|
Servis ehtiyojlarining o’xshashligi
|
bet | 49/105 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #263556 |
Bog'liq УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)Servis ehtiyojlarining o’xshashligi. Xizmatlarga bo’lgan ko’plab ehtiyojlar aksariyat mamlakatlarda bir xil, ularning ba’zi turlari bo’yicha esa butun dunyoda bir xildir. Masalan, ba’zi mahalliy shartlar va qoidalar farqlanishi mumkin bo’lsa- da, mijoz vaqtinchalik yordam agentligidan hamma joyda bir xil yordam kutadi. Raqobat global mizyoslar kasb etib borishi bilan ko’p mamlakatlar firmalarining o’zi ham malakali xizmatlarga muhtoj bo’ladi. Ko’p servis xizmatlarining xususiyati ularga unchalik ko’p sarf qilmagan holda mahalliy sharoitlarga moslashishlariga imkon beradi. SHu bilan butun dunyoda xizmat ko’rsatayotgan firma yurtdosh raqobatchi uchun kam imkoniyat qoldiradi..
Ko’proq safarbar va ko’proq axborotga ega bo’lgan xizmatlar
xaridorlarining paydo bo’lishi. Butun dunyoda axborotga yetishishning osonlashishi, tezyurar transport vositalari, xalqaro safarlarning osonlashuvi va hammabop bo’lishi xizmatlar tizimining salohiyatli xaridorlariga eng yaxshi jahon firmalariga murojaat qilishga imkon beradi. Keng dunyoqarashga ega xaridorlarda faqat o’z mamlakati firmalariga qaraganda o’z mamlakatida ishlayotgan chet el servis firmalariga murojaat qilish istagi ko’proq paydo bo’ladi. Bundan tashqari, xaridorlar xizmatlar qaerda yaxshiroq ekanligi haqida ko’proq axborotga ega bo’ladi. Valyuta cheklovlarining kamayishi xizmatlarga boshqa mamlakatda haq to’lash tartibini ososnlashtiradi.
Yirik korxonalarni oyoqqa turg’azish va jo’g’rofiy ko’lamlar. Mamlakat ko’pmaqsadli firmalarining paydo bo’lishiga olib kelgan ustunliklar xalqaro shtab- kvartiralarning paydo bo’lishiga ham olib keladi. Ko’lam samarasidan foydalanish global firmalarga texnologiyani, ta’lim tizimini rivojlantirish, va boshqa faoliyatga ketadigan xarajatlarni butun dunyo bo’ylab o’z bo’linmalar orasida taqsimlashga imkon beradi. Global firma boshqa ustunliklarga ham ega. U mahalliy firmalar bilan raqobatga kirishmay turib, har qanday mamlakat mijozlariga dunyoning har qanday joyida xizmat ko’rsatishi mumkin. Xalqaro savdo firmasining obro’si mahalliy firmalarning obro’sini bosib ketishi mumkin. Malakali xodimlar va eng yangi texnik jihozlanuv bunga muhtoj mamlakat manfaatlari yo’lida samarali qo’llanilishi mumkin. Bunda ko’pincha ular mahalliy imkoniyatlarni to’ldiradi.
|
| |