|
Oliy va o’rta maxsus ta’lim
|
bet | 45/105 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #263556 |
Bog'liq УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)Infrastruktura, ya’ni mavjud infrastrukturaning turi, sifati va undan foydalanishga to’lanadigan haq. Bu raqobat xususiyatiga ta’sir qiladi. Bunga mamlakatning transport tizimi, aloqa tizimi, pochta xizmatlari, mamlakat hududida va xorijga bankdan bankka mablag’lar va jo’natmalarni ko’chirish, sog’liqni saqlash tizimi kiradi. SHuningdek, infrastrukturagaturar joy fondi va madaniyat muassasalari ham kiradi. Bular turmush darajasini va tegishlicha yashash hamda ishlash joyi sifatida mamlakatning jozibadorligini belgilab beradi..
Omillar asosida raqobat ustunligiga erishish bu omillardan qanchalik samarali foydalanishga bog’liq. Eslatib o’tilganidek, hozirgi vaqtda ko’plab rivojlangan mamlakatlar va hatto yangi industrial mamlakatlar infrastruktura yoki o’rta va hatto oliy ma’lumotli ishchi kuchi kabi omillarga deyarli teng tarzda egadirlar. SHu bilan birga, globallashuv mamlakatdagi ba’zi omillarning mavjudligini unchalik muhim qilmay qo’ydi. Zamonaviy gloabbalashgan kompaniya yetishmayotgan omillarni xorijdan sotib olish yoki faoliyatni chet elda joylashtirish hisobiga ta’minlashi mumkin.
Nihoyat odam resurslari, bilimlar va kapital kabi omillar bir mamlakatdan ikkinsiga o’tishi mumkin. Yaxshi ko’nikmalarga ega odamlar va malakali ishchilar. SHuningdek ilmiy va texnik bilim egalari bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib yurmoqda. Bu jarayon katta ekrinlik va xalqaro kommunikatsiyalarning rivojlanishi tufayli osonlashgan. Mamlakatda omillarning mavjudligi, agar bu omillar mamlakatdan chiqib ketadigan bo’lsa, ustunlik bo’lmay qolmoqda. Harakatdagi omillar qaysi mamlaktlarga kirib kelayotganligi va ular qaerda eng ko’p samarali qo’llanishi mumkinligini tushuntirish uchun boshqa determinantlarni tahlil qilishga to’g’ri keladi.
Raqobat ustunligi determinatlari omillarining pog’onalari
Omillarning raqobat ustunligini yaratishdagi uzoq muddatli rolini tushunish uchun omillarning turlarini farqlab olish tobora muhim bo’lib bormoqda Bunda omillarni farqlashning ikkita muhim printsipini ajratishadi. Birinchisi – omillarni asosiylar va
rivojlanganlarga bo’lish. Asosiy omillar – tabiiy resurslar, iqlim sharoitlari, mamlakatning jo’g’rofiy holati, malakasiz va yarim malakali ishchi kuchi va debet kapitali shular jumlasidandir. Rivojlangan omillarga axborot amlashishning zamonaviy infrastrukturasi (raqamli asosda axborot amlashish), yuqori ma’lumotli xodimlar, (oliy ma’lumotli injenerlar, kompьyuьerlar bo’yicha mutaxassislar va sh.k.) va universitetlarning murakkab fanlar bilan shug’ullanuvchi tadqiqot institutlari kiradi.
Asosiy omillar mamlakatga tekin tushadi yoki ularni yaratish kam xususiy va davlat mablag’larini talab qiladi. Bunday omillar yo mamlakat raqobat ustunligi uchun katta ahamiyatga ega emas yoki ular tomonidan yaratiladigan ustunliklar barqaror emas.
Asosiy omillar o’z ahamiyatini qazib oluvchi tarmoqlarda va qishloq xo’jaligi bilan bog’liq tarmoqlarda (masalan, o’rmon sanoati yoki soya yetishtirish), shuningdek, texnologiya va ishchilarning ko’nikmalariga talab unchalik baland bo’lmagan, qo’llaniladigan texnologiya esa keng tarqalgan tarmoqlarda saqlab qoladi. Bunga misol – alohida murakkab loyihalash ishlari talab qilinmaydigan fuqarolik ob’ektlarini (uy-joy, maktablar va sh.k.) qurishdir. Bunday ob’ektlar qurishda koreya firmalari muvaffaqiyat qozongan. Bu ulardagi arzon va intizomli ishchi kuchi tufaylidir. Biroq ishchi kuchi arzonroq bo’lgan mamlakatlar koreys firmalarini siqib chiqarmoqda, rivojlanganroq mamlaktlardan bo’lgan raqobatchilar esa (masalan Italiya) arzon ishchi kuchidan mahalliy joyning o’zida (ular shartnoma tuzgan mamlakatlarda) yoki rivojlanayotgan mamlakatlarda (masalan, Hindistonda) foydalanishmoqda va shu bilan Koreya firmalarining ustunligini yo’qqa chiqarishmoqda. Bu Yaqin SHarqda qurilishga bo’lgan qiziqishning pasayishi bilan birgalashib shunga olib keldiki, koreys qurilish sanoati chuqur inqirozda qoldi. Bu faqat asosiy omillarga asoslangan ustunliklar qanchalik mustahkam emasligini ko’rsatadi.
Demak, raqobat ustunligi uchun rivojlangan omillar eng katta ahamiyatga ega. Mahsulotning tabaqalashuvi yoki patentlashgan texnologiya kabi yuqoriroq ustunliklarni olish uchun aynan shu omillar zarur. Ular asosiy omillar kabi keng tarqalmagan, chunki ularning rivojlanishi uchun ko’plab va uzoq muddat davomida odam kuchi hamda kapital qo’yilmalari talab qilinadi. Haqiqatan rivojlangan omillar yaratish uchun zarur bo’lgan vositalar (masalan, ta’lim dasturlari)ning o’zi yuqori malakali xodimlar va/yoki yuqori texnologiyalarni talab qiladi. Bundan tashqari, rivojlangan omillarni jahon bozorida sotib olish yoki xorijiy fillallar orqali topish qiyin. Ular firma tomonidan taklif qilinadigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqishdagi va firma yangiliklarga qodirligining zaruriy sharti hisoblanadi. Yangilanishlarni esa firma joylashgan mamlakatda amalga oshirgan yaxshi. Bu beixtiyor umuman firma strategiyasi bilan mustahkam bog’langan.
SHuni nazardan qochirmaslik kerakki, rivojlangan omillar ko’pincha asosiy omillar ustiga quriladi. Masalan, doktorlik darajasidagi biologlarga ega bo’lish uchun shu sohada qobiliyatli universitet bitiruvchilari bo’lishi kerak. Bu shuni anglatadiki, garchi asosiy omillar o’z-o’zicha raqobat ustunligining ishonchli manbai bo’lmasa-da, ular asosida turdosh rivojlangan omillar yaratish uchun yetarlicha sifatli bo’lishi lozim.
Omillarni bo’lishning ikkinchi muhim printsipi – ularning ixtisoslashuvi bo’yichadir. Umumiy omillar – avtomobilь yo’llari tarmog’i, debet mablag’lar, oliy ma’lumotli (yuqori haq to’lanadigan, demakki ushbu firmada ishlashdan manfaatdor bo’lgan) xodimlardir; Ulardan keng tarmoqlarda foydalanish mumkin.. Ixtisoslashgan omillar – tor mutaxassislikdagi xodimlar, o’ziga xos turdagi infrastruktura, bilimlarning ma’lum bir sohasidagi ma’lumotlar bazasi va tor doiradagi tarmoqlarda yoki hatto bitta tarmoqda qo’llaniladigan boshqa omillardir. Bunga misollar – optika sohasidagi ilmiy-tadqiqot instituti, kimyoviy yuklarni ortishga ixtisoslashgan port, qobiliyatli avtodizayner xodimlar dasturiy ta’minot ishlab chiqishni moliyalashtirishga yo’naltirilgan vensur kapitalidir. Rivojlangan omillar ham garchi har doim bo’lmasa-da, ixtisoslashish tendentsiyasiga ega. Masalan, yuqori malakali dasturchilar rivojlangan omil hisoblanadi, lekin ulardan keng tarmoqlar
doirasida foydalanilishi mumkin.
Ixtisoslashgan omillar, umumiy omillarga qaraganda raqobat ustunligi uchun salmoqliroq va uzoq muddatli asosni tashkil qiladi. Umumiy omillar faqat chelangan xarakterdagi ustunliklarni beradi. Ular odatda ko’plab mamlakatlarda mavjud, global tusdagi faoliyat olib bora turib, ularni topish nisbatan oson. Ularsiz ham ishko’rish yoki ular asosidagi ustunliklarni yo’qqa chiqarish ham mumkin. Umumiy omillardan faol foydalanib olib boriladigan faoliyatni (masalan, past malakali mehnatni jalb qilgan holda ko’p ish talab qiladigan yig’ish opreatsiyalari) ko’pincha bazaviy mamlakat hududidan tashqarida amalga oshirish mumkin.
Bazaviy mamlakatda ixtisoslashgan omillar albatta mavjud bo’lishi shart. Xorijiy filialda esa ular unchalik ham muhim emas. Bundan tashqari, xorijiy firmalar ham ixtisoslashgan, ham rivojlangan omillarni olishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Masalan, yapoinyada faoliyat yuritayotgan xorijiy firmalar o’z shtatlariga yapon texnik oliy o’quv yurtlarining bitiruvchilarini jalb qilishlari yoki mahalliy oliy o’quv yurtlarining tadqiqot dasturlariga yapon firmalari bilan bir xil asosda yetishishlari qiyin.
Eng barqaror va muhim raqobat ustunligiga mamlakatda ushbu tarmoqda muvaffaqiyatli raqobat uchun zarur bo’lgan omillar (bir vaqtning o’zida ham rivojlangan, ham ixtisoslashgan hisoblangan) tashkil qilinganda erishiladi. Ixtisoslashish darajasi ham tobora ortib borayotgan tamoyillardandir. Bugungi ixtisoslashgan omillar ertaga umumiyga aylanib qolishi mumkin. Elektrotexnika kollejlarining bitiruvchilari bir vaqtlar ixtisoslashgan omil edi va faqat ba’zi tarmoqlardagina ulardan foydalanilardi. Endilikda esa ular ko’plab tarmoqlarda talab qilinadi, elektrotexnika bo’yicha injener mutaxassisligi esa o’z ichiga ko’plab «kichik mutaxassisliklar»ni oladi.
Omil resursi agar uni doimiy takomillashtirib va ixtisoslashganroq qilib bormasa, uzoq muddatli raqobat uchun asos sifatida qadrini yo’qotadi. Ayniqsa malakali kadrlar va bilimlar (aytish mumkinki ular raqobat ustunligini kuchaytirish uchun eng muhim omillardir). Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, har qanday paytda omillar asosida ustunlikka ega bo’lish mamlakatning uzoq muddatli ustunligini tushuntirish uchun yetarli emas. Yuqorida eslatilgan omillarni farqlashning yana bir printsipi quyidagicha: ular mamlakatda o’z-o’zidan paydo bo’lganmi (masalan, tabiiy resurslar
yoki jo’g’rofiy holat) yoki sun’iy yaratilganmi. Yuqoriroq darajadagi yoki barqarorroq raqobat ustunligiga erishish uchun eng muhim bo’lgan omillar har doim sun’iydir. Masalan, mamlakatdagi telekommunikatsiyalar yoki mikrobiolog kadrlar tizimi manfaatdor shaxslar, raqobat kurashi uchun yangi qurollar qidirayotgan firmalar, jamiyat yoki iqtisodiyot uchun farovonlik qilishga intilayotgan jamoat tuzilmalari yoki hukumatlardan tushadigan kapital qo’yilmalar yordamida yaratiladi. Butun dunyo bo’ylab oimllarga bo’lgan o’sib borayotgan talablar shunga olib keladiki, bir martalik kapital qo’yilmalar omillar asosida raqobat ustunligini olish uchun yetarli emas va omillarning sifatini oshirish maqsadida uzluksiz moliyalashtirish talab qilinadi. Rivojlangan va ixtisoslashgan omillar eng katta va uzoq muddatli kapital qo’yilmalarni, boz ustiga, buni amlga oshirishning eng qiyin shakllaridagilarini talab qiladi.
Mamlakatlar milliy «romb» (bu termin bilan raqobat ustunligi determinantlari tizim sifatida nomlangan) eng qulay xususiyatga ega bo’lgan tarmoqlarda yoki ularning segmentlarida muvaffaqiyat uchun eng yuqori imkoniyatlarga ega bo’ladi. Ayni paytda bu mamlakatning har bir firmasi muvaffaqiyatga erishadi degan gap emas. Aksincha mamlakatdlagi muhit qanchalik dinamik bo’lsa, ulardan ba’zilari muvaffaqiyatsizlikka ehtimoli ko’proq. CHunki hamma firmalarda ham bir xil resurslar va texnologiyalar mavjud emas. SHuningdek mamlakatdagi holatdan ularning hammasi har xil foydalanidi. Kimdir yaxshiroq, boshqasi esa yomonroq. Lekin baribir bunday sharoitda voyaga yetgan firmalar xalqaro raqobatda muvaffaqiyatga erishishi tabiiyroqdir.
Milliy «romb» – tarkibiy qismlari bir-birini kuchaytiradigan tizimdir. Har bir determinant boshqasiga ta’sir ko’rsatadi. Faqat bir yoki ikki determinant asosidagi raqobat ustunligi tabiiy resurslarga juda bog’liq bo’lgan tarmoqlarda yoki murakkab texnologiyalra kam qo’llaniladigan tarmoqlardagina mumkin. Bunday ustunlikni saqlab qolish juda qiyin, chunki u bir mamlakatdan ikkinchisiga o’tib turadi. Global firmalar esa keng miqyosli strategiyalar yordamida bunday ustunlikni bartaraf qila oladilar. Barcha determinantlar bo’yicha ustunliklarning o’zaro hamkorligi kuchayib boradigan yutuqli holatlarni ta’minlaydi. Bunday ustunlikni xorijiy raqobatchilar yo’q qilishi yoki undan nusxa olishi juda qiyindir.
Har bir mamlakatda iqtisodchilar ishlab chiqarish omillar deb taydigan omillar mavjud. Bu har qanday tarmoqdagi firmalar faoliyati uchun zarur bo’lgan komponentlardir.
Standart, an’anaviy savdo nazariyasi ishlab chiqarish omillariga tayanadi. Ushbu nazariyaga muvofiq, turli mamlakatlar har xil omillar miqdoriga ega. Mamlakat ishlab chiqarilishida ushbu mamlakatda nisbatan katta miqdorda mavjud bo’lgan omillardan jadal foydalaniladigan tovarlarni eksport qiladi
Eng barqaror va muhim raqobat ustunligiga mamlakatda ushbu tarmoqda muvaffaqiyatli raqobat uchun zarur bo’lgan omillar (bir vaqtning o’zida ham rivojlangan, ham ixtisoslashgan hisoblangan) tashkil qilinganda erishiladi. Ixtisoslashish darajasi ham tobora ortib borayotgan tamoyillardandir. Bugungi ixtisoslashgan omillar ertaga umumiyga aylanib qolishi mumkin. Elektrotexnika kollejlarining bitiruvchilari bir vaqtlar ixtisoslashgan omil edi va faqat ba’zi
tarmoqlardagina ulardan foydalanilardi. Endilikda esa ular ko’plab tarmoqlarda talab qilinadi, elektrotexnika bo’yicha injener mutaxassisligi esa o’z ichiga ko’plab «kichik mutaxassisliklar»ni oladi.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, har qanday paytda omillar asosida ustunlikka ega bo’lish mamlakatning uzoq muddatli ustunligini tushuntirish uchun yetarli emas.
|
| |