An’anaviy va zamonaviy xalqaro raqobat ustunligi nazariyasidagi asosiy farqlar




Download 1,05 Mb.
bet41/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

An’anaviy va zamonaviy xalqaro raqobat ustunligi nazariyasidagi asosiy farqlar


Ma’lum tarmoqlardagi muvaffaqiyat sababi va bundan firma yoki umuman mamlakatning xalqaro faoliyatdagi siyosatini belgilashda qanday xulosalar qilish zarurligi to’g’risidagi fikrlarni malakatdan ko’ra kichikroq siyosiy yoki jo’g’rofiy birliklarga nisbatan ham qo’llash mumkin. Muvaffaqiyatli raqobatlashayotgan firmalar ko’pincha mamlakatning ma’lum shaharlari va tumanlarida jamlanadi. Masalan, AQSHda ko’chmas mulk bilan savdo qiluvchi yetakchi firmalarning ko’pchiligi Dallas(Texas shtati)da, neft va gaz olish uchun uskunalar yetkazib beruvilar Xьyuston(Texas shtati)da, kasalxonalarni boshqarish tuzilmalari Neshvill (Tenessi shtati) atrofidagi janubiy markaziy mintaqada, gilamlar tayyorlovchilar Dolton(Jorjiya
shtati)da, sport poyafzallari tayyorlovchilar Oregon shtatida joylashgan. Ko’rinib turibdiki, bu yerlarda ular uchun qulay sharoit mavjud. Garchi mazkur ishimiz mamlakatlar miqyosida bo’lsa-da, sanoat tarmoqlarining mamlakat u yoki bu mintaqasida jamlanishini tukshuntirib berish ham muhimdir. Hukumat siyosati ham davlat, ham mahalliy darajada milliy raqobat ustunligini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Aslida firmani o’rab olgan muhit vaqt o’tishi bilan uning raqobatdagi muvaffaqiyatiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Agar savolni yanada umumiyroq qo’yadigan bo’lsak: nima uchun ba’zi tashkilotlar muvaffaqiyat qozonadi, boshqalari esa muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Atrofdagi muhitning bir qismi – firmaning jo’g’rofiy joylashishidir. Bundan tegishli oqibatlar kelib chiqadi, albatta (tarix, xarajatlar va talab ma’nosida). Lekin bu bilan «atrof-muhit» tushunchasi chegaralanib qolmaydi: masalan, firma ishchilari va menejerlari qaerda o’qitilganligi yoki uning birinchi va eng muhim xaoridorlari kimligi ham muhimdir.
Xalqaro raqobat ustunligi va uni qanday yaratish yoki aksincha qo’ldan chiqarish haqida ko’p narsa ma’lum. Nega firma to’g’ri qaror qabul qilish haqida esa kam o’rganilgan. Xalqaro faoliyatda mamlakatlarning iqtisodiy muvaffaqiyatini o’rganishda oddiy va tekis ifodalash sari moyillik mavjud bo’lib, u qoidadan ko’plab istisnolar bo’lgani holda faqat ishonish asosida qabul qilinadi. Fanning ixtisolishuvi ortib borayotganligi mana shu moyillikni kuchaytirmoqda. Aslida tadqiqotlarda hozirgacha qilingan kashfiyotlardan ham oldinga ketish mumkin-ku. Bilimning ko’plab sohalaridagi olimlar fanlar vakolatlari sohasidagi an’anaviy chegaralar ularning imkoniyatlarini cheklab qo’yayotganligini endigina anglamoqda. Murakkab va rivojlanayotgan tizimlar qanday ishlashini tushunish uchun bu chegaralardan o’tish imkoniyatlariga ega bo’lish kerak. SHu maqsadda ikki-uch o’zgaruvchilarga ega matematik modellar mavjud ma’lumotlar bilan cheklangan statistika asosidagi matnlarni ishning boshqa turlari bilan to’ldirish kerak.
Ikki-uchta muhim ko’rsatkichlar bilan cheklanib qolmay balki o’z ichiga ko’plab o’zgaruvchan kattaliklarni oladigan nazariya, turli tarmoqlarning yuzdan oshiq tarixlarini tahlil qilish uzoq muddatli, ko’p mehnat talab qiladigan va statistik tahlilga unchalik mos kelavermaydigan ishdir. Albatta, xatolarsiz va nazardan qochirishlarsiz ish bitmaydi, lekin ko’rinishidan, mamlakatlarning raqobat ustunligini aniqlovchi bir qator muhim o’zgaruvchilarni chiqarish va bu o’zgaruvchilarni tizimga solishni belgilab beradigan eng muhim yo’llarni aniqlashga muvaffaq bo’lindi. Maqsad – milliy resurslarni oqilona joylashtirish uchun eng maqbul strategiyani tanlab olishda firmalar va mamlakatlarga yordam berishdir. Agar firma o’z strategiyasini texnologiyani yangilash va yaxshilash, raqobat qilishga tayyor turish va o’z «milliy muhiti»ni real tushunish va uni yaxshilash yo’llariga soslanib tuzmas ekan, oxir- oqibatda uni muvaffaqiyatsizlik kutadi. Iqtisodiyot tarmoqlarining globallashuvi iqtisodiy bazadan ko’ra muhimroq degan nuqtai nazarlar, ayni paytda raqobatdan qochishga asoslangan strategiyalar ham yolg’on tasavvurlarga asoslanadi.
O’z navbatida, mamlakatlar hukumatlari to’g’ri va tegishli maqsadlarni qo’yishi kerak: yuqori mahsuldorlikka erishish shu jumladandir, chunki milliy o’sish shunga asoslanadi. Bu hukumatlar haqiqatan ham mahsuldorlikni belgilab beradigan
narsalarga, ya’ni rivojlanishni rag’batlantirish, to’la-to’kis ishlash va raqobatga intilishlari zarur. Hukumatlarga ko’pincha taklif qilishadigan subsidiyalar, xalqaro kopoperatsiya bo’yicha keng miqyosli dasturlar yoki vaqtinchalik «protektsionizm»ga berilib ketish yaramaydi. Bu choralar ko’pincha mahsuldorlikni pasaytirib yuboradi.
Raqobatning globallashuvi kuchayishi bilan go’yo mamlakatlarning ahamiyati kamayib boradi, degan ta’kidlar eshitila boshladi. Aslida esa hammasi aksincha, ya’ni baynalmilallashuv va protektsionizm hamda boshqa to’siqlarning bartaraf etilishi raqobatda faqat mamlakatning rolini oshirdi. Millatlarning xarakteri va madaniyatidagi farq global raqobat tufayli kamayib qolgani yo’q. Buning ustiga raqobatdagi muvaffaqiyat ular juda muhim hisoblanadi. Quyidagi mulohazalar esa – mamlakatlarning xalqaro faoliyatda butunjahon raqobatidagi yangi, o’zgargan rolini tushunishga urinishdir.
Tarmoqlarning globallashuvi va firmalarning baynalmilallashuvi g’ayriodatiy holga olib keladi. Bir qarashda firmalar mamlakatlardan ko’ra muhimroq o’rin tutgandek ko’rina boshladi. Biroq haqiqiy tadqiqot natijalari bunday xulosadan farq qiladi. Alohida tarmoqlar va ular yetakchilari segmentlarining bir-ikki mamlakatda jamlanishi tendentsiyasi mavjud. Bunda raqobat ustunliklari o’n yillab saqlanib qolmoqda. Masalan, turli mamlakatlarning firmalari ittifoq tuzishganda raqobat ustunligiga ega mamlakatlar firmalari priovardida bunday ittifoqda so’zsiz yetakchilarga aylanadilar. Raqobat ustunligi mahalliy sharoitlar bilan uzviy aloqada yaratiladi va saqlab turiladi. Mamlakatlarning milliy xo’jalik tuzilishi va qadriyatlar o’lchovidagi, milliy madaniyat, davlat muassasalari va tarixidagi farq raqobatdagi muvaffaqiyatga jiddiy ta’sir qiladi.
Ma’lum tarmoqlardagi muvaffaqiyat sababi va bundan firma yoki umuman mamlakatning xalqaro faoliyatdagi siyosatini belgilashda qanday xulosalar qilish zarurligi to’g’risidagi fikrlarni malakatdan ko’ra kichikroq siyosiy yoki jo’g’rofiy birliklarga nisbatan ham qo’llash mumkin. Muvaffaqiyatli raqobatlashayotgan firmalar ko’pincha mamlakatning ma’lum shaharlari va tumanlarida jamlanadi.
Ikki-uchta muhim ko’rsatkichlar bilan cheklanib qolmay balki o’z ichiga ko’plab o’zgaruvchan kattaliklarni oladigan nazariya, turli tarmoqlarning yuzdan oshiq tarixlarini tahlil qilish uzoq muddatli, ko’p mehnat talab qiladigan va statistik tahlilga unchalik mos kelavermaydigan ishdir. Albatta, xatolarsiz va nazardan qochirishlarsiz ish bitmaydi, lekin ko’rinishidan, mamlakatlarning raqobat ustunligini aniqlovchi bir qator muhim o’zgaruvchilarni chiqarish va bu o’zgaruvchilarni tizimga solishni belgilab beradigan eng muhim yo’llarni aniqlashga muvaffaq bo’lindi.

    1. Download 1,05 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



An’anaviy va zamonaviy xalqaro raqobat ustunligi nazariyasidagi asosiy farqlar

Download 1,05 Mb.