|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 103/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Infratuzilma sifatidagi xizmat (Infrastructure as a Service – IaaS) buyurtmachilarga xizmatlar sifatida taqdim etiladigan serverlar, tarmoq uskunalari va saqlash qurilmalariga o‘xshash moddiy resurslar majmuidan iborat. Infratuzilma xizmatlari zaruriyatga ko‘ra, hisoblash quvvatini taqdim etgan holda, ma’lumotlarga ishlov berish markazini to‘g‘ri va samarali jihozlash masalalarini hal qiladi.
Afzalliklari. Texnik ta’minotga kapital qo‘yilmalarni qisqartiradi. Odatda, bu modelda virtuallashtirish usullari qo‘llanganligi sababli, resurslardan yanada samarali foydalanish orqali tejamkorlikka erishish mumkin. Sarmoyalarni yo‘qotish riski va joriy etish muddatining kamayishi, avtomat tarzda masshtablanuvchanlik xam afzalliklar sirasiga kiradi.
Kamchiliklari. Biznes-samaradorligi va mehnat unumdorligi bulutli xizmatlarni yetkazib beruvchining imkoniyatlariga bog‘liq. Uzoq muddat salohiyatli xarajatlar talab qilish ehtimoli xam mavjud. Markazlashtirish ham xavfsizlik choralariga yangicha yondashuvlarni talab etadi. IBM SmartCloud Enterprise, VMWare, Amazon YEC2, Windows Azure, Google Cloud Storage, Parallels Cloud Server
kabilarni bu turdagi infratuzilma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin
Platforma sifatidagi xizmat (Platform as a Service – PaaS) - foydalanuvchiga ilovalarni xizmatlar to‘plami sifatida (yaratilgan yoki sotib olingan) taqdim etuvchi xizmat ko‘rsatish bulutli modelidir. Xususan, bu platforma xizmatlar sifatida oraliq dasturiy ta’minot, xabarlar almashish, integratsiya, axborotlar saqlash, aloqa va shu kabi boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, xizmat sifatida ish joyi (Workplace as a Service – WaaS), ma’lumotlar (Data as a Service – DaaS), xavfsizlik (Security as a Service – SaaS) kabilar taqdim etilishi mumkin.
Afzalliklari. Yangi versiyalarini foydalanuvchiga sezilarsiz va osonlik bilan yetkazish. Odatda bu foydalanuvchining bulutda dasturiy ta’minot o‘zgarganligini katta uzgarishlarsiz his etishi yoki ideal ma’noda mutlaq his etmasligini bildiradi.
Kamchiliklari. Avvalgi xizmat modelida bo‘lgani kabi, markazlashtirish ishonchli xavfsizlik choralarini talab etadi. IBM Smart Cloud Application Services, Amazon Web Services, Windows Azure, Boomi, Cast Iron, Google App Engine kabilarni bu turdagi platforma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin.
|
| |