MAVZU. RAQOBATNING INNOVATSIYALARNI TADBIQ ETISH STRATEGIYASI




Download 1,05 Mb.
bet46/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

MAVZU. RAQOBATNING INNOVATSIYALARNI TADBIQ ETISH STRATEGIYASI




Reja:

  1. Raqobatning innovatsiyalarni tadbiq etish strategiyasining umumiy tavsifi.

  2. Raqobat strategiyasini qo’llash imoniyati va shart-sharoitlari.

  3. Raqobatning innovatsiyalarni tadbiq etish strategiyasi.

  4. Raqobatning innovatsiyalarni tadbiq etish strategiyasidagi bozor xavfi.

  5. M.Porterning mamlakat xalqaro raqobatbardoshligi nazariyasi.



Tayanch so`z va iboralar: yo’nalishlar, afzalliklari, innovatsiyalar, xalqaro raqobatbardoshlik, fan-texnika taraqqiyoti, texnika va texnologiya, innovatsion siyosat, yangi mahsulot, yangi ishlab chiqarish metodlari, biznesni tashkil etish, tamoyillar, raqobatning innovatsion vazifasi, fan-texnika taraqqiyoti, bozor iqtisodiyoti, yangi ta’minot bozorlari, raqobat muxiti, innovatsion omillar, innovatsion biznes, global raqobat.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, A10, Q1, Q2, Q3.

Barcha mamlakatlar shu jumladan, O`zbekistan uchun xam zamonaning eng dolzarb iqtisodiy ta’limotlaridan biri xisoblangan innovatsiyalarning iqtisodiy nazariyasi xozirda uzining shakllanish bosqichida. SHu bois zamonaviy innovatsiya nazariyalarining asosiy mazmunini bir tizimga keltirish muammolari dolzarb bo`lib turmoqda.


Yurtimizda xam iqtisodiyotda tub o`zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirishga katta e’tibor qaratilmokda. Xususan, I.A. Karimovning “O`zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o`ziga xos xususiyati maxalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyixalariga ustuvor axamiyat berilayotganida namoyon bo`lmoqda”[1] - deb ta’kidlagan so`zlaridan xam mamlakatimizda innovatsion iqtisodiy-siyosatga nechoglik axamiyat berilayotganini bilish mumkin.
Iqtisodiyot ilmining turli yo`nalishlari o`zlarining yo`nalishlari doirasida innovatsiya nazariyasiga turli yondashuvlar mavjud. Iqtisodiyot ilmining turli yo`nalishlarida innovatsiya nazariyasining shakllanishi muammosiga bagishlangan ishlar avvalambor G. Xospersa, R. Smitsa, M. Laran`i, E. Uarab va K. Flanaganblarning ishlarida uz aksini topgan. Gert-Yan Xospers uzining “Yozef SHumpeter va uning innovatsiyalar tadqiqotidagi merosi” nomli ishida Y. SHumpeterning neoklassiklar doirasida yuzaga kelgan innovatsiya nazariyasi xaqidagi qarashlarini taxlil etgan[2]. Rud Smite uzining “XXI asrda innovatsiyalar xaqidagi ta’limotlar: iste’molchilar tomonidan savollar” nomli ishida innovatsiya tadqiqotlarida jarayonli va tizimli yondashuvchi maktablarni ajratib ko`rsatadi[3]. Manuelь Laranьya,
Elьvira Uarab va Kiron Flanaganblar uzlarining “Fan, texnologiya va innovatsiya soxasidagi siyosat: turli darajalarda xududiy siyosatni nazariy asoslash” nomli ishlarida mavjud yo`nalishlarni (endogen usishning neoklassik nazariyasi, usishning yangi nazariyasi, neomarshalianning klaster yondashuvi, evolyutsion-strukturalistik yondashuv, institutsional tizimli yondashuv) innovatsion siyosat uchun tavsiyalar ishlab chikish nuktai nazaridan taxlil kilaganlar[4].
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning xarakatlantiruvchi kuchi - innovatsiya ekanligiga xech kimda shubxa yo`q. Endi innovatsiya nazariyasi vujudga kelishiga tarixiy manbalar taxlilini qilib ko`ramiz.
Adam Smit uzining 1776 yilda chop etgan “The Wealth of Nation” nomli monografiyasida nafakat bozor tizimi (talab va taklifning nisbati), balki yangi texnologiyalar yordamida rakobatbardoshlikni yanada oshirish xam kapitalizmning tashkiliy mexanizmi sifatida xizmat qilishi to`g`risida ta’kidlab o`tgan. Vaqt o`tgan sari mazkur postulat yanada keng va yanada salmoqli axamiyat kasb eta boshladi va xozirgi kunda tashkilot va kompaniyalar ochiq bozordagi rakobat kurashida innovatsiyalardan amaliy omil sifatida foydalanamoqdalar.
Iqtisodiy adabiyotlarda innovatsiya nazariyalarini bir butun sifatida tadkik etilgan ishlar juda xam kam uchraydi. Innovatsiya mavzusining evolyutsiyasiga keladigan bo`lsak, adabiyotlar taxlili quyidagi tarixiy bosqichlarni aniqlash imkonini berdi:

  • 10-30 yy. - nazariyaning fundamental asoslari shakllanishi;

  • 40-60 yy. - avvalgi davr tayanch innovatsion toyalarni rivojlantirish va batafsil o`rganish;

  • 70- yy.ning o`rtasidan to xozirga kadar.

Innovatsiyalarning fundamental asoslari shakllanishida “katta to`lkinlar” nazariyasi asoschisi N.D. Kondratьevning tadqiqotlaridan boshlash to`g`riroq bo`lardi. Xolbuki, u katta to`lqinlar shakllanishida texnik o`zgarishlarning rolini aniq ko`rsatib bermagan bo`lsa-da, katta to`lqinlarning ko`tarilishi chog`ida amalga oshmagan ixtirolar amalda o`z ifodasini topishini nazarda tutgan.
N.D. Kondratьev uzining tadqiqot faoliyati natijasida quyidagi asosiy xolatlarni aniqlagan:

  • sanoat ishlab chiqarishda almashinuv fazalari ketma-ketligining davriyligini aniqlagan;

  • davrlarning ko`pligini isbotlagan;

  • davrlar modelini ishlab chiqqan

Keyinchalik uning ilmiy qarashlariga Y. SHumpeter tomonidan qo`shimcha kiritildi va u katta to`lqinlarning paydo bo`lishida texnik o`zgarishlar
asosiy o`rin tutishini asoslab berdi. Innovatsion rivojlanish nazariyasi asoschisi Y.SHumpeter o`z tadqiqotlarida quyidagi asosiy xolatlarga e’tibor qaratgan[5]:

    • iqtisodiy innovatsiyalarni faqat sanoat bilan bog`lagan xolda ularga asosiy urg`u bergan;

    • “kashfiyot” va “yangilik” tushunchalarini ajratgan;

    • iqtisodiyotda dinamik o`zgarishlar innovator-tadbirkor tufayli ro`y beradi deb ta’kidlagan;

    • global davriy inkirozdan fakatgina yangi texnologik qatlamdagi tayanch innovatsiyalarni jaxon miqyosida ragbatlantirish orqaligina chiqib ketish mumkin deb ta’kidlagan.

U Kondratьev sikllarini xarakatga keltiruvchi kuch sifatida texnik revolyutsiya tushunchasini kiritdi. U bug` dvigatelining ixtiro qilinish birinchi Kondratьev to`lqiniga (1818-1842 yy.), temir yo`lning ixtiro qilinishi ikkinchi to`lqinga (1843-1897 yy.) va elektr dvigateli xamda avtomobilning ixtiro qilinishi uchinchi to`lqinga (1898-1949 yy.) to`gri kelishi bejiz emasligini ta’kidlaydi. Y. SHumpeter ushbu o`zgarishlarni innovatsion faollik va tadbirkorlikning gurkirab rivojlanishi bilan boglaydi.
D. Kodratьevning maslakdoshi P.Sorokin ijtimoiy-madaniy soxada innovatsiyalarning asosini yaratdi, ya’ni u - ijtimoiy muxitda innovatsion rivojlanish nazariyasi asoschisi bo`lib, madaniyat va jamiyatning bir nechta turini aniqlagan[6]. Unga kura madaniyat va jamiyat turlaridan birining afzal kurilishi jamiyat, mamlakat va madaniyatning uziga xos jixatlarini ko`rsatib beradi.
SHu tariqa 30 yil davomida innovatsion rivojlanishning fundamental asoslari yaratildi.
Innovatsion rivojlanish nazariyasi rivojlanishining keyingi bosqichi - fundamental xususiyat kasb etmaydi (40-yillardan 70-yillarning uratalariga kadar). Ko`pgina olimlarning fikricha bunga Ikkinchi jaxon urushi va urushdan keyingi qurol-yaroq poygasining ta’siri katta bo`lgan. Barcha tadqiqotlar amaliy xususiyat kasb etdi. Ammo innovatsiyalar nazariyasi rivojlanishida jiddiy siljishlar sodir bo`ldi.
Ushbu davrdagi fundamental ishlarga ingliz olimi J.D. Bernalning “Jamiyat tarixidagi fan” (“Science in history”) nomli monografiyasni kelitirshimiz mumkin. Ushbu monografiyasida u - ilmiy, texnik va ijtimoiy yangiliklar o`rtasida korrelyatsiyani asoslagan. Uning fikricha ilm-fanning rivojlanish davri odatda iqtisodiy faollikning va texnik rivojlanishning kuchayish davri bilan mos ravishda sodir buladi.
Ushbu davrga kelib asosiy e’tibor innovatsiyalarning iqtisodiy usish bilan boglikligiga katta e’tibor qaratila boshlandi. Bu borada e’tiborli ishlarni amalga oshirgan olimlardan biri S.Kuznets bo`lib, u SHumpeter va Bernallarning goyalarini rivojlantirdi. U iqtisodiy usish belgilarini shakllantirdi va unga kura milliy maxsulotning barqaror usishi, texnik rivojlanish, goyaviy, institutsional va boshka o`zgarishlar iqtisodiy usish belgilari xisoblanadi[7]. S.Kuznets innovatsiyalar fakatgina texnologik emas, balki ijtimoiy jixatga xam egaligini ta’kidlab utdi. Yangi texnologiyalar saloxiyati amalga oshishi uchun u yoki bu tarixiy davrlarda ustunlik qilgan ijtimoiy o`zgarishlar xam zarur deb xisoblagan va
1971 yilda “Davr innovatsiyasi” (epoxalьnaya innovatsiya) tushunchasini kiritdi. Uning ta’kidlashicha agar korporatsiyalarsiz sanoat inkilobi, bug dvigatellarini kullash mumkin bulmasdi. Xuddi shunday - kimmatli kogozlar bozorisiz temir yo`l tarmogi rivojlanmasdi
Innovatsiyalar nazariyalarining zamonaviy bosqichi nemis olimi G yerxard Menshning Kondratьev va SHumpeterning katta to`lqinlar nazariyasiga bagishlangan “Texnologik pat: innovatsiyalar depressiyadan ustun” nomli monografiyasidan boshlanadi. U iqtisodiy usish va (tayanch yangiliklar paydo bulishi okibatidagi) davriylikni uzaro boglashga xarakat qilgan.
Uning fikricha tayanch yangiliklar uzining saloxiyatini yukotganidan keyin texnik pat xolati yuzaga keladi[8]. Uning tadqiqotlari natijalarini quyidagi asosiy xolatlar bilan ajratish mumkin:

    • texnik katlamning xayot tsiklini tasvirlovchi investitsiyalarning S modelini ishlab chikkan;

    • “Texnologik pat” tushunchasini kiritgan bo`lib, unga kura innovatsiyalarsiz undan chikib ketishning imkoni yuk;

    • innovatsion rivojlanish depressiya fazasidan keyin sodir bulishini ta’kidlagan.

Rakobat afzalliklari nazariyasi asoschisi M. Porter innovatsiyalar to`g`risidagi nazariy qarashlari xam innovatsiya nazariyasi rivojiga uzining salmokli xissasini kushgan deb uylaymiz. U innovatsiyalar va rakobatbardoshlik o`rtasidagi bogliklikni o`rgangan[9] xamda kompaniyaning rakobat afzalliklarini uning innovatsiyalarni utkazish va ularni joriy etishi bilan solishtirgan.
Innovatsiya nazariyalari rivojlanishining uchinchi bosqichida e’tiborga molik tadqiqotlarni olib borgan olimlar sifatida quyidagilarni ta’kidlab utish lozim:
S.Yu. Glazьev - “texnologik uklad” kontseptsiyasi asoschisi. Uning ta’kidiga kura texnologik uklad - bu texnikaning uzaro boglik bo`lgan va bir birini ketma-ket almashtiruvchi bir kancha avlodlaridir. Uning “texnologik uklad” kontseptsiyasi Kondretьevning “katta to`lqinlar” nazariyasi asosida yaratilgan deyish to`gri bulardi. Birinchi texnologik uklad birinchi konratьev to`lqiniga, ikkinchi uklad ikkinchi to`lqinga v.xk. to`gri keladi. Xrzirda postindustrial mamlakatlar oltinchi texnologik ukladga utish jarayonida turishibdi.
Amerikalik iqtisodchi B.Tviss - innovvatsiyalarga jarayon sifatida karagan va kashfiyotlar yangiliklarga aylanishining muvaffakkiyatliligi boglik bo`lgan omillarni kurib chikkan[10]. Uning ta’kidlashicha innovatsiya - jarayon bo`lib, unda kashfiyot yoki goya iqtisodiy moxiyatga ega buladi.
Kristofer Frimen - “milliy innovatsion tizimlar” (MIT) kontseptsiyasi asoschisi. Frimenning ta’kidlashicha MIT - bu “xususiy va davlat institut va tashkilotlari tarmogi bo`lib, ularning faoliyati xamda uzaro alokalari yangi texnologiyalarning vujudga kelishi, import qilinishi, modifikatsiyalanishi va tarkalishiga olib keladi”.
A.Klyaynknext - G.Mensh nazariy qarashlarining Ko`pgina jixatlarini tankidiy karshi oldi va rivojlantirdi. U G.Menshning depressiya bosqichida yangiliklar klasteri shakllanishiga oid fikrlariga aniqlik kiritgan. Uning aniqdashicha, maxsulotlarga yangilik kiritish (maxsulotlar innovatsiyasi) depressiya
fazasida sodir buladi, jarayonga yangiliklar kiritish (jarayonlar innovatsiyasi) esa katta to`lqinnig usish bosqichida sodir buladi.
Maxsulotlar innovatsiyasi va jarayonlar innovatsiyasi o`rtasidagi farkni R.Kumbos va A.Klyaynknextlarning uzaro xamkorlikda yozgan ishlarida keltirilgan quyidagi klassifikatsiyadan aniq va ravshan kurish mumkin[11]:

    • “Sof” maxsulotlar innovatsiyasi (sungi iste’mol uchun muljallangan);

    • yangi meditsina jarroxligi, apparatlari va dori-darmonlari;

    • yangi investitsion tovarlar (eng avvalo iste’mol tovar va xizmatlarini ishlab chiqarishga yunaltirilgan);

    • yangi texnik uskunalar (xam investitsion xam iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishda foydalanish imkoni mavjud bo`lgan);

    • ilmiy instrumentlar (laboratoriya tadqiqotlari uchun muljallangan ammo keyinchalik sanoat maksadlarida foydalanilshi mumkin bo`lgan);

    • “Sof” jarayonlar innovatsiyasi (fakat ishlab chiqarish omillarini tejashga yunaltirilgan).

Elvin Toffler - postindustrial jamiyat kontseptsiyasi mualliflaridan biri bo`lib, uzining ilmiy asarlarida insoniyat yangi texnologik inkilobga utmokda deb ta’kidlaidi va jamiyat rivojlanishini uch to`lqin : agrar, sanoat, axborot to`lqinlariga ajratadi[12]. SHu boisdan xam Ko`pgina adabiyotlarda uchinchi to`lqin, ya’ni axborot to`lqini “axborot inkilobi” yoki “texnologik inkilob” deb xam ataladi. U innovatsion jarayonlarni uch bosqichga, ya’ni ijod, amaliyotda kullash va va jamiyatga tarkatish bosqichlariga ajratadi[13].
Innovatsiya nazariyalari rivojining uchinchi bosqichidagi metodologik ishlar sifatida IqtisodiI Xdmkorlik va Tarakkiyot tashkiloti (IX,TT) ishlab chikkan “Fraskati kullanmasi” xamda IX,TTning Yevrostat bilan birgalikda ishlab chikkan “Oslo kullanmasi”ni ta’kidlab utish lozim deb uylaymiz. Mazkur xujjatlar fan va innovatsiyalar statistikasi metodologiyasiga bagishlangan ilk xujjatlar xisoblanadi[14]. “Innovatsiya” atamasi rivojlanishi davomida unga turli xil ta’riflar berilgan. SHularning eng to`g`risi sifatida Fraskati va Oslo kullanmalarida keltirilgan ta’riflarni keltirish mumkin[15]. Mazkur kullanmalar ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni chukurlashtirish, texnik va texnologik qayta jixozlash jarayonlari va natijalari to`g`risida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishga imkon beruvchi ishonchli statistik ma’lumotlarni shakllantirish buyicha uslubiy kullanma bo`lib xizmat kilmokda.
SHunday qilib, innovatsion rivojlanishning nazariy asoslarini taxlil qilib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
xozirda iqtisodiyot ilmida innovatsion rivojlanishning kuplab nazariyalari, kontseptsiya va gipotezalari mavjud. Odatda ushbu nazariya va kontseptsiyalar uzidan oldingilarning birlashtiruvchi davomi xisoblanadi;
innovatsion rivojlanish nazariyasi asosining shakllanishi davrlar va inkirozlarning umumiy nazariyasi vujudga kelishi doirasida sodir bo`lgan. U Kondratьevning “katta to`lqinlar nazariyasini rivojlantirish natijasida shakllandi;
innovatsion rivojlanish nazariyasi shakllanishining uchinchi bosqichida asosiy e’tibor xududiy jixatga, ya’ni turli mamlakatlar va madaniyatlarning innovatsion faolliklaridagi tebranishlarga qaratildi. Innovatsion faollik epitsentri
vakti-vakti bilan siljib turdi. Barcha mamlakatlar innovatsion rivojlanishga katta e’tibor qaratib uzlarining innovatsion rivojlanish kontseptsiyalarini yaratdilar.



Download 1,05 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZU. RAQOBATNING INNOVATSIYALARNI TADBIQ ETISH STRATEGIYASI

Download 1,05 Mb.