• Ixtisoslashgan omillar yo’llari turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarda o’zini namoyon qiladi. Katta yoki o’sib borayotgan
  • Ichki raqobatchilar guruhi maxsus yetkazib beruvchilarning shakllanishi, shuningdek tarmoqlarning yaqinlashuviga ko’maklashadi




    Download 1,05 Mb.
    bet29/105
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,05 Mb.
    #263556
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105
    Bog'liq
    УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

    Ichki raqobatchilar guruhi maxsus yetkazib beruvchilarning shakllanishi, shuningdek tarmoqlarning yaqinlashuviga ko’maklashadi






    Omillar o’lchami


    Ichki raqobatchilar guruhi milliy nufuz yaratadi





    Ixtisoslashgan omillar yo’llari turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarda o’zini namoyon qiladi.
    Katta yoki o’sib borayotgan ichki talab tarmoqlarning o’sishi va rivojlanishini rag’batlantiradi




    3.3-rasm. Turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarga ta’sir
    Tarmoqdagi omillar o’lchamlari, ayniqsa, ularni yaratuvchi mexanizmlar ham turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarning rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin. Ma’lumki, bu tarmoqlar biror konkret tarmoqda to’plangan bilimlar, ko’nikmalar va texnologiyalarning o’ziga o’tishidan foyda oladilar.
    Qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarning kengligi va ixtisoslashganligi tovarga ichki talabning o’sishi miqyosi va sur’atlariga bog’liq ravishda ortib boradi. Ichki talab katta bo’lganda, qondirilmagan talabni qoplash, importni cheklash yoki firma ichida ilgari amalga oshirilgan ishlarni mahsuldorroq va samaraliroq bajarish uchun yangi ixtisoslashgan yetkazib beruvchilar paydo bo’ladi.
    Biroq turdosh va qo’llabquvvatlovchi tarmoqlarning rivojlanishiga faol ichki raqobat eng ko’p ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatayotgan va barcha mamlakatlarda o’z tovarlarini sotayotgan mahalliy firmalar guruhi xalqaro

    talabni mamlakatdagi yetkazib beruvchining tarmog’iga yo’naltiradi. Masalan, Yaponiyaning yarim o’tkazgichlar ishlab chiqaruvchi firmalarining katta bir guruhi bu mamlakatda yarim o’tkazgichlar uskunalari ishlab chiqarish bo’yicha dunyodagi yetakchi yetkazib beruvchilar paydo bo’lishiga olib keldi. Alohida kompaniyalar o’ziga boshqa tarmoqlarga ham xizmat ko’rsatadigan uskunalar va xizmatlar yetkazib beruvchilarning e’tiborini jalb qilishga to’g’ri keladigan bir paytda ichki raqobatchilar guruhi o’zlaribilan hisoblashshiga boshqalarni majbur qiladi. Mavjud yetkazib beruvchilar ushbu tarmoqning so’rovlarini qondiradigan tovarlar va xizmatlar yaratadilar. Keng profilli yetkazib beruvchilar ushbu tarmoqqa xizmat ko’rsatadigan maxsus bo’limlar yaratadilar. Masalan, Gollivudda kino va televidenieda raqobatchilarning ko’plab to’planib qolishi maxsus effektlar, kiyim dizayni va filьmlar namoyishini sug’urta qilish bilan shug’ullanadigan maxsus yetkazib beruvchilar guruhining ilgari chiqishiga sabab bo’ldi. Ular ishining sifati va studiyalarga yaqinligi Gollivuddagi raqobatbardoshlikni faqat oshiradi. Xalqaro faoliyatda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatadigan ichki raqobatchilar guruhi yetkazib beruvchi tarmoqlarni ham rivojlanishga majbur qiladi. Xaridorlar orasidagi kuchli raqobat yetkazib beruvchilarni doimo o’z ishlab chiqarishlarini takomillashtirib borishga majbur qiladi. O’z mamlakati ishlab chiqarish bazalarining yaqinligi ilmiy-tadqiqot ishlarini almashish va bu sohada hamkorlik qilishni osonlashtiradi. Yetkazib beruvchi tarmoqlar o’z mijozlariga xorijda ham xizmat ko’rsatishlari mumkin. Ular shu tariqa o’z opreatsiyalarining globallashuviga ko’maklashadilar.
    Ichki raqobatchilar guruhi yetakchi o’rin tutgan bitta firmaga qaraganda mahalliy qo’llab-quvvatlovchi taromqlarning rivojdanishiga ijobiyta’sir ko’rsatishi mumkin. Raqobatlashayotgan ichki xaridorlarning mavjudligi yetkazib beruvchilarning tovarlarni sotish va alohida olingan bir xaridorning bozor hukmronligi xavfini kamaytiradi. Bu yangi firmalarni yetkazib berishlar bilan shug’ullanishga rag’batlantiradi hamda yangi investitsiyalar va ixtisoslashuvni rag’batlantiradi. Bundan tashqari, ko’p sonli ichki xaridorlarning mavjudligi (ulardan har birining o’z individual ehtiyojlari mavjud) texnik taraqqiyot va ilmiy-tadqiqotmarkazlarining yaratilishiga ko’maklashadi. Raqobatbardosh yetkazib beruvchi tarmoqlarni xaridor-tarmoqlar ichidan ajratib olish yo’li bilan ularni yetkazib beruvchilarga aylantirgan hollar ko’plab uchraydi. Masalan, Daniyada yaxshi rivojlangan va eksportga yo’nalgan sut va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish o’nlab qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarni keltirib chiqardi. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari, baliq ovlovchi kemalar, kemasozlik uchun zarur bo’lgan lak-bo’yoq materiallarini ishlab chiqarish, radiotelefon aloqalari uchun apparatlar tayyorlash kabilar shular jumlasidandir. Bu tarmoqlarning ba’zilari jahon bozorida raqobatlashishga qodir. Germaniyada butun dunyoga mashhur kimyo sanoati nasoslar, suyuqliklar va kimyo sektoriga zarur bo’lgan ko’plab boshqa mahsulotlar uchun nazorat-o’lchov uskunalari ishlab chiqaruvchi o’z yetkazib beruvchilarining rivojlanishiga ko’maklashdi. AQSH birinchilardan bo’lib elektronikada muvaffaqiyatga erishdi va bu nazorat-o’lchov uskunalarini ishlab chiqaruvchi yetkazib beruvchi tarmoqlarning jahon darajasiga chiqishiga olib keldi.
    Faol ichki raqobat ko’pincha yangi firmalarning paydo bo’lishi va pirovardida aralash
    tarmoqlar tomonidan jahon bozorida mavqelar egallanishiga olib keldi. Masalan, fotoapparatura ishlab chiqaruvchi ko’plab yetakchi yapon firmalari bir vaqtning o’zida kichkina nusxa ko’chirish apparatlari ishlab chiqara boshladilar. Ularning optika sohasidagi texnologiyasi va xalqaro savdo tarmog’i Yaponiyaning ushbu sohadagi yetakchiligiga olib keldi. Bunday hollar ko’p uchraydi. Masalan, stanok ishlab chiqaruvchi italьyan firmalari korxonalarni avtomatlashtirish jihozlari bilan, koreys televizor ishlab chiqaruvchilari esa videomagnitofonlar bilan shug’ullana boshladi.
    Ichki raqobatga ta’sir
    Talabchan va o’z ehtiyojlarini yaxshi biladigan xaridorlar yangi manbalarni izlab topganda va yangi raqobatchilarning paydo bo’lishini qo’llab-quvvatlaganda talab o’lchamlari ichki bozorda raqobatning rivojlanishiga yordamlashadi. Kompaniyalarda tegishli malaka bo’lganda, yetkazib beruvchilarning mahsulotini esa ular strategik muhim deb qaraganda bu alohida ahamiyat kasb etadi. Bunga yaqqol misol – Yaponiyada robotlar ishlab chiqarishdir. Bu sohadagi «Matsusita» va «Kavasaki» kabi ko’plab yetakchilar bir vaqtning o’zida yirik robotdan foydalanuvchilar ham hisoblanadi. Avvaliga ular ichki foydalanish uchun robotlar kashf qildilar, keyin ularni sota boshladilar. Bu misol biror ishlab chiqarish bilan shug’ullanishni boshlovchi yaxshi bilimdon iste’molchilar xaridorning ehtiyojlarini, shuningdek, o’z texnologiyalarini tushunishga aniqlik kiritishi mumkinligini ko’rsatadi. Ular shu tariqa raqobatbardoshlikning o’sishiga ko’maklashdilar. Yangi kompaniyalar paydo bo’lishiga boshqa firmalarning aks ta’siri (reaktsiyasi) butun tarmoqdagi vaziyatni yaxshilaydi. Iste’molchi firmalarning sobiq xodimlari tomonidan tuziladigan yangi kompaniyalar shunday oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bozorni yangi tovar bilan tez egallash ham faqat iste’molchilar tomonidangina emas, balki boshqa tarmoqdagi firmalar tomonidanda mamlakatda yangi firmalar tuzilishini rag’batlantirishi mumkin. Etkazib beruvchilar iste’mol tarmoqlarida o’z ishlab chiqarishini boshlaganlarida, ularda axborot va zarur bilimlarni berish uchun vositalar allaqachon mavjud bo’ladi. Bu raqobatbardoshlikni mustahkamlash uchun juda zarur bo’lgan vertikal o’zaro almashuvni ta’minlashga xizmat qiladi. Yangi korxonalar, ya’ni yetkazib beruvchi tarmoqlardan chiqqanlar ko’pincha o’z yangi ishlariga shunday sodiqlikni namoyon qiladilarki, asosiy ishlab chiqarish bilan biror aloqaga ega bo’lmagan holda tashkil qilinayotgan kompaniyalar bunda ular bilan tenglasha olmaydilar. Yetkazib beruvchilar o’z yangi ishlarini u ularning asosiy ishlab chiqarish bilan bog’langanligi uchun strategik muhim hisoblaydilar va ular savdo rusumining obro’si ko’pincha dovga tikilgan bo’ladi. Uzoq muddatli maqsadlar birlamchi ahamiyat kasb etadi, lahzalik foydaning muhimligi esa kamayadi. Agar hatto dunyo miqyosida o’z nomiga ega bo’lgan yetkazib beruvchi firmalarning o’zlari iste’mol tarmog’ida yangi ishlab chiqarish boshlamasalar ham, ular ko’pincha boshqa usullar bilan bo’linmalar tashkil qilish yoki kompaniyalar yaratish manbai bo’lib xizmat qiladilar.
    Tarmoqlarida raqobatbardosh turdosh tarmoqlar tomonidan yangi firmalar tashkil qilinshiga ijobiy ta’sir asosida ham deyarli shu sabablar yotadi. Nufuzli tarmoq ko’pincha u bilan aralash tarmoqlarga diqqatni tortadi. Xalqaro faoliyatda bir milliy tarmoqdan boshqasiga kompaniyalarning joriy qilinishi bo’lib o’tadigan vaqt tasodifiy emas. Aralash diversifikatsiya bazaviy tarmoq yo bozorni to’ldirib yuborgada yoki
    tugash arafasida bo’lganda ro’y beradi. Bu mamlakatdagi barcha raqobatchilarga bir vaqtning o’zida ta’sir qiladi. SHuning uchun bir zator mahalliy kompaniyalar bir vaqtning o’zida turdosh tarmoqqa kira boshlaydigan hollar tipik hisoblanadi. Bu firmalar ko’pincha yangi ishlab chiqarishga o’z bilmlarini olib o’tadilar. Bu esa yuqoriroq darajadagi ustunlikni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompьyuterlar ishlab chiqaruvchi ko’plab yapon korxonalari ishni maishiy elektronikadan boshlagandilar. Garchi dunyo miqyosida yaponiyaning shaxsiy kompьyuterlar ishlab chiqarishdagi ulushi katta bo’lmasa-da, u suyuq kristalli displeyli kompьyuterlar ishlab chiqarishda mustahkam mavqega ega. Bu sohalarda yapon firmalari Amerika va Yevropadagi raqobatchilarda bo’lmagan nodir imkoniyatlarga ega.
    Nihoyat, milliy sanoat tuzilishiga tarmoqda butunlay yangi kompaniyalar paydo bo’lishi jarayonini belgilab beruvchi mexanizmlar katta ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqot laboratoriyalari, akademik fakulьtetlar yoki o’quv muassasalari tadbirkorlik manbai bo’lgan hollarga misollar ko’p.
    Ta’kidlab o’tilganidek, mamlakat xalqaro faoliyatda ustunlikka ega bo’lgan tarmoqlarda bir necha ichki raqobatchilar mavjud. Raqobatchilik innovatsiyalarni rag’batlantirish va ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishga bevosita aloqadordir. Uning ahamiyati yana shu bilan ortib boradiki, raqobatchilik firmalarni talabchan xaridorlar yoki tajribali yetkazib beruvchilar kabi boshqa determinantlarning ustunligidan foydalanishga majbur qiladi. Lekin oldingi bobda tasvirlangan, ichki raqobatning bu foydalari yuzada yotadi, ularni almashtirish juda oson. Ko’rinib turibdiki, ichki raqobat milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga boshqa usullar bilan ham ta’sir qiladi. Quyida ularni qisqacha tasvirlab o’tamiz:

    • firmadan ajratish orqali yangi raqobatchilarning paydo bo’lishini rag’batlantirish;

    • omillar yaratish va ularni jalb qilish;

    • ichki talabni takomlillashtirish va kengaytirish;

    • turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarni rivojlantirish;

    • hukumat siyosatining samaraliroq yo’nalishlarga qaratilishi.

    Mamlakatda yaratiladigan omillarga boshqa determinantlar, ayniqsa ularning ahamiyati milliy raqobatbardoshlik uchun o’ta muhim bo’lgan turlari ta’sir ko’rsatadi. Transport infrastrukturasi yoki o’rta ta’lim tizimi kabi umumiy omillarga investitsiyalar ahr bir mamlakatda amalga oshiriladi. Kompozitsion materiallar texnologiyasini yaratuvchi dunyo darajasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari kabi ixtisoslashtirilgan va ilgari surilgan omillarni yaratish va takomillashtirishning samarali mexanizmlari mavjudligi raqobatbardoshlikni qo’llab-quvvatlash uchun juda muhim moment hisoblanadi. Bunday omillarga investitsiyalar murakkabroq tarzda tartibga solinadi. Umumiy omilllardan farqli o’laroq, bu sohalarga investitsiyalar turli milliy iqtisodiyotlarda bir xil emas. Mamlakatlar xususiy va davlat investitsiyalari qaysi tarmoqqa yo’naltirilishga qarab bir-biridan farq qiladi.
    Biror mamlakatda turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarning borligi, hajmi va xalqaro muvaffaqiyati boshqa determinantlarga bog’liq.
    Tarmoqdagi omillar o’lchamlari, ayniqsa, ularni yaratuvchi mexanizmlar ham turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarning rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin. Ma’lumki,
    bu tarmoqlar biror konkret tarmoqda to’plangan bilimlar, ko’nikmalar va texnologiyalarning o’ziga o’tishidan foyda oladilar.
    Qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarning kengligi va ixtisoslashganligi tovarga ichki talabning o’sishi miqyosi va sur’atlariga bog’liq ravishda ortib boradi. Ichki talab katta bo’lganda, qondirilmagan talabni qoplash, importni cheklash yoki firma ichida ilgari amalga oshirilgan ishlarni mahsuldorroq va samaraliroq bajarish uchun yangi ixtisoslashgan yetkazib beruvchilar paydo bo’ladi.
    Xalqaro faoliyatda bir milliy tarmoqdan boshqasiga kompaniyalarning joriy qilinishi bo’lib o’tadigan vaqt tasodifiy emas. Aralash diversifikatsiya bazaviy tarmoq yo bozorni to’ldirib yuborgada yoki tugash arafasida bo’lganda ro’y beradi. Bu mamlakatdagi barcha raqobatchilarga bir vaqtning o’zida ta’sir qiladi. SHuning uchun bir zator mahalliy kompaniyalar bir vaqtning o’zida turdosh tarmoqqa kira boshlaydigan hollar tipik hisoblanadi. Bu firmalar ko’pincha yangi ishlab chiqarishga o’z bilmlarini olib o’tadilar. Bu esa yuqoriroq darajadagi ustunlikni keltirib chiqarishi mumkin.

    1. Download 1,05 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105




    Download 1,05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ichki raqobatchilar guruhi maxsus yetkazib beruvchilarning shakllanishi, shuningdek tarmoqlarning yaqinlashuviga ko’maklashadi

    Download 1,05 Mb.