• Butlovchi qismlar bilan ta’minlash vaqtini qisqartirish.
  • Ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini kengaytirish, bo’sh bozor segmentlarini to’ldirish




    Download 1,05 Mb.
    bet39/105
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,05 Mb.
    #263556
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
    Bog'liq
    УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

    Ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini kengaytirish, bo’sh bozor segmentlarini to’ldirish.


  • Mahulotlarni yangi modellarini va navlarini yaratish.
  • Raqobatchilar taklif qilayotgan modellarnipastroq bahoda taklif qilish.


  • Distribьyuterlar bilan shartnoma tuzib raqobatchilarni taqsimlash tizimidan chetlashtirish, distibьyuterlarga imtiyozlar berish.
  • O’z mahsulotiga talabni caqlab qolish uchun xaridorlarga imtiyoz berish, tovarni xaridorlarga reklama va eksperiment qilish uchun berish.


  • Diller yoki xaridorlarga tovarni kreditga sotish xajmini ko’paytirish.
  • Butlovchi qismlar bilan ta’minlash vaqtini qisqartirish.


  • Muqobil texnologiyalarni patentlash.
  • Eng yaxshi xom ashyo ta’minlovchilar bilan eksklyuziv shartnomalar tuzish. 10.Ishlab chiqarish talabiga nisbatan ko’prok, xom ashyo sotib olish. 11.Raqobatchilar bilan ish yuritadigan ishlovchilardan voz kechish.


    Himoya qilish strategiyasining muhim tamoyillaridan biri raqobatchilarga ularning xarakati javobsiz qolmasligini bildirish. Bu ma’lumotlarni raqobatchilarga quyidagi usullarda yetkazish mumkin:



    • bozorni to’ldirish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish xaqida reklamalarni ochiq matbuotda e’lon qilish;

    • raqobatchilardan bahoni va sotish shartlarini o’zgartirishda qolishmaslik niyati xaqida e’lon qilish;

    • pullar va yukori likvidli mablag’larni yig’ish;

    Tarmoqlarning globallashuvi va firmalarning baynalmilallashuvi g’ayriodatiy holga olib keladi. Bir qarashda firmalar mamlakatlardan ko’ra muhimroq o’rin tutgandek ko’rina boshladi. Biroq haqiqiy tadqiqot natijalari bunday xulosadan farq qiladi. Alohida tarmoqlar va ular yetakchilari segmentlarining bir-ikki mamlakatda jamlanishi tendentsiyasi mavjud. Bunda raqobat ustunliklari o’n yillab saqlanib qolmoqda. Masalan, turli mamlakatlarning firmalari ittifoq tuzishganda raqobat ustunligiga ega mamlakatlar firmalari priovardida bunday ittifoqda so’zsiz yetakchilarga aylanadilar. Raqobat ustunligi mahalliy sharoitlar bilan uzviy aloqada yaratiladi va saqlab turiladi. Mamlakatlarning milliy xo’jalik tuzilishi va qadriyatlar o’lchovidagi, milliy madaniyat, davlat muassasalari va tarixidagi farq raqobatdagi muvaffaqiyatga jiddiy ta’sir qiladi. Garchi tashqi iqtisodiy faoliyatda raqobatning globallashuvi firma joylashgan asosiy mamlakatning rolini kamaytirib yuborishi kerakdek taassurot tug’dirsa-da, aslida unday emas, balki ushbu mamlakatning roli kamayib qolmay, hatto ortib ham boradi. Raqobatchi bo’lmagan mahalliy firmalar va tarmoqlarga homiylik qilish shaklidagi kamdan-kam istisnolardan tashqari, baza (asos bo’luvchi) mamlakat raqobat pozitsiyalarini ta’minlashda tobora ko’proq ahamiyat kasb etmoqda, chunki u bunday raqobat ustunligi tayanadigan tajriba va texnologiya manbai hisoblanadi. Mamlakatlarning konkret tarmoqlardagi ustunligi to’g’risidagi har qanday yangi nazariya shu paytgacha qilingan ishlarning ko’pidan voz kechishni anglatadigan shart-sharoitlardan kelib chiqadi.


    Birinchidan, firmalar turli strategiyalarni tanlab olishlari (tanlab olayaptilar ham) mumkin. SHundan kelib chiqib, yangi nazariya ba’zi mamlakatlarning firmalari nima uchun boshqa mamlakatlar firmalariga qaraganda yaxshiroq raqobat strategiyasini tanlayotganliklarini tushuntirib berishi kerak.
    Ikkinchidan, xalqaro raqobatdagi yetakchilar o’zida savdo va kapital eksportining mustahkam aloqasini mujassamlashtirgan global strategiyani tez-tez qo’llaydilar. Oldingi nazariyalarning ko’pchiligi esa yo savdoga yoki kapital eksportiga mo’ljallangandilar. Yangi nazariya mamlakat ham unisi, ham bunisi bilan shug’ullanadigan va bunda jahon bozorida muvaffaqiyatli raqobat qiladigan firmalar uchun bazaga aylanishini tushuntirib berishi kerak. Tovar eksporti va kapital eksportining har ikkalasi uchun umumiy bo’lgan sabablari ko’p. Milliy baza (home base) – firmaning muhim raqobat usutnliklari yaratiladigan va ta’minlab turiladigan mamlakatdir. Aynan shu yerda firma siyosati belgilab olinadi, asosiy tovar yaratiladi
    va uni ishlab chiqarish texnologiyasi yo’lga qo’yiladi. Odatda (garchi har doim bo’lmasa-da), bu yerda eng murakkab ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Boshqa faoliyat bilan firmalar ko’pincha o’zga mamlakatlarda shug’ullanadilar.
    Milliy bazada eng mahsuldor ishchi o’rinlari, eng muhim texnologiya va eng malakali ishchi kuchi jamlangan. Mamlakatda bunday bazaning borligi sanoatning boshqa aloqador tarmoqlariga katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi va mamlakatga boshqa raqobat ustunligini olib keladi. Bunday turdagi bazaviy mamlakat ko’pincha ijobiy savdo salьdosiga ham ega bo’ladi. Firmalar mulki ko’pincha ularga asos solingan mamlakatda bo’ladi, aktsiyalar egalarining milliy mansubligi ikkinchi darajali bo’lib qoladi. Strategiyani, boshqaruv ishlarini va yangi ishlanmalarni nazorat qilishni saqlab qolish evaziga hali mahalliy kompaniya baza bo’lib qoladi. Garchi kompaniya xorijiy kapital yoki firmaga tegishli bo’lsa-da, asosiy foyda baza bo’lgan mamlakatga tegadi. SHuning uchun ham nega mamlakat iqtisodiyotning murakkab sektorlari va tarmoqlarida muvaffaqiyatli raqobatlashayotgan firmalar uchun bazaga aylanishini tushuntirib berish mamlakatdagi mahsuldorlik darajasi va vaqti kelib bu darajani oshirish qobiliyati uchun o’ta muhimdir.
    Yangi nazariya faqat ishlab chiqarish omillari asosida ustunliklarni ko’rib chiqishgina emas, balki nima uchun muayyan mamlakat firmalari barcha shakllarda aniq ustunliklarga ega bo’layotganligini tushuntirib berishi ham kerak. Savdo nazariyalarining ko’pchiligi faqat narxni ko’rib chiqadi, sifat va tabaqalashuv (differentsiatsiya) masalalariga esa ko’p e’tibor bermaydi. Yangi nazariya esa bozorlar segmentatsiyasi, tovarlar tadaqalashuvi, texnologik farqlar va miqyos samarasini ham qo’shgan holda raqobatning batafsil qiyofasini ochib berishi kerak. Yangi nazariya raqobat – harakatdagi va rivojlanib borayotgan jarayon ekanligidan kelib chiqishi lozim. An’anaviy nazariyalar mohiyatan statik edi. Ularda texnologiyadagi o’zgarishlar ekzogen, ya’ni ushbu nazariyalar doirasidan tashqarida hisoblanardi. Biroq, bir necha o’n yillar oldin Iozef SHumpeter tan olganidek, raqobatda muvozanat yo’q; raqobat – muntazam o’zgarib turadigan manzara bo’lib, unda yangi tovarlar, marketingning yangi yo’llari, yangi ishlab chiqarish jarayonlari va yangi bozor segmentlari paydo bo’ladi. Biror tarmoqdagi o’zgarmaydigan ishlab chiqarish taraqqiyot tufayli juda tez ortda qoladi. Lekin SHumpeter ham boshqa tadqiqotchilar kabi asosiy savolga javob bermagandi. Bu savol quyidagidan iborat: nima uchun bir xil mamlakatlar firmalari boshqa mamlakatlarnikiga qaraganda ko’proq yangiliklar qiladi? Nazariya texnologiyani takomillashtirish va yangilashni birinchi o’ringa qo’yishi lozim. Biz mamlakatning innovatsiya jarayonlaridagi rolini izohlab berishimiz kerak. Javob berilishi lozim bo’lgan savol quyidagi ko’rinishdadir: qanday qilib mamlakat o’z firmalariga xorijiy raqobatchilarga qaraganda texnologiyani tezroq yangilashga imkon beradigan sharoit yaratib beradi? Javob shuningdek umuman milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni izohlab beradi, chunki texnologiyani yangilash (keng ma’noda) iqtisodiy o’sishni ham keltirib chiqaradi.
    Har qanday iqtisodiy nazariyada menejerlar amaliy mazmunni ko’ra olishlari bunday nazariyani tekshirish uchun xizmat qiladi. Menejer nuqtai nazarida savdo nazariyasining katta qismi, biror ahamiyat kasb etishi uchun juda umumiydir. Yangi
    nazariya jahon bozorida muvaffaqiyatli raqobat qilishlari uchun firmalarga o’z strategiyasini qanday rejalashtirib olishlarini izohlab berishi lozim.

    Download 1,05 Mb.
  • 1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




    Download 1,05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini kengaytirish, bo’sh bozor segmentlarini to’ldirish

    Download 1,05 Mb.