Mamlakat raqobat ustunligi determinantlari omillarining o’lchamlari




Download 1,05 Mb.
bet43/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

Mamlakat raqobat ustunligi determinantlari omillarining o’lchamlari


Har bir mamlakatda iqtisodchilar ishlab chiqarish omillar deb taydigan omillar mavjud. Bu har qanday tarmoqdagi firmalar faoliyati uchun zarur bo’lgan komponentlardir. Masalan, ishchi kuchi, qishloq xo’jalik yerlaritabiiy resurslar, kapital va infrastruktura kabilardir.
Standart, an’anaviy savdo nazariyasi ishlab chiqarish omillariga tayanadi. Ushbu nazariyaga muvofiq, turli mamlakatlar har xil omillar miqdoriga ega. Mamlakat ishlab chiqarilishida ushbu mamlakatda nisbatan katta miqdorda mavjud bo’lgan omillardan jadal foydalaniladigan tovarlarni eksport qiladi. Masalan, AQSH haydaladigan yerlari ko’pligi tufayli azaldan yirik qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportchisi hisoblanadi. Mamlakatning u yoki bu omillarga boyligi malakat firmalarining xalqaro raqobat ustunligiga ta’sir qilish shubhasiz. Past ish haqi darajasiga ega mamlakatlardagi ishlab chiqarishning tez o’sayotganligi bundan dalolat berib turibdi. Gonkong, Tayvanь va keyingi vaqtlarda Tailand ham shular jumlasidandir.
SHu bilan birga, faqat ayni paytdagi omillar zaxirasigina emas, balki ularning yaratilish, tarmoq ehtiyojlariga moslashtirilish va takomillashtirilish tezligi muhimroqdir. Bundan tashqari, qanchalik g’alati tuyulmasin omillarning ko’p miqdorda mavjudligi raqobat ustunligini kuchaytirish emas, balki kamaytirish ham mumkin.
Mamlakatning raqobat ustunligi yaratilishidagi rolini aniqlash uchun ular tarmoqdagi raqobatda qanday rolь o’ynashini aniqlab olish lozim. Ko’pincha ishlab chiqarish omillari «er», «ishchi kuchi», «kapital» kabi juda umumiy tushunchalar bilan ifodalanib, bular bo’yicha turli strategiyalarga ega tarmoqlarga ularning ta’siri haqida mulohaza yuritish qiyin. Omillarni bir nechta katta guruhlarga bo’lish mumkin.
Odam resurslari, ya’ni ishchi kuchining miqdori, malaksi va bahosi (menejmentni ham qo’shib hisoblaganda). SHuningdek, normal ish vaqti va mehnat etikasi ham hisobga olinadi. Odam resurslarini turli toifalarga jaratish mumkin: chilangar-asbobsozlar, oliy ma’lumotli diplomga ega injener-elektriklar, dasturlovchilar va shu kabilar.

Download 1,05 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mamlakat raqobat ustunligi determinantlari omillarining o’lchamlari

Download 1,05 Mb.