MAVZU. MILLIY IKTISODIYOTNING RAQOBAT USTUNLIKLARINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI




Download 1,05 Mb.
bet42/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

MAVZU. MILLIY IKTISODIYOTNING RAQOBAT USTUNLIKLARINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI




Reja:

      1. Iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning o’ziga xos xususiyatlari va omillari.

      2. Raqobat va klasterlar.

      3. Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunliklari determinantlari.

      4. Raqobat strategiyasining tayanch usullari.

      5. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining davlat tomonidan tartibga solinishi.



Tayanch so`z va iboralar: Klasterlar, umumiqtisodiy siyosat, M. Porter, milliy rombi, mamlakatntng raqobat jihatdan ustunliklari, 4 determinantlar, barqaror strategiya, strategiya va raqobatchilik, omillar uchun shart - sharoitlar; turdosh va qo’llab -kuvvatlovchi tarmoqlar; talab holati, raqobatbardoshlik kontseptsiyasi, milliy iqtisodiyot, xalqaro mehnat taqsimoti, qiyosiy ustunlik nazariyasi, qiyosiy ustunlikla, chet el tajribasi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, Q1, Q2, Q3.
Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqaro amaliyotda sinalgan va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi bozor munosabatlarini va tajribalarini hatyotga tatbiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda. SHulardan biri klasterlar bo’lib, hozirda iqtisodiyotimizning to’qimachilik va yengil sanoat sohasida ushbu tuzilma faoliyatini yo’lga qo’yishga kirishilmoqda.
Xo’sh, klaster o’zi nima, uning qanday afzalliklari bor?
Ko’pgina manbalarda rivojlangan davlatlarning tajribalari barqaror ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda, investitsion faollikni oshirishda, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishda xalqaro logistik markazlari, erkin iqtisodiy zonalar kabi klasterlarning o’rni va ahamiyati juda yuqori ekanligi ko’rsatilgan. Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda klasterlardan foydalanish bo’yicha ma’lum tajriba to’plangan.
Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning tahlillarida “klaster” tushunchasiga bir qator ta’riflar berilgan.
Klaster – bitta sohaga birlashgan va bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan korxonalar guruhi.
Klaster – bitta geografik hududda joylashgan va bitta tarmoqni tashkil qiladigan firmalar guruhi.
Klaster – maxsus sohalar bo’yicha bitta geografik hududda faoliyat yuritayotgan, bir-biri bilan bog’liq bo’lgan va bir-birini to’ldiruvchi kompaniyalar, institutlar guruhi.
Klaster – gorizontal va vertikal ravishda funktsional bog’liq bo’lgan firmalar guruhi.
Klaster – jamoaviy, xususiy va yarim jamoaviy ko’rinishda bir-biri bilan bog’liq va o’zaro biri-birini to’ldiruvchi firmalar, tadqiqot va rivojlanish institutlari guruhi.
Klaster – tijorat va notijorat tashkilotlari guruhi bo’lib, u guruhda faoliyat yuritayotgan har bir firmaning raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Klaster – hududiy kontsentratsiyalashuvga asoslangan va texnologik zanjirga bog’langan tovar va xom ashyo yetkazib beruvchilar, asosiy ishlab chiqaruvchilarni birlashtirgan industrlashgan majmua.
Umumiy olganda klasterlashtirish bu bitta geografik hududda kontsentratsiyalashgan va ma’lum bir aniq vazifani yechishga qaratilgan firmalar guruhi bo’lib, ular bir-biri bilan uzviy aloqadagi, jamoviy raqobatlashuvni mustahkamlash maqsadida ishchi kuchlarini o’zaro birlashtiruvchi jarayondir.
Hududni rivojlantirish uchun klasterli tuzilmalarni shakllantirish qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish, mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, vakolatlarni taqsimlash, tadbirkorlik tuzilmalari bilan o’zaro ta’sirlashish, axborot ayirboshlashni jadallashtirish va yangiliklarni targ’ib etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faolligini hamda hududlar innovatsion jozibadorligini yuksaltirish, hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish kabi yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Tadbirkorlik tuzilmalari uchun klasterlar yirik investitsiya loyihalarida ishtirok etish, qo’shimcha daromad olish, yangi bozorlarga chiqish, innovatsiyalarni joriy etish bo’yicha xarajatlarni qisqartirish, innovatsion faoliyatni infratuzilmaviy ta’minlash, xodimlar malakasini oshirish, kichik korxonalarni innovatsion faoliyatga jalb etish va pirovardida raqobatbardoshlikni ko’tarish omili hisoblanadi. Bunda har bir klaster ishtirokchisi bo’lgan korxona o’z maqsadini ko’zlagan holda nafaqat o’z xo’jalik faoliyati samaradorligi va raqobatbardoshligini oshiradi, balki tadbirkorlik infratuzilmasini shakllantirishga ko’maklashgani holda, hududda faoliyat yuritayotgan turli xildagi boshqa korxonalarning iqtisodiy o’sishiga yordam beradi.
Xorijiy va mahaliy ekspertlarning ta’kidlashicha, hududiy klasterda ishtirok etish fan va ta’lim muassasalari uchun ham jozibador bo’lishi mumkin, chunki bu ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini ko’paytirish, sifatini yaxshilash, ilmiy tadqiqot ishlarining texnik ta’minoti darajasini yuksaltirish, investitsiyaviy tashqi loyihalarda ishtirok etish, ilmiy-pedagog kadrlar malakasini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
Xorijlik ekspert Maykl Porter o’z tadqiqotlaridan kelib chiqib qayd etishicha, klaster strategiyasining ustuvorligi korxona (firma)lar uchun ta’minotchilarga, malakaviy xodimlarga, axborotlarga, xizmat va ta’lim markazlariga to’g’ridan-to’g’ri bog’lanishlari sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi misli ko’rilmagan imkoniyatlar bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, klaster tizimida ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlari yangi ilmiy- uslubiy ishlanmalarni yaratish, ularni qisqa muddatda sinovdan o’tkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnatlarini ko’proq rag’batlantirish, yangi tovarlarni ixtiro qilish uchun sharoit paydo bo’ladi. Klasterlashtirishga korxonalar innovatsion faoliyatini tezlashtirish asosida
raqobatbardoshlikni oshiruvchi, raqobatning kuchli ta’siriga qarshi turish jarayonidagi talablarga to’la javob beruvchi tuzilma sifatida baho beriladi.
Tahlilchilarning yana bir fikriga ko’ra, yuqori raqobatlashuv ko’rsatkichlariga ega bo’lgan kompaniya o’z yutug’i orqali atrofdagi iqtisodiy sub’ektlarga, ya’ni iste’molchilar, xom ashyo yetkazib beruvchilar va raqobatchilarga ijobiy ta’sirini o’tkazadi. Atrofdagilarning kuchayishi esa kompaniyaning raqobatbardoshlikni yanada ko’tarishiga olib keladi. Ayni shunday sharoit klasterlar rivojlangan hududda yaqqol namoyon bo’ladi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni tarkibiy qayta o’zgartirishlarga, barcha hududlar hamda tarmoqlarni mutanosib ravishda rivojlantirishga yo’naltirilgan islohotlar izchil davom etmoqda. Investitsiya, modernizatsiya, mahalliylashtirish dasturlari bilan birga har bir hududning o’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari inobatga olingan holda tegishli dasturlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilayapti. Sanoat salohiyatini oshirish, istiqbolsiz korxonalarni tarkibiy o’zgartirish, moliyaviy sog’lomlashtirish masalalariga qo’shimcha tarzda raqobat muhitini yanada yaxshilashga ham e’tibor kuchaytirilmoqda.
Nima uchun mamlakat u yoki bu tarmoqda xalqaro muvaffaqiyatga erishadi? Bu savolga javob mamlakatning umumiy zususiyatga ega bo’lgan va mahalliy firmalar raqobatlashadigan muhitni shakllantiruvchi to’rtta xususiyatidadir. Bu muhit raqobat ustunligini yaratishga ko’maklashishish ham, ung to’sqinlik qilish ham mumkin. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:

Firmalar strategiyasi, ularning tuzilishi va raqobatchiligi






2.1-rasm. Mamlakatning raqobat ustunligi determinantlari.



  1. Omillar shartlari, ya’ni ushbu tarmoqda raqobat uchun zarur bo’lgan konkret omillar (aytaylik, ma’lum ixtisoslikdagi malakali ishchi kuchi yoki infrastruktura).

  2. Talab shartlari, ya’ni ushbu tarmoq taklif qilayotgan mahsulot yoki xizmatga ichki bozorda talab qanday.

  3. Bir turdagi (related) va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlar, ya’ni xalqaro bozorda raqobatbardosh bir turdagi yoki ta’minlovchi tarmoqlarning mamlakatda bor yoki yo’qligi.

  4. Firmaning strategiyasi, uning tuzilishi va raqobatchilar, ya’ni mamlakatda firmalar qanday yaratilishi va boshqarilishi hamda ichki bozordagi raqobatning xususiyati qanday bo’lishini belgilab beruvchi sharoitlarning qandayligi.

Bu determinantlar har biri alohida va hammasi birgalikda tizim sifatida ushbu mamlakat firmalari yaratiladigan va faoliyat ko’rsatadigan muhitni paydo qiladi.
Mamlakatlar milliy «romb» (bu termin bilan raqobat ustunligi determinantlari tizim sifatida nomlangan ) eng qulay xususiyatga ega bo’lgan tarmoqlarda yoki ularning segmentlarida muvaffaqiyat uchun eng yuqori imkoniyatlarga ega bo’ladi. Ayni paytda bu mamlakatning har bir firmasi muvaffaqiyatga erishadi degan gap emas. Aksincha mamlakatdlagi muhit qanchalik dinamik bo’lsa, ulardan ba’zilari muvaffaqiyatsizlikka ehtimoli ko’proq. CHunki hamma firmalarda ham bir xil resurslar va texnologiyalar mavjud emas. SHuningdek mamlakatdagi holtadan ularning hammasi har xil foydalanidi. Kimdir yaxshiroq, boshqasi esa yomonroq. Lekin baribir bunday sharoitda voyaga yetgan firmalar xalqaro raqobatda muvaffaqiyatga erishishi tabiiyroqdir.
Milliy «romb» – tarkibiy qismlari bir-birini kuchaytiradigan tizimdir. Har bir determinant boshqasiga ta’sir ko’rsatadi. Faqat bir yoki ikki determinant asosidagi raqobat ustunligi tabiiy resurslarga juda bog’liq bo’lgan tarmoqlarda yoki murakkab texnologiyalar kam qo’llaniladigan tarmoqlardagina mumkin. Bunday ustunlikni saqlab qolish juda qiyin, chunki u bir mamlakatdan ikkinchisiga o’tib turadi. Global firmalar esa keng miqyosli strategiyalar yordamida bunday ustunlikni bartaraf qila oladilar. Barcha determinantlar bo’yicha ustunliklarning o’zaro hamkorligi kuchayib boradigan yutuqli holatlarni ta’minlaydi. Bunday ustunlikni xorijiy raqobatchilar yo’q qilishi yoki undan nusxa olishi juda qiyindir.
Nazariya yakunlangan bo’lishi uchun mamlakatdagi sharoitga sezilarli ta’sir qiladigan yana ikkita o’zgaruvchini ko’rib chiqish kerak. Bu – tasodifiy hodisalar va hukumatning harakatlaridir. Tasodifiy hodisalar – firma rahbariyati (ko’pincha mamlakat hukumati ham) nazorat qila olmaydigan hodisalardir: kashfiyotlar, asosiy texnologiyalardagi «oldinga yorib o’tishlar», urushlar, xorijdagi boshqa voqealar, shuningdek, xorijiy bozorlardagi talab va taklifning keskin o’zgarishi kabilardir. Bu hodisalar noaniqlik holatlarini keltirib chiqaradi. Bu esa tarmoqning tuzilishini o’zgartirib yuborishi va shu bilan bir mamlakat firmalariga boshqlarinikidan o’tib ketish imkoniyatini berishi mumkin. Ko’p tarmoqlardagi shunday «tasodiflar» raqobat kurashidagi mavqelarning o’zgarishiga ko’maklashgandi.
Keyingi element – hukumatning harakatlaridir. Har qanday darajadagi davlat muassasalari mamlakatning raqobat ustunligini kuchaytirish ham, zaiflashtirish ham mumkin. Masalan, monopoliyaga qarshi kurash siyosati ichki bozordagi raqobatga ta’sir qiladi, qonunlar ichki bozordagi talabning o’zgarishiga olib kelishi mumkin, ta’limga assignatsiyalar berilishi ishlab chiqarishning ba’zi omillarini ijobiy o’zgartirishi, davlat tomonidan sotib olishlar esa bir turdagi va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarni rag’batlantirishi mumkin. Umuman determinantlar tizimiga ta’sirini
hisobga olmay o’tkaziladigan davlat siyosati mamlakatning raqobat ustunligiga ziyon yetkazishi yoki uni kuchaytiri mumkin.

Download 1,05 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZU. MILLIY IKTISODIYOTNING RAQOBAT USTUNLIKLARINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Download 1,05 Mb.