|
Oliy va o’rta maxsus ta’lim
|
bet | 26/105 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #263556 |
Bog'liq УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)Ko’rsatkichlar
|
2007 yil
|
2008 yil
|
2009 yil
|
2010 yil
|
2011 yil
|
Respublika sanoat mahsuloti hajmidagi tabiiy monopoliyalar
ulushi
|
|
|
|
|
|
Elektr energiya ishlab chiqarish
|
11,6
|
11,5
|
11,4
|
9,7
|
10,5
|
Neftni ishlab chiqarish va qayta
ishlash
|
7,3
|
10,4
|
10,0
|
7,8
|
10,1
|
Gaz ishlab chiqarish va uzatish
|
8,5
|
8,2
|
7,6
|
6,4
|
7,9
|
Ko’mir qazib chiqarish
|
0,5
|
0,6
|
0,7
|
1,0
|
1,2
|
Havo va temir yo’lda yuk (yo’lovchi)
tashish
|
4,1
|
4,2
|
3,6
|
4,5
|
4,8
|
Pochta va telekommunikatsiya
xizmatlari
|
2,6
|
2,7
|
3,3
|
3,6
|
3,9
|
Bunga ko’p jihatdan shu holat ham sabab bo’ladiki, tabiiy monopoliyalar tizimining o’ziga xos xususiyatlari mahsulotlar yoki xizmatlarning haqiqiy tannarxini aniqlashda hamda narxlarning qanchalik asoslanganligini tahlil qilishda to’siqlar yaratadi.
Ular amalda o’z mahsulotlariga haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib emas, balki amalda bo’lgan narxnomalarga koeffitsientlar qo’shish orqali narx belgilab kelmoqda. Narx belgilashning bu usuli pirovard natijada narxlarning asossiz yuqori belgilanishiga va iste’molchilar huquqlari buzilishiga olib keladi.
Tanlab o’tkazilgan tadqiqot natijalari Respublikada temir yo’l transportida yuk tashish xarajatlarining ancha tez o’sib borayotganligini ko’rsatadi. Temir yo’l orqali yuk tashish xarajatlarining oshib ketishi o’z navbatida boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mahsulotlarining tannarxi va pirovard natijada narxining oshib ketishiga olib kelmoqda.
Jumladan, neftь mahsulotlari tannarxidagi transport xarajatlari 2001 yilda 1999 yilga nisbatan 7,2 foizdan 9,7 foizga; tsement ishlab chiqarishda 3,5 foizdan 6,5 foizga;
ammofosda 7,4 foizdan 10 foizga; energetikada 2,4 foizdan 3,5 foizga o’sgan. Bundan tashqari, yuk tashishda MDH davlatlari chegaralaridan o’tganligi uchun 60 foizlik chet El valyutasida to’lovlar qilinishi ham ushbu ishlab chiqarish korxonalari faoliyataga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Xarajatlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, «Uzbekiston temir yo’llari» davlat aktsionerlik jamiyatining yalpi xarajatlarining oshishida joriy xarajatlar ulushi 18 foizni, soliq va byudjetga to’lovlar 19 foizni, ish haqining oshishi esa 35 foizni tashkil
qilgan.
Bundan tashqari, xarajatlarning oshishiga olib keluvchi sabablardan biri temir yo’lda passajir tashishdan ko’rilgan zararning ham yuk tashish uchun belgilangan narxlar tarkibiga asossiz ravishda kiritilishidir. Yuqoridagi holatni elektr, aloqa va pochta xizmatlari hamda «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi xizmatlari uchun belgilanadigan narx (tarif) tahlili natijasida ham ko’rish mumkin.
Xususan, bozor iqtisodiyotiga ega davlatlardagi shunday qonunlardan farq qilib Uzbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi qonunchiligi, birinchi navbatda oldingi tizimdan meros qilib olingan mavjud ishlab chiqarish monopoliyalarini cheklash va ularga barham berishga qaratilgan.
Respublikada monopoliyaga qarshi siyosatning huquqiy asoslari yetarli darajada ishlab chiqarilganligiga qaramasdan ularni amalga oshirishning aniq mexanizmi mavjud bo’lmaganligi sababli ko’p hollarda sub’ektiv omillar ta’sirida qonunchilikdagi buzilishlarni kuzatish mumkin. Bunga nafaqat xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan, balki davlat boshqaruv va hokimiyati organlari tomonidan yo’l qo’yilmoqda.
Amaliyotda hokimliklar tomonidan ba’zi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga asossiz imtiyozlar berilishi, ma’lum iste’molchilarga mahsulot yetkazib berish, ijtimoiy sohalar va tadbirlarga moliyaviy yordam ko’rsatish bo’yicha ko’rsatmalar berish kabi holatlar shular jumlasidandir. Bu esa bozor iqtisodiyotiga o’tishga va sog’lom raqobat muhitini shakllantirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Raqobat ustunligi determinantlari o’rtasidagi nisbat
Oldingi ma’ruzada determinantlar har biri alohida va hammasi birgalikda milliy muvaffaqiyatga erishishga ko’maklashishi yoki uni orqaga surishi haqida gapirildi. Milliy raqobatbardoshlik determinantlari rivojlanish holatida bo’lgan kompleks tizimdir. Bir determinant har doim boshqasiga ta’sir qiladi. Tarmoqdagi raqobatbardoshlikni yuqori darajada ushlab turish birdaniga bir nechta sohalardagi ustunliklarning «o’z-o’zidan kuchayib boruvchi» o’zaro hamkorligi natijasidir. Bu xorijliklar yengib o’tishi qiyin bo’lgan muhitni yaratadi.
Bu ma’ruzaning maqsadi – qanday qilib alohida determinantlar dinamik tizimga birlashishini ko’rsatib berishdir. Har bir determinant boshqasiga qanday qilib ta’sir qilishinni tasvirlashdan boshlaymiz. Ikkita element, ya’ni ichki raqobat va sanoatning bir jo’g’rofiy mintaqada jamlanishi «romb»ning tizimga aylanishi uchun ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Ichki raqobat shunday ahamiyatga ega, chunki u umuman milliy
«romb»ning takomillashuviga ko’maklashadi. Jo’g’rofiy jamlanish esa shuning uchun ham muhimki, u bu «romb» ichidagi o’zaro hamkorlikni kuchaytiradi. Determinantlar tizimining harakati shunga olib keladiki, raqobatbardosh milliy tarmoqlar butun iqtisodiyotda bir tekis taqsimlangan bo’lmay, balki bir-biriga bog’liq bo’lgan tarmoqlardan tashkil topgan «klasterlar» (bog’lami) deb atalgan to’daga bog’langan. Masalan, Italiyada eksportning 40%ga yaqini oziq-ovqat, moda yoki turar-joylarni obodonlashtirish bilan bog’liq bo’lgan tarmoqlar klasteriga to’g’ri keladi.
Mamlakatda yaratiladigan omillarga boshqa determinantlar, ayniqsa ularning ahamiyati milliy raqobatbardoshlik uchun o’ta muhim bo’lgan turlari ta’sir ko’rsatadi. Transport infrastrukturasi yoki o’rta ta’lim tizimi kabi umumiy omillarga
investitsiyalar ahr bir mamlakatda amalga oshiriladi. Kompozitsion materiallar texnologiyasini yaratuvchi dunyo darajasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari kabi ixtisoslshatrilgan va ilgari surilgan omillarni yaratish va takomillashtirishning samarali mexanizmlari mavjudligi raqobatbardoshlikni qo’llab-quvvatlash uchun juda muhim moment hisoblanadi. Bunday omillarga investitsiyalar murakkabroq tarzda tartibga solinadi. Umumiy omilllardan farqli o’laroq, bu sohalarga investitsiyalar turli milliy iqtisodiyotlarda bir xil emas. Mamlakatlar xususiy va davlat investitsiyalari qaysi tarmoqqa yo’naltirilishga qarab bir-biridan farq qiladi. Masalan, Daniyada 11 ta qishloq xo’jalik kollejlari, butun dunyoga taniqli bo’lgan, biologik tadqiqotlar va fermentatsiya muammolari bilan shug’ullanuvi Karlsberg instituti, shuningdek, mebellar dizayni bilan mashg’ul bir nechta ixtisoslashgan markazlar mavjud.
Qanday qilib mamlakatda ilgari surilgan va ixtisoslashgan omillar yaratiladi va takomillashtiriladi? Milliy raqobatbardoshlik darajasining boshqa determinantlari muhim (agar hal qiluvchi bo’lma-sa) rolь o’ynaydi. 4-rasmda ba’zi eng muhim yo’nalishlar tasvirlangan. Omilarning yaratilishga ayniqsa ichki raqobat kuchli ta’sir ko’rsatadi. Mahalliy raqobatchilar guurhining bo’lishi malakali mehnat resurslari, aralash texnologiyalar, bozor va ixtisoslshgan anfrastrukturalarni bilishni takomillashtirishning tez rivojlanishini rag’batlantiradi. Firmalar qoloqlar safida qolib ketish xavfi ostida doimiy ravishda mustaqil holda yoki tarmoq assotsiatsiyalari orqali omillar yaratishga mablaglar kiritadilar.
Omillar yaratish nufuzli hisoblangan yoki milliy iqtisodiyot uchun o’ta muhim bo’lgan tarmoqlarda juda tez boradi, chunki ular odamlar, firmalar va hukumatning diqqatini eng ko’p jalb qildai.
Bu samara raqobatchilar bir shahar yoki viloyatda joylashgan bo’lsa, sezilarliroq bo’ladi. Nьyu-York va uning atrofida mavjud bo’lgan va Uoll strit bilan bog’llangan ko’plab ko’p bosqichli dasturlar, ma’lumotlar bazalari va ilmiy-tadqiqot ishlari bunga tipik misol bo’la oladi.
|
| |