MAVZU. MILLIY IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING IJTIMOIY OMILLARI




Download 1,05 Mb.
bet30/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

MAVZU. MILLIY IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING IJTIMOIY OMILLARI




Reja:

  1. Inson kapitalini takror barpo etishning zamonaviy kontseptsiyalari.Milliy iqgisodiyotda inson kapitali rivojlanishining asosiy yo’nalishlari.

  2. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi.

  3. . Inson rivojlanishini integral baholash ko’rsatkichlari.

  4. Iqtisodiy faol aholi raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy demografik, mehnat, ta’lim, tibbiy, ilmiy texnikaviy omillar.

  5. O’zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimining asosi.



Tayanch so’z va iboralar: A. Marshallning tanlash yerkinligi kontseptsiyasi. ishga yollovchilar, ishchi kuchiga xarajatlari, davlat byudjet, mahalliy byudjet, ijtimoiy maqsad, inson kapitali, takror barpo etish, samaradorlik, inson kapitali, ijtimoiy ko’rsatkichlar, inson salohiyati, rivojlanish indeksi (ISRI), tug’ilganda kutilayotgan umr davomiyligi, salomatlik, ekologik xavfsizlik, demografik o’sish, aholining ta’lim bo’yicha qamrovi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM) umumiqgisodiy rivojlanish, daromad va iste’mol, iqtisodiy faol aholi, uzluksiz ta’lim, ta’limning turlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, Q1, Q2.

Zamonaviy iqtisodiyotda inson resurslari mehnat resurslari sifatida, ma’lum yosh chegaralari bilan cheklangan mehnatga layoqatli aholi sifatida ishtirok etadi.


Hozirgi kunda mamlakatimizda yosh avlodga qaratilayotgan e’tibor inson kapitalini rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada O’zbekiston respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va maьnaviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz”5.
Ma’lumki, kapital o’z-o’zidan ko’payib boruvchi kiymat hisoblanib, uning miqdori ishchi kuchining sifat dararjasi o’sishi bilan oshib boradi. Inson kapitali faqatgina insonlarga xos bo’lib, uni ikkita guruxga ajratish mumkin:

  • jismoniy kapital, ya’ni insonlarning moddiy va moliyaviy aktivlari;

  • intellektual kapital, ya’ni bu insonlardagi aqliy aktivlar yig’indisi.

Inson kapitali – bu kapital qo’yilmaning o’ziga xos shakli bo’lib, takror ishlab





5 Каримов И.А. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. 2009 йилнинг асосий якунлари ва 2010 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг энг муҳим устивор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. Халқ сўзи газетаси 21-сон 2010 йил
chiqarish va uning rivojlanishini ta’minlovchi sarf xarajatlar yig’indisidir. Inson kapitali ishchi kuchi faoliyatini yaxshilash va sifatini oshirishni anglatadi. Inson kapitali obe’ktiga o’rta umumta’lim, maxsus ta’lim, o’kuv va oliy ta’lim hamda yig’ilgan tajriba kiradi.
Insonning moddiy ishlab chiqarishdagi mavqeining o’zgarishi fan-texnika inqilobi bilan bog’liq. Inson – asosiy ishlab chiqaruvchi kuch, chunki u nafaqat yaratadi, balki ishlab chiqarish vositalarini ham harakatga keltiradi, yangi ishlab chiqarish vositalari, texnika, texnologiyalarning yoyilishi ishchi kuchiga, uning jismoniy va intellektual parametrlariga yangi talablarni qo’yadi.
XX asr oxiri va XXI asr boshida Rossiya iqtisodchilari tomonidan inson sarmoyasining o’ziga xos muammolari va o’tish iqtisodiyoti sharoitida uni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan qator ishlar chop etildi.
R.I.Kapelyushnikovning ta’riflashicha, inson sarmoyasi “insonda mujassam etgan qobiliyatlar, bilimlar, ko’nikmalar va motivatsiyalar zahirasi bo’lib, uning shakllanishi jismoniy yoki moliyaviy sarmoyani jamg’arish kabi mablag’larning kelgusida qo’shimcha daromadlar olish maqsadida joriy iste’moldan chalg’itilishini talab qiladi.
S.A.Dyatlov inson sarmoyasini to’liq va batafsil ta’riflash uchun funktsional yondashuvdan foydalanadi. Funktsionallik tamoyili hodisani nafaqat uning ichki tuzilishi nuqtai nazaridan, balki uning funktsional maqsadi, pirovard maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan ham tavsiflaydi. SHuning uchun inson sarmoyasi – bu, birinchidan, inson egallagan bilimlar, ko’nikmalar, qobiliyatlar yig’indisi, ikkichidan, bu inson tomonidan jamiyat ishlab chiqarishining u yoki bu sohasida maqsadli foydalaniladigan va mehnat hamda ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi zahira. Uchinchidan, zahiradan bunday maqsadli foydalanish ish haqining, ya’ni, xodim oladigan daromadning oshishiga olib keladi. Va, nihoyat, to’rtinchidan, daromadlarning o’sishi insonni qo’yilmalar yo’li bilan kelgusida uni yanada samarali qo’llash maqsadida bilimlar, ko’nikmalar va motivatsiyalarning yangi zahirasini jamg’arishga undaydi.
Biz unga ko’ra inson sarmoyasi tushunchasidagi asosiy harakatlanuvchi shaxs bo’lib hayot tsikliing butun davri mobaynida o’zining sof (netto-) daromadlarini ko’paytirishga intiluvchi oqilona inson hisoblanadigan ilmiy kontseptsiyani to’liq yoqlaymiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi bandligini ta’minlash, shu tariqa insonlarning daromadini yanada oshirish va hayot sifatini yuksaltirishda nafaqat yangi ish o’rinlari yaratish va mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash, balki, mehnat resurslari intelektual salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, bu borada Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad
qilib qo’yganmiz” 6.
Ma’lumki, iqtisodiyotini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, uning raqobatbardoshligini, moslashuvchanligini va izchil iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun katta miqdordagi investitsiyalar zarur. Sarmoya oqimlarini inson sarmoyasi resurslari bilan uyg’unlikda amalga oshirish imkoniyatlarining mavjudligi investitsiyalarning iqtisodiy nuqtai nazardan yanada istiqbolli yo’nalishlarga safarbar etilishiga va umuman iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, har qanday yangilikning paydo bo’lishi oliy ma’lumotli ishchi kuchini, tadqiqotlar o’tkazish uchun tegishli malaka, bilimlar va ko’nikmalarga ega, shuningdek, ushbu tadqiqotlarni amaliyotda qo’llash uchun zarur bo’lgan barcha xususiyatlarni o’zida mujassam etgan xodimlarga ehtiyojni taqozo etadi. SHuning uchun inson sarmoyasiga investitsiyalar kiritish muhim, strategik miqyosdagi jarayondir.
Sarmoyani ta’riflashning asosida uning o’z-o’zidan ortib boruvchi qiymat sifatidagi tushunchasi yotadi. U holda inson sarmoyasini ta’riflash nuqtai nazaridan, inson unga kiritilgan investitsiyalar natijasida ma’lum qiymatga ega bo’lgan iqtisodiy ob’ekt sifatida ko’rib chiqiladi. Ya’ni investitsiyalar kiritilmas ekan, inson sarmoya hisoblanmaydi, balki faqat muayyan salohiyatni o’zida namoyon etadi xolos. SHu munosabat bilan inson salohiyatini insonga kiritilgan (ta’lim, sog’liqni saqlash va tarbiyaviy) investitsiyalar to’plami sifatida talqin etish mumkin. Inson faqat iqtisodiy faoliyat sub’ektiga aylanganda, ya’ni, unga kiritilgan investitsiyalar ishlay boshlab, foyda keltirgan taqdirda sarmoyaga aylanadi.
Inson sarmoyasiga investitsiyalar (intellektual investitsiyalarning bir qismi yoki intellektual sarmoyaga investitsiyalar sifatida) – bu kelgusida xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan, alohida sarmoya egasining ham, umuman jamiyatning ham kelgusi daromadlari oshishiga xizmat qiluvchi xarajatlardir. Umuman olganda, inson sarmoyasiga kiritilgan investitsiyalar jumlasiga quyidagilar kiritiladi: salomatlikni saqlab turish, umumiy va maxsus ta’lim olish xarajatlari; ish qidirish; ishlab chiqarishda kasbiy tayyorgarlik; bolalarning tug’ilishi va ularni tarbiyalash, narxlar va ish haqi to’g’risida iqtisodiy ahamiyatli axborotni qidirish bilan bog’liq xarjatlar va h.k. Joriy xarajatlar shu maqsadda amalga oshiriladiki, ushbu xarajatlar kelgusida daromadlarning yuqori oqimi bilan bir necha marta qoplanadi.
Ta’kidlash joizki, inson sarmoyasi bilan moddiy sarmoya o’rtasida to’g’ridan- to’g’ri o’xshashlik mavjudligiga qaramay, ular bir-biridan ancha farq qiladi. Xususan, inson sarmoyasi qarz olishda ta’minot vazifasini o’tay olmaydi, chunki u sotilishi mumkin emas. Inson o’z xatarini taqsimlay olmaydi yoki diversifikatsiya qilolmaydi, moddiy sarmoya egasi esa buni amalga oshirishi mumkin.
Inson sarmoyasiga kiritilgan investitsiya ijtimoiy soha tarmoqlari bo’yicha bo’lish mumkin, buning oqibatida ta’lim sarmoyasi, salomatlik sarmoyasi va





6 “Асосий вазифамиз ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир”. Президент Ислом Каримовнинг 2009 йилнинг асосий якунлари ва 2010 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг энг муҳим устивор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси./ Маърифат газетаси № 8 (8241) 2010 йил.
madaniyat sarmoyasi aniqlanadi. Bugungi kunda inson sarmoyasiga kiritiladigan investitsiyalarning ushbu turlariga juda katta e’tibor qaratilmoqda, chunki ular ijtimoiy

  • iqtisodiy jihatdan hayotiy zarurdir.

Ta’lim xizmatlari ichki va tashqi samaralar xususiyatiga ega. Ta’lim xizmatlarini iste’mol qilishda ichki samara shunga olib keladiki, yuqori ma’lumot kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan har bir inson boshqalarga qaraganda katta daromad olish va ta’limdan xususiy samarani oshirish imkoniyatiga ega. Bunday holatda tashqi (ijobiy) samara mehnat unumdorligi, YaIM hajmining o’sish sur’atlarida, to’g’ri siyosiy qarorlarning qabul qilinishida o’z ifodasini topadi.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, aynan inson kapitaliga yo’naltirilgan investitsiyalar iqtisodiyot o’sishining asosiy vositasiga aylanadi. Ma’lumki, YaIMning iste’mol uchun yo’naltiriladigan ulushi, aslida, inson sarmoyasining rivojlanishini ta’minlovchi investitsion resurs hisoblanadi.

  1. Download 1,05 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZU. MILLIY IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING IJTIMOIY OMILLARI

Download 1,05 Mb.