• Tayanch so`z va iboralar
  • Iste’molchi ortiqchaligi
  • MAVZU. RAQOBATNING BOZOR TAXMONLARI STRATEGIYASI




    Download 1,05 Mb.
    bet53/105
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,05 Mb.
    #263556
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105
    Bog'liq
    УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

    MAVZU. RAQOBATNING BOZOR TAXMONLARI STRATEGIYASI




    Reja:

        1. Faoliyatni iste’molchilarning alohida guruhiga ixtisoslashuvi.

        2. Bozorni demografik va geografik segmentlash.

        3. Faoliyatni tovarning alohida guruhiga ixtisoslashuvi.

        4. Maqsadli bozor talablarini qondirish imkoniyatlari.

        5. Bozor taxmonini tanlash.



    Tayanch so`z va iboralar: bozor taxmoni, xizmat qilish, yuqori samradorlik, qobiliyat, iste’molchilar, talab, xilma-xillik, bozor taxmonlarining barqarorligi. O`ziga xos talab, bozor segmentlari, hajmi, bozorda bir turdagi tovarga bo’lgan talab segmenti, bozor taxmoniga erishish taktikasini tanlash. Tor darajadagi bozor taxmonlari, moslashish, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining davlat tomonidan tartibga solinishi.
    Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat
    Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, A8, A12.

    Tovarga narx bozor tomonidan o’rnatiladigan raqobatlashgan bozorda tovarni ishlab chiqaruvchilar bozor narxida (muvozanat narxida) sotadi, shu bozor narxida iste’molchilar tovarni sotib oladi.


    Lekin, ayrim iste’molchilar uchun tovarning qiymati uning bozor narxidan ko’ra yuqoriroq. SHuning uchun ham u tovarni bozor narxidan yuqoriroq narxda ham sotib olishi mumkin.
    Iste’molchi ortiqchaligi - iste’molchi tomonidan tovarga to’lashi mumkin bo’lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o’rtasidagi farqni bildiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, iste’molchining tovar uchun berishi mumkin bo’lgan maksimal narxdan tovarni sotib olishda to’lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng.
    Iste’molchi ortiqchaligi (qo’shimcha naf) alohida insonning qanchalik o’rtacha yaxshi yashayotganligini ko’rsatadi.

    Iste’molchining umumiy ortiqchaligi bu talab chizig’i bilan bozor narxi chizig’i o’rtasida joylashgan soha (1-rasmda shtrixlangan soha).

    1-rasm. Iste’molchi ortiqchaligi.


    Iste’molchi ortiqchaligi barcha iste’molchilarning umumiy sof nafini o’lchashga yordam beradi va u yordamida biz bozorni davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi samaradorligini, iste’molchi ortiqchaligini umumiy natijasining o’zgarishini o’lchash asosida aniqlashimiz mumkin.


    Misol. Faraz qilaylik bir dona apelьsinning bozor narxi 5 so’m deylik, lekin iste’molchi ushbu bir dona apelьsin uchun 10 so’m berishga tayyor, ya’ni apelьsinning iste’molchi uchun qiymati 10 so’mga teng.
    Iste’molchi ushbu bir dona apelьsinni bozor narxida, ya’ni 5 so’mga oladi va u iqtisod qilgan 10-5=5 so’m iste’molchi ortiqchaligini bildiradi, iste’molchi qo’shimcha 5 so’mlik naf oladi (2-rasm).




          1. rasm. Umumiy iste’molchi ortiqchaligini grafikda aniqlash.

    Iste’molchi ikkinchi apelsinni ham sotib oladi, nima uchun deganda, u ikkinchi apelьsin uchun berishi mumkin bo’lgan maksimal narx 9 so’m, iste’molchi ortiqchaligi 4 so’mga teng. Xuddi shunday davom etsak 4-apelьsin uchun iste’molchi ortiqchaligi 1 so’mga teng, beshinchi apelьsinni sotib olishga iste’molchi befarq qaraydi, nima uchun deganda u iste’molchining umumiy ortiqchaligini oshirmaydi.


    SHunday qilib, iste’molchining iste’molchi oriqchaligi 5=4=3=2=1=15 so’mga teng. Iste’molchining sarfi 25 ga teng.

    Download 1,05 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105




    Download 1,05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU. RAQOBATNING BOZOR TAXMONLARI STRATEGIYASI

    Download 1,05 Mb.