• Bilimlar resursi
  • Pul resurslari
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim




    Download 1,05 Mb.
    bet44/105
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,05 Mb.
    #263556
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
    Bog'liq
    УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

    Fizik resurslar, ya’ni yer uchastkalari, suvlar, foydali qazilmalar, o’rmon resurlari, gidroelektroenergiya manbalari, va boshqa tabiiy sharoitlarning miqdori, sifati, bahosi. Mamlakatning iqlimiy sharoitlari, uning hajmi va jo’g’rofiy holati fizik resurslarning bir qismi sifatida qaralishi mumkin. Yetkazib beruvi yoki mahsulot o’tkazish bozori bo’lgan mamlakatlarga nisbatan joylashuv, transport xarajatlariga ta’sir qiladi va madaniy hamda ishbilarmonlik almashuvlarini osonlashtiradi. Masalan, Germaniyaga yaqinlik tarixan shved sanoatiga katta ta’sir ko’rsatdi. Mamlakat joylashgan soat mintaqasi ham ko’p narsani anglatishi mumkin (hatto butunjahon telekommunikatsiya tizimi mavjud bo’lganda ham). Londonning AQSH va Yaponiyaga nisbatan joylashuvi ko’pincha u yerda moliyaviy xizmatlarni joylashtirishdagi ustunlik deb baholanadi, chunki Londonda joylashgan firmalar ham yaponiya, ham AQSH bilan bir ish kuni mobaynida ish olib borishlari mumkin.
    Bilimlar resursi, ya’ni tvoarlar va xizmatlarga ta’sir qiluvchi ilmiy, texnik va bozor axbortlari yig’indisi. Bilimlar zaxirasi universitetlar, davlat ilmiy-tadqiqot institutlari, xususiy tadqiqot muassasalari, davlat statistika xizmati, ish va ilmiy adabiyotlar, bozorni tadqiq qilish ma’lumotlar banki, savdo assotsiatsiyalari va boshqa manbalarda joylashgan. Mamlakatdagi ilmiy va boshqa bilimlar o’z ichiga yuzlab fanlarni oladi: akustika, materialshunoslik, tuproq kimyosi va h.k.
    Pul resurslari. Bu – sanoatni moliyalashtirishga sarflanishi mumkin bo’lgan kapital miqdori va bahosi. Kapital bir xil emas, u ta’minlanmagan qarzdorlik, ta’minlangan qarz, yuqori tavakkal va yuqori daromadga ega bo’lgan spekulyativ qimmatli qog’ozlar, aktsiyalar, venchur mablag’lari kabi shakllarga ega. Har bir shaklning o’z faoliyat ko’rsatish sharoitlari bor. Mamlakatdagi kapitlaning umumiy hajmi va uning joylashish shakllariga jamg’amralar darajasi va milliy bozor tuzidishi ta’sir qiladi. Unisi ham, bunisi ham turli mamlakatlarda har xil. Kapital bozorlarining globallashuvi va bir mamlakatdan boshqasiga yirik kapitallarning o’tishi tufayli turli mamlakatlardagi sharoitlar asta-sekin tenglashmoqda, lekin baribir farqlar mavjud va ular noma’lum muddatlargacha saqlanib qoladigan ko’rinadi.

    Download 1,05 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




    Download 1,05 Mb.