Milliy iqtisodiyotdagi muvaffaqiyatli tarmoqlarni aniqlash




Download 1,05 Mb.
bet40/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

Milliy iqtisodiyotdagi muvaffaqiyatli tarmoqlarni aniqlash


Xalqaro faoliyatda nima uchun mamlakat u yoki bu tarmoqda raqobat ustunligiga erishayotganligini aniqlash, shuningdek, firmalar siyosati va milliy iqtisodiyot uchun boshlang’ich holatlarni tushunib olish uchun jahon savdosida yetakchi o’rin egallaydigan o’nta mamlakat, ya’ni Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Italiya, Koreya, Singapur, AQSH, SHveytsariya, SHvetsiya va Yaponiya to’rt yil davomida tadqiq qilindi. Bu ro’yxatda jahonning uchta yetakchi sanoatlashgan davlati – AQSH, Yaponiya va Germaniya, shuningdek, hajmi, ishlab chiqarishga nisabatan davlat siyosati, ijtimoiy falsafasi, jo’g’rofiy sharoitlari va jahondagi o’rni bo’yicha bir-biridan keskin farq qiladigan bir qator davlatlar kiradi. Keyingi vaqtda Osiyo mamlakatlariga ko’p e’tibor berilmoqda. 1998 yilda aytib o’tilgan o’nta mamlakat birgalikda butun jahon bilan teng miqdorda eksport qilgan.
Milliy raqobatbardoshlikni o’rganishga bag’ishlangan ko’plab tadqiqotlar biror alohida mamlakat bilan cheklanib qolar yoki bitta mamlakat, ko’pincha Yaponiya bilan taqqoslashga asoslanardi. Bunday tadqiqotlar ko’p foydali narsalar berdi, lekin bunday yondashuv masaladan chetga chiqib ketishga olib kelishi mumkin.
Har bir mamlakatni tadqiq qilish ikkita bosqichdan iborat edi: birinchi bosqichda mavjud statistik ma’lumotlar, boshqa matbuot xabarlari va joylarda olingan interьvyulardan foydalanib, firmalar muvaffaqiyatga ega bo’lgan taromqlar aniqlanardi. Bizning tadqiqotimiz qishloq xo’jaligi, qayta ishlash sanoati va xizmatlar sohasini ham qo’shib hisoblaganda barcha tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Oldingi tadqiqotlarning ko’pchiligi xizmatlar sohasini chetlab o’tardi. Bu noto’g’ridir, chunki xizmatlar sohasidagi raqobat xalqaro faoliyatda tobora ko’proq ahamiyat kasb etmoqda. Bizning tadqiqotimizda asosiy tahlil birligi aniq belgilab olingan tarmoq yoki tarmoqning biror segmenti bo’ldi. Xalqaro faoliyatda mamlakatning raqobat ustunligi tobora ko’proq alohida tarmoqlar yoki hatto segmentlarda jamlanmoqda. Bu raqobat ustunligining manbalari qanchalik o’ziga xos va turlichaligini ko’rsatadi. Tadqiqotning statistik bosqichi uchun xalqaro raqobat ustunligining eng yaxshi mezonlari deb, biz bir qator mamlakatlarga yirik va doimiy eksportni va/yoki o’zi joylashgan mamlakatdagi tajribalar va qo’yilmalar asosida kapital olib chiqib ketishni qabul qildik.

Download 1,05 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy iqtisodiyotdagi muvaffaqiyatli tarmoqlarni aniqlash

Download 1,05 Mb.