|
Tayyor mahsulotlar sotish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar
|
bet | 51/105 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #263556 |
Bog'liq УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)Tayyor mahsulotlar sotish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar. Ishlab chiqarish va servis firmalari o’rtasidagi aloqalarning ikkinchi tipi moddiy-buyum tovarlarini sotish ularga xizmat ko’rsatishga talabni keltirib chiqarganda paydo bo’ladi. Kompьyuterlarni sotish, masalan, buyurtma bo’yicha ularga yakka tartibda dasturlar yaratishga, kompьyuter savodxonligiga bo’lgan talabni keltirib chiqarishi mumkin. Ba’zi moslamalar, masalan, yuk ko’taruvchilarni sotish bu uskunalarga xizmat ko’rsatish zaruriyatini ham keltirib chiqaradi va h.k.
Xizmatlar sotish bilan bog’liq bo’lgan tayyor mahsulotlar. Ishlab chiqarish va xizmatlar sohasi o’rtasidagi aloqalarning uchinchi tipi oldingisiga qarama- qarshidir. Loyihalash-kosntruktorlik ishlari yoki boshqaruv bo’yicha maslahatlar kabi xizmatlarni taqdim etish uskunalar yoki boshqa qo’shimcha tayyorlanadigan tovarlarga bo’lgan talabni yaratishi mumkin. Biror mamlakatning xalqaro muvaffaqiyatga ega servis firmalari shu bilan ushbu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sotilishiga ko’maklashishi mumkin. Bu kapital qurilishda va loyihalash-konstruktorlik ishlarida allaqachon mavjud bo’lgan holatdir. Masalan, loyihalash-konstruktorlik ishlari va qurilish xizmatlari bo’yicha yetakchi amerika kompaniyalarining xorijdagi muvaffaqiyati «Karpiller» traktorlari, isitish moslamalari, shamollatish uskunalari va konditsionerlar kabi eksportdaunchalik ishonchli bo’lmagan tovarlarning ham xorijda sotilishida katta rolь o’ynadi. Ishlab chiqarish va servis firmalari o’rtasidagi aloqalar mustahkamligi va davomiyligi bo’yicha ancha farq qiladi. Xaridor-sotuvchi munosabatlari xizmatlarning ahamiyati va davomiyligi bo’yicha aloqalarning boshqa ikki shakliga qaragnda muhim va zarurdir. Bu alorqalar ishlab chiqarilayotgan tovar va unga xizmat ko’rsatish o’rtasida texnik uzviylik bo’lganda hamda ularnibirgalikda sotib olishayotganda ko’proq mustahkamdir.. Ishlab chiqarilgan tovar va unga xizmat ko’rsatish odatda enggboshida mustahkam bo’ladi. Masalan, kompьyuterlarning ilk eksport sotilishi tegishli xizmatlarni faol keltirib chiqardi.Undan keyin paydo bo’lgan qo’shimchaxizmatlar esa bu toifaga kirmaydi.
Xaridorlar ko’proq axborotga ega bo’lib borishi va sinchkovlashib borishi tufayli ular biror mamlakatning xizmat yetkazib beruvchilari, agar mahsulo tunchalik murakkab bo’lmasa, tovarlar va ularni ta’mirlash bo’yicha xizmatlar o’rtasidagi aloqa esa unchalik katta bo’lmasa ushbu mamlakat tovarlarga xizmat ko’rsatishda katta ustunliklarga ega emasligini tushuna boshlaydilar.
Biz dunyoning bir qator yetakchi mamlakatlaridagi ishlab chiqarish
muvaffaqiyatlari evolyutsiyasining o’ziga xos xususiyatlarini alohida holda ko’rib chiqdik. SHunisi aniqki, alohida tarmoqlar kabi milliy iqtisodiyot ham turg’un emas. Ikkinchi jahon urushidan keyin ko’p mamlakatlarda tarmoqlarda ajoyib o’zgarishlar ro’y berdi va bu tarmoqlar jaon darajasida muvaffaqiyatga erisha boshladi. Iqtisodiy o’sish raqobat ustunliklari manbalarining murakkablashishi va yuqori samarali segmentlar va tarmoqlarda mavqening mustahkamlanishi tomonga harakatdan iborat. Bu jarayon butun iqtisodiyotning tez o’sishi bilan birga ro’y beradi. Alohida mamlakatlar sanoatining jahon xo’jaligidagi raqobatbardoshligi darajasi bo’yicha ushbu mamlakatlarning tasniflanishini keltirish mumkin. Raqobatbardoshlik bosqichlarini ajratib ko’rsatish milliy iqtisodiyot rivojining abstrakt (mavhum) metodini tuzish usullaridan biridir. Har bir bosqich o’z tarmog’i va firmalarni rivojlantirishning o’z strategiyasi bilan tavsiflanadi. SHuningdek, bosqichlar iqtisodiyotga, shuningdek xalqaro faoliyatga davlatning aralashishi darajasi va xalqaro faoliyatda iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishi bo’yicha ham bir-biridan katta farq qiladi. Bunday yondashuv ko’p miqdordagi ma’lumotlarni va har bir mamlakat bo’yicha faktlarni izohlashga imkon beradi. Mamlakatlarning o’zi va bir darajadan boshqasiga o’tishda qo’yiladigan talablar xalqaro faoliyatda kompaniyalarning strategiyasi va hukumat siyosati masalarini anglab olishga yordam beradi.
|
| |