• Uzoqda
  • Mahalliy firmalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar qiymati, sifati va turlari bo’yicha mamlakatlar o’rtasida saqlanib qolayotgan katta farqlar
  • Xaridor-etkazib beruvchi munosabatlari.
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim




    Download 1,05 Mb.
    bet50/105
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,05 Mb.
    #263556
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
    Bog'liq
    УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

    Xodimlarning o’sib borayotgan safarbarligi. Operatsiyalar ko’lamidan samara olish ortib boradi, chunki firmaning xodimlari qisqa vaqt talab qilinadigan bo’lsa, boshqa mamlakatda xizmatlar taqdim etish uchun u yerlarga bora oladilar. Safarbarlikning ikki sababi bor: reaktiv samolyotlarning mavjudligi va og’ir bagajni olib o’tish imkoniyati
    Uzoqda joylashgan xaridor bilan aloqa qilishning katta imkoniyatlari. Telefon, doimiy aloqa yo’nalishlari, jo’natmalarni tez yetkazib berish va boshqa ko’plab imkoniyatlar mavjud bo’lganda xaridor bilan aloqani ta’minlash va hatto ular xorijiy mamlakatlarda bo’lganda ham ular bilan bevosita muloqot qilish osonroq bo’ladi. Masalan, kompьyuter xizmatlari ko’rsatish sohasi va testlashtirish operatsiyalarida shunday bo’ladi.
    Mahalliy firmalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar qiymati, sifati va turlari bo’yicha mamlakatlar o’rtasida saqlanib qolayotgan katta farqlar. Hali ham turli mamlakatlarda xizmatlarning bahosi va sifati o’rtasida katta farq mavjud. Yana ham muhimrog’i, xizmatlar sektorining rivojlanganligi darajasi bo’yicha turli mamlakatlar qayta ishlash tarmoqlaridagi rivojlanganlikka qaragnada ko’proq farq qiladi. Yirik ko’pmaqsadli firmalar tuzish boshqa mamlakatlarga qaraganda AQSH va Buyuk Britaniyada keng yoyildi. Bu holatlar ancha yuqori savdo to’siqlari bo’lishiga qaramay, xizmatlarning baynalmilallashuviga olib keldi.
    Xizmatlar sohasi va ishlab chiqarish o’rtasida mustahkam aloqa mavjud. Keyingi yillarda bu aloqa o’ziga e’tiborni jalb qilmoqda. Bu o’zaro aloqa har ikkala sohadagi raqobat ustunligi uchun muhimdir. Bunda tarmoqlarga ta’sir qiladigan bittta emas, balki uchta bir-biridan farq qiladigan aloqa tiplari mavjud.
    Xaridor-etkazib beruvchi munosabatlari. Aloqaning birinichi tipini yuqorida ko’rib chiqdik. Bu xizmatlar sohasi va xaridor uchun qimmatliklar zanjiri
    o’rtasidagi aloqadir. Ta’kidlab o’tganimizdek, ko’p servis tarmoqlari ishlab chiqarishning moddiy-buyum mahsulotlari chiqaradigan va xizmatlar ko’rsatadigan firmalarga deintegratsiyasi (ajralib chiqishi) natijasida paydo bo’lgan. SHundan ikkita oqibat kelib chiqadi.
    Birinchisi: mahalliy ishlab chiqarish firmalarisiz xizmatlarga talab cheklangandir. Garchi servis firmalarining o’zi ham xizmatlarni sotib olsa-da, srevisning ko’p tarmoqlari sezilarli ravishda ishlab chiqarish firmalariga qaramdir.
    Ikkinchisi: mamlakatning ishlab chiqarish strukturasi xizmatlar turi va hajmiga bo’lgan talabga, shuningdek, ushbu xizmatlarning murakkabligiga jiddiy ta’sir qila oladi.

    Download 1,05 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




    Download 1,05 Mb.