|
Oliy va o’rta maxsus ta’lim
|
bet | 33/105 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #263556 |
Bog'liq УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)Narxni tushirish. Bunda tovarlar boshqalarnikidan arzonroq narxda sotiladi, natijada bir tovarni sotishdan kelgan pul tushumi qisqaradi, lekin sotish hajmi ortganidan yalpi tushum ko’payadi.
Narxni oshirish usuli puldorlar qatnashadigan bozorda qo’llaniladi. SHu bois raqobatda narxni oshirishga qo’l uriladi.
Mukammal raqobat – bu erkin bozordagi ko’pchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning har biri cheklanmagan holda bozor qonun-koidalariga binoan va bir xil usul bilan olib boradigan raqobatdir.
Raqobatlashuvchilar ozchilik emas, balki ko’pchilik bo’ladi.
Raqobatlashuvchilar bir turdagi tovarni bozorga taklif etadilar, shu bois ular xaridor uchun kurashadilar.
Raqobatda qatnashish ixtiyoriy, chunki bozorga o’z tovari bilan xohlagan vaqtda kirib kelish va undan chiqib ketish mumkin.
Raqobatli iqtisodiyot muayyan resurslar sharoitida ulardan maksimal miqdorda tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishini ta’minlashga moyil bo’ladi.
Agar raqobatchi firmaning olgan daromadi uning o’zgaruvchan xarajatlarini qoplashga yetmay qolsa, u o’z faoliyatini vaqtincha to’xtatadi.
Firmaning topgan daromadi uning jami xarajatini qoplamasa, u bozordan butunlay chiqib ketadi.
Nomukammal raqobat- bu monopoliyalar bozorida ozchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning cheklangan tarzda va xilma – xil usullar bilan yuz beradigan raqobatidir.
Monopol birlashmalarning asosiy shakllari
Birlashma
shakllari
|
Tushunchaning kelib chiqishi
|
Kelishuvning asosiy
bandlari
|
Ishtirokchilarning
mustaqilligi
|
Kartelь
|
italьyancha carta – xujjat
|
Bozorni taqsimlash to’g’risida;
Savdo kvotalari to’g’risida;
Narxlar darajasi to’g’risida.
|
|
|
| |