taqdim etiladi.
Xususiy bulut xususiy bo‘lmay qolishi xam mumkin. Bir tomondan, xususiy bulut keng ko‘lamli, samarador, ommaviy bulutlar uchun xarakterli bo‘lgan real va salohiyatli xamda xavfsizlik tahdidlarini bartaraf qilishda bir qancha afzalliklarga ega. Ikkinchi tomondan, elektron biznesning asosiy talablaridan biri bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik va me’yoriy talablarga rioya etishni nazorat qilish darajasi vaqt o‘tishi bilan ommaviy bulut xizmatlarida ham ortib boradi. Standart
va texnologiyalar milliy institutining (NIST - National Institute of Standards and Technology, USA) “The NIST Definition of Cloud Computing” nomli hujjatida informatsion bulutlarning quyidagi tasniflari aniqlab berilgan:
talab bo‘yicha o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish (On-demand self-service).
keng yo‘lakli kirish imkoniyati(Broad network access).
resurslarni birlashtirish (Resorce pooling).
tezkor elastic holat (Rapid elasticity).
- o‘lchovli servis (Measured service).
Hozirgi kunda bulutli exnologiya xizmat ko‘rsatishlarini ba’zida bulut qatlamlari deb ham ataladigan uchta asosiy modelga ajratish qabul qilingan. Bu uchta qatlam bulutli texnologiyalar tuzilishinigina emas, balki butunlay axborot texnologiyalarini aks ettiradi. Quyida ushbu uchta modelni batafsilroq kurib chikamiz.
|
| |