Germaniyada yozuv mashinalarini ishlab chiqarish




Download 1,05 Mb.
bet47/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

1. Germaniyada yozuv mashinalarini ishlab chiqarish


Yozuv mashinalari ilk bor Germaniyada Iogann Gutenberg tomonidan XV asrning 40 yillarida ixtiro etilgan. Germaniya XIX asrlargacha yozuv mashinalarini ishlab chiqarishda yetakchi bo’lib kelgan. Ular orasida tiniqli kompaniyalardan
«Geydelьberger dryukmaynen», «Kyonig und Bauer», «Mak-Roland», va «Alьbert- Frankentalь» kabi kompaniyalarni ko’rsatish mumkin. Ular 100 yil davomida bu sohada ishlab chiqaruvchilarning yetakchilari bo’ldilar. Germaniya firmalari dunyodagi taxminan 35% yozuv mashinalarini ishlab chiqarishadi. 1985 yili Germaniyaning jahon bozorida yozuv mashinalarini ishlab chiqarish bo’yicha ulushi 50,2%, ni tashkil etadi va ular bevosita 122 ta mamlakatga yetkazib berilar edi.
1985 yilga kelib yozuv mashinalariga bo’lgan talabning 80 %i ofset yozuv mashinalariga to’g’ri kela boshladi. CHunki ofset mashinalari o’zining sifat va tezkorligi, biroz tejamkorligiga ularga bo’lgan talabni keskin oshirib yubordi.
1830 yildan bu tarmoqda Germaniyalik raqobatchilar va bir dona Avstriyali raqobatchilar paydo bo’ldi. Ularning korxonalari Germaniyaning janubida joylashgan edi. Germaniya yozuv mashinalarini ishlab chiqaruvchi firmalar, raqobatchi firmalar bilan raqobat qilishda asosan siyosatni mashinalarning sifatiga, ishonchliligiga, yuqori mahsuldorligiga va ularning o’z vaqtida yetkazib berilishiga qaratar edilar. SHu usulda nemis firmalari raqobatlaridan o’zib ketgan holda dunyo bozorini egallashdi, ular o’z qudratlari yordamida keng tarmoqli butun davlatlar aro mashinalarga xizmat qilish shahobchalarini ochib bozorda katta obro’ e’tiborga ega bo’ladi. XX asrgacha nemis firmalari jahon bozorida mustahkam o’rinni ushlab turdilar.
Germaniyaga xos xislatlardan bir bu Germaniyaning o’zida faqat mashinalarini ishlab chiqarishga yo’naltirilgan firmalarning ko’pligi. Ular butun bozordagi raqobatchilarning ellik foizini tashkil qiladilar. Nemis firmalari orasidagi raqobat, iste’molchilar orasidagi raqobatdan ancha qattiqroq.
Nemis firmalari faqatgina buyurtmalarni amalga oshirilishigina emas balki texnik yutuqlardan ishlab chiqarishdan foydalanishni yo’lga qo’yishda ham raqobat kuchli bo’ladi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin yozuv mashinalariga bo’lgan import boji juda ham past edi, shu sabab Germaniyalik ishlab chiqaruvchilari boshqa mamlakatlardan kelgan yozuv mashinalariga katta e’tibor berishga majbur bo’lganlar.
Nemis firmalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va takomilligi, ularning ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarning takomillashganligining boisi butun texnologik jarayonning mexanizmlashganligi hamda mehnat resurslarini to’g’ri yo’lga qo’yilganligidadir. Hamma nemis firmalarida, yozuv mashinalari ishlab chiqarish bo’yicha, xodimlarga tezkor o’quv kurslari, yangi mutaxsssislarga maxsus malaka kurslari aniq yo’lga qo’yilgan bo’lishdir. Har bir yirik kompaniyalar o’zining 10 yillik tarxga ega o’quv maktablariga, ularda malakali injener, ishchi xodimlar, yozuv mashinalarini ishlab
chiqarishga o’qitiladi. Masalan: «KB» 1870 yil o’zining «Alьbert-Frankentalь», 1873 yil va MAN-1911 yil kechroq bu maktablar Umumgermaniya o’quv maktablariga aylandi.
Yozuv mashinalarini ishlab chiqaradigan firmalar Universtitet va institutlar bilan to’g’ridan ilmiy tadqiqot aloqalari o’rnatgan. 1955 yilda yozuv mashinalari ishlab chiqaruvchi yetakchi nemis firmalari birgalikda yozuv texnikalarini ixtiro etuvchi Asotsiatsiyaga asos soldilar. Bu Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi boshqa har xil institutlar bilan o’tkaziladigan tadqiqotlarni yo’naltirish va ularni moliyalashdan iborat.
Doimiy izlanishlar, rivojlantirishlar va boshqa-boshqa urushlar ta’sirida nemis korxonalaridagi ishchilar ko’p maosh hamda qisqa ish vaqti bilan ta’minlanar edilar. Buning natijasida ular raqobatchilardan ko’ra kamroq imkoniyatga ega bo’ldilar. Ammo ularning yagona ustunligi mashinalarning unumdorligi, hamda sifatililigi, ularning bozor talablariga hamoxangligi edi.
Ichki bozordan talab, yozuv mashinalarni undagi ixtirolarni yo’naltirib turardi. Nemis yozuv mashinalari bozor dunyodagi yirik bozorlar jumlasiga kirmas edi. Lekin bozordagi talab darajsiga ko’ra u dunyoda oltinchi o’rinda turadi. Ammo eng asosiyosi nemis ichki bozori uzoq muddatlab dunyodagi eng talabchan bozorlardan edi.
O’ziga xoslikning asosi iste’molni-gazeta, jurnal kitob sotib oluvchilar. Nemislar - yozuv materiallarini sotib oluvchi xaridorlar uning sifatiga o’ta talabchan. Misol uchun nemis-o’quvchi o’zining etirozini darhol bildiradi agarda u biror gazeta, jurnalda ozgina surkalgan yoki o’chgan yozuv ko’rsa, - ammo boshqa mamlakatlarda bunga e’tibor ham berishmaydi. SHu usulda nemis kitoblari yozuv bosmaxonalarini, yuqori sifatli texnikalardan foydalanishga majbur etdilar.
Bosmaxona egalari ham eng talabchan xaridorlar sarasiga kirishadi. Germaniyada oylik maoshlarini yuqoriligi, oz ishchi kuchi yozuv mashinalariga talabni ortishiga olib keldi.
Texnika jaryonida zaxarli moddalardan foydalanish o’z navbatida texnika ehtiyot choralarini keltirib chiqardi, shu asnosda butun Germaniyada atrof muhitni saqlashni qattiq chooralari ko’rildi. Bu choralar shunga o’xshash boshqa davlatlarda ham avj oldi. Buning natijasida ishlab chiqarish sharoiti yaxshilandi va mahslot sifati ortadi.
Asosiy omillardan biri bu bosmaxonalarning o’ziga xosligidir.



Download 1,05 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Germaniyada yozuv mashinalarini ishlab chiqarish

Download 1,05 Mb.