Oliy va o’rta maxsus ta’lim




Download 1,05 Mb.
bet25/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

Monopoliyaga qarshi qonunchilikning muammolari. Uzbekistonning amaldagi monopoliyaga qarshi qonunchiligining asosiy kamchiliklariga kuyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Qonun me’yorlari ko’pincha umumiy qoidalardan iborat bo’lib, doimo . ham tartibga solishning muhim masalalarini to’liq qamrab olmaydi.

  2. Raqobatni ta’minlashning ko’plab tomonlari qonundan tashqari me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bizda qonunchilikka

(qo’shimcha ravishda 20dan ortiq hujjatlar, jumladan, Yuga yaqin hukumat qarorlari va
1 Odan ortiq Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilgan idoraviy hujjatlar qabul qilingan. G’arb mamlakatlarida qonunga qo’shimcha hujjatlar bilan monopliyaga qarshi qonunchilik masalalarini tartibga , solinmaydi, chunki barcha asosiy me’yoriy qoidalar qonunlarda o’z ifodasini ;topadi. Qonunga qo’shimcha hujjatlarning qo’llanishi raqobat masalalarini boshqarish tartibiga o’zgarish va to’ldirishlar kirtish, shuningdek, qonun ie’yorlarini idoraviy manfaatlardan kelib chiqqan holda talqin etish imkonini beradi.
O’zbekistondagi monopoliyaga qarshi siyosatning huquqiy muhitini tahlil qilish asosida uni takomillashtirish bo’yicha quyidagi tavsiyalarni ilgari surish mumkin:

  • monopoliyaga qarshi qonunchilikda qonun me’yorlarining turli tarzda (talqin etilishi hamda ular o’rtasidagi ziddiyatning oldini olish, uning amaliy yo’naltirilganligi va garmonizatsiyasini (ya’ni, amalga oshirish mexanizmiga ega bo’lmagan yoki noaniq me’yorlarga ega bo’lgan moddalarni chiqarib tashlash yoki to’g’rilash) oshirish, shuningdek respublika qonunchiligining boshqa bo’limlari bilan muvofiqligiga erishish maqsadida qayta ko’rib chiqish;

qonunchilikka xaridorlarning ustunlik holatini aniqlash, shuningdek, uni suiste’mol qilish bo’yicha javobgarlik choralarini kiritish;

  • raqobat siyosatining monopolist-korxonalar faoliyatini qat’iy tartibga solish asosiy tamoyilidan ularni raqobatga qarshi hatti-harakatlari uchun jazolash tartibiga o’tish tamoyiliga o’zgartirishga e’tiborni qaratish. Bunda shunday qoidadan kelib chiqish kerakki, firmaning bozordagi ustunlik mavqeining o’zi qonunchilikning buzilishi hisoblanmaydi. Buning ustiga, ba’zida bu ustunlik firmaning samarali ishlashidan darak berib, uning tashqi bozordagi raqobatbardoshligining muhim sharti hisoblanadi. Faqat ustunlik mavqeini suiste’mol qilishgina qonunbuzarlik hisoblanib, bu ham tekshirish va sudda ishni ko’rib chiqish orqali isbotlangan bo’lishi lozim;

  • monopoliyaga qarshi qonunchilik ta’sir doirasini moliyaviy bozorlar sohasi uchun ham kengaytirish lozim. 3.2. Raqobat va monopoliyalar nisbatini tartibga solishda davlatning rolini oshirish

Iqtisodiyotdagi raqobat darajasi va monopoliyalar o’rtasidagi nisbat davlat tomonidan doimiy nazoratga olinib, uning optimal darajasini
|ta’minlash borasida muntazam ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilib borilishi lozim. Jumladan, davlat tomonidan ishlab chiqarishni tarkibiy isloh qilish mexanizmining shakllantirilishi bu boradagi muhim yo’nalishlardan hisoblanadi. Bu mexanizmni o’zaro bog’liq ikki dastur orqali ifodalash mumkin.
Birinchi dastur — korxonalar faoliyati shakllari va ularning tashkiliy tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish. U korxonalar xo’jalik yuritish tashkiliy shakllarining tashqi o’zgarishlariga taalluqlidir. Mazkur dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • sanoat tarmoqlari bo’yicha korxonalar sonining ko’payish tomonga miqdoriy o’zgarishi;

  • ko’plab korxonalar miqyos tavsiflari (hajmlari)ning qisqarish tomonga o’zgarishi;

  • ish faoliyati shakli va tamoyili jihatidan umuman yangi korxonalarning paydo bo’lishi.

Ikkinchi dastur - korxona faoliyatini boshqarish shakl va usullarini monopoliyadan chiqarish. U sanoat korxonalari faoliyatidagi ichki o’zgarishlarga tegishli bo’lib, firma ichki boshqaruvi, xo’jalik yuritish usullarining shakl, tuzilmalarini tiplarga ajratadi, xo’jalik yuritish stilining keng doirasini taqozo etadi. Mazkur dastur o’z ichiga kuyidagilarni oladi:

  • firmani boshqarishning tashkiliy tuzilmasini o’zgartirish;

  • xo’jalik yuritishning usullari, tamoyillari, motivlari va rag’batlari: rejalashtirish mexanizmi, moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish, mahsulotni sotish va boshqalarni o’zgartirish.

Tarkibiy monopoliyadan chiqarish bo’yicha birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo’lgan islohotlarga to’xtalib o’tamiz. U o’z ichiga tarmoq hamda miqyos jihatdan monopoliyadan chiqarishni oladi.
Tarmoq jihatidan monopoliyadan chiqarish — bu miqdor o’zgarishi bo’lib, korxonalar sonini o’zgartirishdan iborat. Korxonalar o’rtasidagi ichki tarmoq raqobati vujudga kelishi uchun bunday korxonalarning raqobatga kirishuvchi sonini ta’minlash lozim. Xorijiy andozalarga ko’ra, korxonalar o’rtasida monopol shaklida bo’lsa ham raqobat paydo bo’lishi uchun bir turdagi mahsulotni ishlab chiqaruvchi bir yo’nalishdagi korxonalar soni 20 tadan kam bo’lmasligi lozim. SHunga muvofiq, ishchi kuchi resurslari bozorini tarkibi toptiruvchi bir yo’nalishdagi yollanma ishlovchilarda ish joyini tanlash imkoniyati paydo bo’ladi. Mutaxassislar o’rtasidagi raqobat endilikda shunchaki ishchi o’rni uchun emas, balki nisbatan foydali, manfaatli ishchi o’rni uchun boradi. Xudi shunday tahlitda mazkur korxona uchun mehnat vositasi va predmetlarini yetkazib beruvchi korxonalar o’rtasidagi raqobat ham rivojlanishi mumkin. Ularda ham o’z mahsulotini nisbatan foydali tarzda yetkazib berishda tanlash imkoniyati paydo bo’ladi.
Biroq, bu yerda raqobat muhitining qaror topishida asosiy xavf yotadi. Asosan ishlab chiqarishda korxonalarning raqobatlashuvchi sonining paydo bo’lishi bilan ularning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan texnika, texnologiya, asbob-uskuna, shuningdek, materiallar, butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi korxonalarning ham raqobatlashuvchi soni vujudga kelishi lozim. Bu eng avvalo ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir xildaligi bilan shartlangan texnologik monopolizmni bartaraf etish uchun zarur.
Barcha rivojlangan mamlakatlardagi tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat allaqachon texnologiyalar raqobatiga aylangan. Agar texnologik monopoliya iskanjasidan xalos bo’la olinmasa, u holda hech qanday raqobatni ta’minlab bo’lmaydi. CHunki raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan sektorini rivojlantirish uchun istiqbollar paydo bo’lmaydi. Boshqacha aytganda, asosiy ishlab chiqarishning raqobat muhiti resurslar bilan ta’minlangan bo’lishibo’lishi lozim, ya’ni yangi tashkil etilayotgan korxonalar qay darajada resurslar bilan ta’minlanganligi hisobga olinishi lozim. Aks holda
monopoliyalarni faqat miqdor jihatdan qayta tashkil etishdan hech qanday naf bo’lmay, tashkil etilayotgan korxonalar hayotga layoqatsiz bo’lib qoladi.
Resurslar bozorida raqobatning mavjud bo’lmasligining bir qator salbiy holatlarini belgilab o’tish maqsadga muvofiqdir:

  • birinchidan, asosiy ishlab chiqarishni tarkibiy qayta tuzish natijasida mazkur ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mahsulot iste’molchilari soni ko’payadi, unga bo’lgan talabning miqdoriy tavsiflari oshadi, biroq, shu bilan birga, resurslarni yetkazib beruvchi korxonalarning quvvatlari, imkoniyatlari (kadrlar bo’yicha, texnologik, moliyaviy) va to’lovga layoqati ilgarigi darajada qoladi. SHunga muvofiq, bu korxonalarning ishlab chiqarish hajmi o’smaydi. Bu holat ular mahsulotining asosiy ishlab chiqarish iste’molchilari uchun shubhasiz ravishda yetishmasligini shartlaydi. Natijada asosiy ishlab chiqarishdagi gagi tashkil etilgan korxonalar ko’pchiligining resurslar bilan ta’minlanmasligi va bankrotligiga olib keladi;

  • ikkinchidan, resurs yetkazib beruvchi korxonalar mahsulotining taqchilligi ushbu korxonalar uchun bevosita qulay holatni yaratadi va ularning mahsulotlari uchun narxlarning monopol ravishda o’sishi uchun imkon yaratadi;

  • uchinchidan, resurs yetkazib beruvchi korxonalar o’z ahamiyatlarini sezgan hamda raqobat muhiti mavjud bo’lmagan sharoitda harakat qilgan holda o’z mahsulotini takomillashtirish, uning sifatini oshirishdan manfaatdor bo’lmay qoladilar. Bundan tashqari, resurslarni yetkazib beruvchilar sof monopolist bo’lib qolar ekan, asosiy ishlab chiqarishning barcha tovar ishlab chiqaruvchilari uchun narx ham, xom-ashyo sifati ham, texnologiyalar ham bir xilda qoladi. Bu esa, korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning bir turda bo’lishi, ularning raqobat salohiyati eng past darajaga tushib ketishidan darak beradi hamda yangi tashkil etilgan korxonalarning ko’pchiligini yopilishiga olib keladi.

SHunga ko’ra, u yoki bu tarmoq tarkibiy jihatdan qayta tashkil etish muvaffaqiyatli ravishda davom etishi uchun u iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida firmalarni monopolistik raqobatni ta’minlovchi minimal soniga qadar o’stiruvchi zanjirli reaktsiya bilan bog’liq holda borishi lozim.
SHunday qilib, resurs yetkazib beruvchilar bilan bo’lgan o’zaro munosabatlarni miqdor jihatidan tarmoq monopoliyasidan chiqarishni amalga oshirishdagi dastlabki muhim holat deb atash mumkin bo’lib, uni yangi tashkil etilayotgan raqobatli tarmoq tuzilmasidagi ishchanlikni saqlab qolishda e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.
Ikkinchi muhim holat bo’lib korxonalarning banklar bilan o’zaro munosabati hisoblanadi. Yangidan paydo bo’layotgan raqobat muhitidagi har bir korxona yashab qolishi uchun moliyalashtirish, kreditlash manbaiga ega bo’lishi lozim (ayniqsa moliyaviy qo’llab-quvvatlash korxonaning tashkil topishi va ochilishi davrida juda zarur bo’ladi). Agar bank sohasida o’z kapitalini ishlab chiqarishga joylashtirish uchun qiziqish bo’lmasa, u holda ishlab chiqarish sohasida yangi paydo bo’lgan raqobat muhitini moliyaviy qo’llab-quvvatlashni ta’minlash mumkin emas.
Ishlab chiqarish sohasida raqobat muhitini yaratishda uchinchi muhim holat bo’lib sanoat korxonalarining xaridorlar yoki ulgurji va chakana savdo-vositachi korxonalar bilan o’zaro munosabatlari hisoblanadi.
Savdo tarmog’i, xizmat ko’rsatish sohasining mustahkam infratuzilmasi ham shuningdek tarkibiy islohotlar davomida tashkil «etilayotgan raqobatlashuvchi ishlab chiqarish firmalariga xizmat ko’rsatishga tayyor turishi lozim. Ular tarmoqdagi sof monopoliya yoki oligopoliya sharoitida firma o’z tovarining xaridorlarini mustaqil ravishda topa olishi uchun sanoat korxonalari va mahsulotning pirovard iste’molchilari o’rtasida vositachiga aylanishi lozim. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlaridagi o’zaro raqobatlashuvchi korxonalar sonining ko’payib borishi bilan bu muammo tobora murakkablashib bormoqda. Firma uchun nisbatan nafli bo’lgan resurs yetkazib beruvchi va xaridorni tanlash :strategiyasini ishlab chiqish zaruriyati vujudga kelmoqda. SHu bilan birga Mrmoq monopoliyasidan chiqarish islohotlari sanoat korxonalarining savdo vositachilariga bo’lgan qiziqishini orttirmoqda. Sog’lom pul muomalasini tiklash uchun ishlab chiqaruvchilarning savdo-vositachi tashkilotlar xizmatidan foydalanish istagining o’zi yetarli emas. Sanoat korxonalari sonining o’sishi hamda tovarlar sifati va assortimentining oshishi bilan bog’liq holda savdo-vositachilik tashkilotlari sonining ko’payishi ularning halol savdoga bo’lgan qiziqishini oshiradi va raqobatni kuchaytiradi. Savdo firmalarida spekulyativ operatsiyalar hisobiga emas, balki tovar ishlab chiqaruvchilar bilan nisbatan foydaliroq aloqalarni o’rnatish natijasida bir-biridan o’zib ketish imkoniyati paydo bo’ladi.
Misol uchun, O’zR Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bo’yicha Qo’mita tomonidan o’tkazilgan qurilish materiallariga narxning shakllanishi va tovarning harakati tartibining tahlili shuni ko’rsatadiki, vositachilar ishtirokida materiallar xarid qiymatiga ustama qo’llanishi hisobiga narx darajasi 10 dan to 48%ga qadar o’sadi.
Qurilish materiallarining qimmatlashuviga olib keluvchi omillardan yana biri bo’lib idoraviy monopolizm hisoblanadi. Idoraviy monopolizm bozorda nisbatan arzon qurilish materiallari mavjudligi sharoitida o’ziga qarashli qurilish industriyasi korxonalari mahsulotini iste’mol qilish orqali namoyon bo’ladi. Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida qo’mita tomonidan qurilish industriyasi korxonalarini qurilish kompleksi uyushmalari, birlashmalari, korporatsiyalari tarkibidan chiqarish to’g’risidagi masalani ko’rib chiqish taklif etildi.
Ma’lumki, O’zbekistonda bozor islohotlarining dastlabki bosqichidan boshlab monopoliyaga qarshi siyosat olib borilmoqda. Oziq-ovqat tovarlari bozorining tahlili shuni ko’rsatadiki, ba’zi bir oziq-ovqat tovarlarini import qilish va eksportini cheklash hisobiga talab va taklifning nisbatan balansi amal qiladi. Mamlakatning oziq-ovqat va qayta ishlash korxonalari mahalliy bozorlarni to’lasicha nazorat qiladi. Monopolist korxonalar davlat reestriga «O’zoziqovqatsanoat», «Yog’moytamakisanoat»,
«O’zmevasabzavotuzumsanoatxolding» tizimlarining o’z faoliyatini respublika tovar bozorida olib boruvchi bta korxonasi hamda mahalliy tovar bozorlarida olib boruvchi 135 ta korxonasi kiritligan. Asosiy oziq-ovqat tovarlarining tor assortimenti aholi talab va taklifining o’zgaruvchan tarkibiga javob bera olmaydi. Tarmoq korxonalari xom ashyoning yetishmasligi sababli past quvvat bilan ishlaydi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi texnologiyalarni joriy etish, quvvatlardan foydalanish koeffitsientini oshirish, assortimentni kengaytirish, raqobatbardoshlik sifatini oshirish bozorni to’yintirish, uning ehtiyojlarini ta’minlash
imkonini beradi.
O’tkazilgan tahlil natijalariga ko’ra, qo’mita tomonidan «Uzoziqovqatsanoat»,
«Uznonmahsulot», «Uzgo’shtsutsanoat», «Yog’moytamakisanoat»,
«O’zmevasabzavotuzumsanoatxolding» uyushmalari bo’yicha monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish borasida 5 ta tarmoq dasturi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Bunday dasturlarni ishlab chiqilishining zarurligi quyidagilar bilan shartlanadi:

  • ishlab chiqarish sohasining monopollashuvi, ichki tovar bozorlari rivojlanishining xususiyatlari;

  • ba’zi bir xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarishining tushkunlikka yuz tutishi natijasida boshqalarida monopolizmning kuchayishi;

  • tovarlar alohida guruhlarining taqchilligi;

  • kichik va o’rta xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning zarurligi.

Ko’zda tutilgan tadbirlarning bajarilishi tahlili shuni ko’rsatadiki, sanab o’tilgan tarmoqlarda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash amalga oshirilmoqda. Moyni idishlarga quyish bo’yicha shniyalar ishga tushirildi, eskirgan asbob-uskunalarni almashtirish amalga oshirilmoqda.
Oziq-ovqat sanoatining deyarli barcha korxonalarida tarmoq dasturiga muvofiq ravishda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish va uning raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Miqyos jihatdan monopoliyadan chiqarish - sanoat korxonalarining miqyos va hajmlarini o’zgartirish, kichik va o’rta korxonalar tarmog’ini yaratishdan iborat. Ishlab chiqarish shakllarini miqdor jihatdan monopoliyadan chiqarish bilan bir vaqtda miqyos jihatdan ham monopoliyadan chiqarishni ham amalga oshirish zarur. Bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tishni kombinatlar, trestlar tashkil etishdan boshlash mumkin emas. Bunday monopol tuzilmalar xorijiy mamlakatlarda bozordagi raqobat kurashi ta’siri ostida, kapitalning kontsentratsiyalashuvi natijasida tashkil topgan bo’lsa, bizda o’z umrini o’tab bo’lgan tizimning qoldig’i bo’lib hisoblanadi.
Tabiiyki, miqdor jihatidan monopoliyadan chiqarishni amalga oshirish, ya’ni bir turdagi tovar ishlab chiqaruvchilar sonini ko’paytirish orqali eski sanoat gigantlari qatoriga yangilarini qo’shish iqtisodiy ma’noga ega emas va buni amalga oshrib ham bo’lmaydi. Har qanday yangi, buning ustiga yirik miqyosdagi kurilish bizning iqtisodiyotimiz uchun nafaqat foydasiz, balki imkoniyat darajasidan tashqarida hisoblanadi. Zarar ko’rib ishlovchi korxonalarni yarim ma’muriy asosda kontsernlarga, moliya-sanoat guruhlariga biriktirish orqali milliy ishlab chiqarishni yanada ko’proq kontsentratsiyalashuviga ko’maklashish nafaqat maqsadga nomuvofiq, balki xalq xo’jaligining muvozanatlashganligi va moliyaviy barqarorlik nuqtai nazaridan imkon darajasida emas.
SHuning uchun, bizning fikrimizcha, tarmoq monopoliyasidan chiqarish ekstensiv emas, balki intensiv — mavjud sanoat korxonalarini yiriklashtirishdan qaytarish usuli orqali amalga oshirilishi kerak. U yoki bu tarmoqda amal qiluvchi korxonalar bir- birlari bilan jihozlanishi, kadrlar bilan ta’minlanishi, ishlab chiqarish hajmi, va asosiysi, miqyosi va quvvati bo’yicha taqqoslana olishi lozim. SHunga ko’ra yirik vam ayda korxonalar o’rtasidagi raqobat to’g’risida gapirish mumkin emas. Ayniqsa,
ko’plab miqdordagi yangi kichik va o’rta korxonalarni birdaniga tashkil etish mumkin emas, ularning soni cheklangan bo’lib, yirik korxonalarga qarshi tura oladigan holatda bo’lmaydi.
Ayni paytda har qanday raqobat muhiti mayda va o’rta korxonalarning keng tarmog’i mavjud bo’lishini taqozo etadi. Birinchidan, ular harakatchan, iste’mol bozorlari kon’yunkturasini yaxshi sezadi, beqaror iqtisodiy muhit sharoitida o’z faoliyatlari strategiyasini tezlik bilan o’zgartirish qobiliyatiga ega, raqobatni qo’llab-quvvatlash kafolatlanadi; ikkinchidan, ahamiyatli daradadagi mehnat resurslprini safarbar etib, qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratadi; uchinchidan, o’ziga xos bufer rolini bajarib, iqtisodiy islohotlar davrida yirik kompaniyalarni bankrotlikdan saqlaydi, mamlakat iqtisodiyotini nisbatan barqaror qiladi.
Bizning sharoitda faoliyat yuritayotgan korxonalarni yiriklashtirishdan qaytarish mayda va o’rta korxonalar tarmog’ining paydo bo’lishiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. U
«Ob’ektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va sherikchiliklar tarkibidan chiqarish tartibi to’g’risidagi Nizom» asosida amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlab o’tilgan qarorga muvofiq mamlakatimizdagi bozor islohotlarining birinchi bosqichida monopolistik tuzilmalarni yiriklashtirishdan qaytarish bo’yicha tub chora- tadbirlar qo’llanildi. Masalan, «Uzoziqovqatsanoat» uyushmasi «Oziqovqat sanoat» va
«Yog’moytamakisanoat» uyushmalariga ajratilib yuborildi. «O’zmashsanoat» uyushmasidan «O’zqishloqxo’jalikmash-xolding» xolding kompaniyasi ajralib chiqdi. Eng katta yiriklashtirishdan qjarayonlari 1994-96 yillarda savdo va maishiy xizmat ko’rsatish tizimlarida ro’y berdi. «Uzmaishiyuyushma» tarkibidagi 2372 ob’ekt (barcha ob’ektlarning 34%), «O’zbeksavdo» tarkibidagi 5535 ob’ekt (67,5%),
«O’zbekbirlashuv» tarkibidagi 6052 ob’ekt (30%) aktsiyadorlik jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalari tarkibidan chiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi.
O’tkazilgan tahlillarning ko’rsatishicha, tovar bozorlarning holati ularning monopollashuv darajalarining xilma-xilligi bilan xarakterlanadi.
SHulardan kelib chiqqan holda, kelgusida monopoliyadan chiqarish va raqobat siyosatini amalga oshirish qo’yidagi yo’nalishlarda olib boriladi:

  • iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini va tabiiy monopoliyalar sohasining mahsulotlari va va xizmatlar bozori bo’yicha - boshqarish tizimini qaytadan tashkil qilish jarayonlarini davom ettirish, xo’jalik yuritish va boshqarish funktsiyalarini bir-biridan ajratish, mahsulot va xizmat turlarining narxini pasaytirish va sifatini yaxshilish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida uni zamonaviylashtirishni ko’zda tutadi;

  • ishlab chiqarish monopollashgan bozorlar bo’yicha (raqobatni rivojlantirish mumkin va maqsadga muvofiq bo’lgan ishlab chiqarishlar bo’ycha) - monopoliyadan chiqarishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqarish, monopolist korxonalarning bozordagi faoliyati ustidan nazorat olib borish, monopoliyalashgan birlashmalar va korxonalarning tashkil topishning oldini olish, bozorga uchun mavjud to’siqlarni kamaytirish bo’yicha choralar ko’rish va bozor ishtiriokchilarining sonini ko’paytirish, g’irrom raqobatni cheklash ko’zda tutiladi;

  • raqobat rivojlangan bozorlar bo’yicha - raqobatning erishilgan darajasini doimiy ravishda himoya qilish maqsadida, ishlab chiqarishni kontsentratsiyalanish

(korxonalarningqurilishi, qayta tashkil etilishi va turli ko’rinishdagi bitimlari) dinamikasi va mulkchilik shakilidan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining tovar bozorlarida holatining o’zgarishi ustidan kuzatishlarni amalga oshirish shular jumlasidandir.
Yuqorida ta’kidlanganidek sog’lom raqobat muxitini shakillantirish bozor mexanizmini samarali faoliyatini ko’rsatishda muhim omil hisoblanadi. Ushbu vazifalarning dolzarbligini anglagan holda, mamlakatimizda monopolist korxonalar faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish, monopoliyadan chiqarish va yangi, o’zaro raqobatlanuvchi korxonalarni rivojlantirish, shuningdek, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish yo’li orqali sog’lom raqobat muhitini shakllantirish bo’yicha amaliy ishlar olib boriladi.
Iqtisodiyotdagi raqobat va monopoliya nisbatini tartibga solishda davlatning tabiiy monopoliyalar faoliyatini nazorat qilish borasidagi iqtisodiy roli ham ahamiyatlidir. Tabiiy monopoliya - tovar bozorining holati bo’lib, unga asos bo’lgan texnologik xususiyatlar alohida tovarlarga bo’lgan talabni qondirish raqobat sharoitlarini yaratilmasdan amalga oshadi.
Tabiiy monopoliya holatida tarmoq bir firmadan iborat bo’lib, samaradorlik ishlab chiqarish miqyosining kengligi hisobidan paydo bo’ladi, o’rtacha xarajatlarni kelajakda past bo’lish ehtimoli hisobga olinadi. Agar bu sohada bir nechta mayda firmalar mavjud bo’lsa, ularning o’rtacha xarajatlari yuqori bo’ladi.
Uzbekiston Respublikasining tabiiy monopoliyalar to’g’risidagi qonunining 4- moddasida quyidagi sohalarda tabiiy monopoliya sub’ektlarining faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi:

  • neftь, neftь mahsulotlari va gazni quvurlar orqali tashish;

  • elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va uzatish;

  • yo’lovchi va yuklarni temir yo’llarda tashish;

  • umumiy erkin foydalaniladigan elektr va pochta aloqasi xizmatlari;

  • suv quvurlari va kanalizatsiya xizmatlari;

  • portlar va aeroportlarning xizmatlari va boshqalar. Tabiiy monopoliyalar to’g’risidagi qonun raqobatni rivojlantirishga, monopolistik faoliyatni cheklantirishga yo’naltirilmagan, chunki tabiiy monopoliyalar doirasida raqobat samara keltirmaydi. Bu qonun tabiiy monopoliya sub’ektlarini davlat tomonidan tartibga solishga yo’naltirilgan.

Qonunning 5-moddasida narxlarni (tariflarni) yoki ularning eng yuqori (eng past) darajasini belgilash (o’rnatish) vositasida narxlarni tartibga solish xizmat ko’rsatilishi shart bo’lgan iste’molchilarni aniqlash orqali amalga oshishi ko’rsatilgan. Qonunda tabiiy monopoliya sub’ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati o’rnatilgan. Lekin fan- texnika taraqqiyoti, tarmoqda yagona firmaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan sarf- xarajatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini yana ham takomillashtirishni talab qiladi.
Uzbekiston Prezidentining «Uzbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish» (2001 yil 22 fevral), «Temir yo’l transportini monopoliyadan chiqarish va aktsiyalashtirish chora-tadbirlari» (2001 yil 3 mart),
«O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish
chora-tadbirlari» to’g’risidagi (2003 yil 24 fevral) farmonlarida tabiiy monopoliya hisoblangan sohalarda sharoitni o’zgartirish zarurligi ko’rsatilgan. Enegetika, transport va boshqa sohalarda monopoliyadan chiqarish, aktsiyalashtirish, davlatning tartibga solish darajasini pasaytirish, raqobat sharoitini tashkil etish jarayonlari tabiiy monopoliya sub’ektlarining faoliyati davlat tomonidan tartibga solish sohalarini qaytadan ko’rib chiqishni va tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirishni talab qiladi.
Uzbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida amal qilayotgan tabiiy monopoliyalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, narxlarni pasaytirish, aholiga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan bo’lishi lozim. Ular Respublikamizda qabul qilingan tabiiy monopoliyalar to’g’risidagi qonun asosida faoliyat yuritadi. Mazkur qonun tabiiy monopoliyalar faoliyati bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni tartibga solib turadi, shuningdek, iste’molchilar, davlat va tabiiy monopoliya sub’ektlari manfaatlarining mutanosibligini ta’minlaydi.
Tabiiy monopoliyalar amal qilishining asosiy sabablaridan biri keng ko’lamdagi iqtisod qilish hisoblanadi. Aynan keng ko’lamda iqtisod qilish tufayli ko’pchilik tarmoqlar tabiiy monopoliyalar hisoblanadi.
Agar bir firma tomonidan mahsulotning har qanday miqdorining ishlab chiqarilishi, uning ikki yoki undan ko’p firmalar tomonidan ishlab chiqarilishiga nisbatan arzonga tushsa, bunday tarmoq tabiiy monopoliya hisoblanadi.
Tabiiy monopoliyalarning amal qilishida davlat mexanizmining roli katta. Davlatning tabiiy monopoliyalar faoliyatiga ta’sir ko’rsatishining asosiy vositalaridan biri soliqlar hisoblanadi. Soliqlar yordamida davlat u yoki bu turdagi tabiiy monopoliyalar faoliyatini rag’batlantiradi.
SHu bilan birga davlat tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartiblab turadi. Bunday tartiblash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

  • narxlarni va ularning darajasini belgilash;

  • xizmat ko’rsatilishi shart bo’lgan iste’molchilarni aniqlash yoki ularni tabiiy monopoliya sub’ektlari realizatsiya qilinadigan tovar bilan to’liq hajmda qondirishning imkoni bo’lmagan taqdirda, ta’minlashning eng , kam darajasini belgilash va boshqalar.

Xulosa sifatida ta’kidlash lozimki, davlat tomonidan kurilayotgan bunday chora- tadbirlar pirovard natijada tabiiy monopoliyalarning aholiga maxsus tovarlarni yetkazib berish va xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashga olib keladi.
Bugungi kunda O’zbekistonda tabiiy monopoliyalar Respublika davlat reestrida 269 xo’jalik yurituvchi sub’ekt 12 turdagi xizmat va 412 mahsulot bo’yicha qayd qilingan. Respublikamizning keyingi yillardagi iqtisodiy o’sishida va bevosita makroiqtisodiy barqarorligida aynan ana shu tabiiy monopoliyalar sub’ektlarida tayyorlangan mahsulotlar, ular tomonidan ko’rsatilgan xizmatlarning ulushi sezilarli darajada kattaligicha kolmoqda.
Hozirgi kunda respublika iqtisodiyotida tabiiy monopoliyalarning tovar (xizmat) bozorlariga salbiy ta’siri bir qator holatlarda o’z ifodasini ko’rsatmoqda. Jumladan, bugungi bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida ko’pgina monopollashgan korxonalar kabi tabiiy monopoliyalar ham ishlab chiqarish quvvatlaridan to’la foydalanmasliklari
natijasida monopol yuqori narxlar vujudga kelmoqda.
Tahlillar natijasi shuni ko’rsatadiki, ishlab chiqarish hajmining pasayishiga qaramay, ushbu korxonalarning elektr energiyasi sarfi, ish haqi, ijtimoiy sohani saqlash va rivojlantirish kabi xarajatlarning keskin oshib ketishi tabiiy gaz, ko’mir, elektr, aloqa va boshqa sohalar narxlari (tariflari)ning oshishiga olib kelmoqda (3.2.1-jadval).

3.2.1-jadval. Qashqadaryo viloyat sanoat mahsulotida tabiiy monopoliyalar ulushi va uning o’zgarishi (foizda)






Download 1,05 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105




Download 1,05 Mb.