-MAVZU. RAQOBATNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI




Download 1,05 Mb.
bet63/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

15-MAVZU. RAQOBATNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI








  1. Zamonaviy bozor tendetsiyalari.

Reja:

  1. XX-XX1- yuz yilliklarda raqobat va monopoliya rivojlanishidagi yangiliklar.

  2. XX-asrning 30-yillaridagi mukammal raqobat dogmasi haqida.

  3. D.Robinsonning raqobatning yangi konservativ kontseptsiyasi tanqidi.

  4. XX-asrning ikkinchi yarmida monopoliya va raqobat rivojlanishining yangi tendentsiyalari.



Tayanch so`z va iboralar: E.CHemberlinning, nomukammal raqobat, Birinchi tendentsiya, bozor monopoliyasi, Ikkinchi tendentsiya, raqobatning avj olishi, Ikki tendentsiya, to’qnashuv oqibatlari, S.Fisher, R.Dornbush, R.SHmalenzi nazariyalari. Xalqaro iktisodiy forum (MEF), tavsiflagan global raqobat reytingi, XX-XXI- yuz yilliklarda raqobat va monopoliyaning rivojlanish jarayonida bozor sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarning yangi panoramalari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, A8, A12.
Miq’yos ta’siri nazariyasi. 80-yillarning boshlarida P. Kryugman, K. Lankaster va ayrim boshqa iqtisodchilar klassik nazariyaga muqobil ravishda, miq’yos ta’siriga asoslangan xalqaro savdo nazariyasini taklif etdilar. “Mikroiqtisodiyot” kursidan yaxshi ma’lum bo’lgan miq’yos ta’siri tushunchasining mohiyati shundan iboratki, aniq bir yaratilgan texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishda mahsulot chiqarish xajmi o’sgan sari uzoq muddatli o’rtacha xarajatlar qisqaradi, ya’ni ommaviy ishlab chiqarish natijasida iqtisodi qilish holati yuzaga keladi.
Mazkur nazariya mualliflarining nuqtai nazariga ko’ra ko’pgina mamlakatlar (xususan sanoati rivojlangan) asosiy ishlab chiqarish omillari bilan bir biriga yaqin bo’lgan nisbatda ta’minlanganlar. Ushbu sharoitda ular uchun miq’yos ta’siriga ega tarmoqlarga ixtisoslashgan holda o’zaro savdo aloqalarini yo’lga qo’yish manfaatli hisoblanadi. Bunday ixtisoslashish ishlab chiqarish xajmining oshishiga, mahsulotni eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishga va natijada uning narxi past bo’lishiga imkon beradi. Ommaviy ishlab chiqarish ta’siri amalga oshishi uchun yetarli darajada keng bozor talab etiladi. Xalqaro savdo esa bunda xal qiluvchi rolni o’ynaydi. CHunki u mahsulot sotiluvchi bozorlarni kengayishiga imkon yaratadi. Boshqa so’zlar bilan aytganda, xalqaro savdo yagona integratsiyalashgan bozorni vujudga keltiradi va bu esa o’z navbatida aloxida olingan mamlkat bozoridan ko’ra iste’molchilarga ko’proq miqdordagi mahsulotni arzonroq narxda taklif qilish imkoniyatini tug’diradi. Biroq shular bilan bir qatorda miq’yos ta’sirining amalga oshirilishi sof raqobat muhitining buzulishiga olib kelishi mumkin. CHunki u ishlab chiqarishning kontsetratsiyalashuvi, firmalarning yiriklashuvi, ularning monopolga aylanishi bog’liq Maykl Porterning raqobat ustunligi nazariyasi. 1991 yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Porter o’zining

“Mamlakatlarning raqobat ustunliklari” deb nomlangan tadqiqotini nashr qildi. Ushbu tadqiqotda xalqaro savdo muammolariga umuman yangicha yondashuv ishlab chiqilgan. shu yondashuvning shartlaridan biri: “Xalqaro bozorda mamlakatlar emas, firmalar raqobatlashadi. Bu jarayonda mamlakatning o’rnini aniqlab olish uchun firma raqobat ustunligini qanday yaratishi va uni qanday ushlab turishini tushunish talab etiladi” degan tezisdir. Tashqi bozordagi muvaffaqiyat to’g’ri tanlangan raqobat strategiyasiga bog’liq bo’ladi.
Raqobat ustunligi strategiyasi. M. Porterning fikricha, raqobatning asosiy birligi - bu tarmoqdir, ya’ni tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi va o’zaro raqobat qiluvchi raqobatchilar guruhi hisoblanadi. Tarmoqda firma uchun raqobat strategiyasini tanlashda ikki muhim omil ta’sir etadi:

  1. Firma faoliyat yuritayotgan tarmoq tuzilmasi, ya’ni raqobatning o’ziga xosliklari. Tarmoqdagi raqobatga beshta omil ta’sir qiladi:

  • yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi;

  • o’rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo’lishi;

  • yetkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati;

  • xaridorlarning savdolashish qobiliyati;

  • mavjud bo’lgan raqobatchilarning o’zaro raqobati.

Bu besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi. CHunki, u bahoga, harajatga, kapital quyilmalarga va boshqalarga ta’sir qiladi.

  1. Firmaning tarmoqda tutgan o’rni. Firmaning tarmoqdagi o’rni, avvalo, raqobat ustunligi bilan aniqlanadi. Agar firma barqaror raqobat ustunligiga ega bo’lsa, u o’z raqiblarini ortda qoldiradi:

-Firmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab chiqara olish va sota olish qobiliyati haqida dalolat beruvchi, juda past xarajatlar;
-Tovarlar differentsiyatsiyasi, ya’ni firmaning iste’molchi ehtiyojini qondira olish qobiliyati.
Firmaning tarmoqda tutgan o’rniga ta’sir qiluvchi boshqa bir muhim omil - bu firmaning o’z tarmog’i doirasida mo’ljalga oluvchi raqobat muhiti yoki firma maqsadining kengligi hisoblanadi. Firma o’zi uchun necha turdagi tovarlarni chiqarishini, qanday o’tish kanallaridan foydalanishini, qanday haridorlarga xizmat ko’rsatishini, dunyoning qaysi joylarida o’z mahsulotini sotishini va qaysi milliy tarmoqlarda raqobatlashishini hal qilib olishi kerak.
Xalqaro raqobatning xususiyatlari. Raqobat va raqobat strategiyasi haqida yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorga ham taalluqlidir. Lekin shu bilan birga xalqaro raqobat ba’zi bir o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. M. Porter mavjud raqobatning o’ziga xosligiga ko’ra ikki turdagi tarmoqlarni ajratadi:

  1. Ko’pmilliy tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar uchun aloxida mamlakatlarda raqobatning turlicha kechishi xosdir. Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani qo’llash mumkin emas. Misol uchun, jamg’arma banklari.

  2. Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar dunyo bo’yicha yagona raqobat maydoniga ega bo’ladilar. Aynan shunday tarmoqlarda oddiy raqobat usutunligini emas, balki global raqobat usutunligini yaratish kerak bo’ladi.

M. Porter global strategiya sharoitida raqobat ustunligiga erishishning va undan
foydalanishning ikki usulini ajratadi:

  1. faoliyatni tartibga solish (konfiguratsiya), ya’ni o’ziga xos hususiyatlaridan foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda faoliyatning turli ko’rinishlarini joylashtirish.

Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi:
-omillarning minimal qiymati;
-ITTKI ni o’tkazish uchun zarur sharoitlarning mavjudligi;
-maxsus ko’nikmalarning mavjudligi;
-mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi va boshqalar.

  1. filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. SHu o’z ichiga

-ma’lumot almashinuvini;
-javobgarlikni taqsimlashni;
-xatti-harakatlarni kelishishni oladi. Raqobat ustunligining determinantlari. Har bir tarmoq doimo yangilanib va zamonaviylashtirib ko’riladi. Bu jarayonni rag’batlantirishda asoslanuvchi mamlakat muhim o’rin tutadi. Asoslanuvchi mamlakat bu asosiy mahsulot va texnologiya strategiyasi ishlab chiqariladigan va kerakli tajribaga ega bo’lgan ishchi kuchi mavjud mamlakatdir. M.Porter mamlakatning atrof-muhitni shakllantiruvchi to’rt hususiyatni ko’rsatdi, bunda xalqaro muvaffaqiyatga ta’sir qiladigan mahalliy firmalar raqobatlashadi. Mamlakatning raqobat ustunligi determinantlari. Omillarning parametrlari. Har bir mamlakat u yoki bu darajada ishlab chiqarish omillariga ega bo’ladi (Xeksher-Olin modeli). Omillar avvaldan mavjud bo’lishi, shuningdek inson faoliyati natijasida ÿratilishi mumkin. SHuning uchun raqobat ustunligiga erishish va uni rivojlantirish uchun nafaqat mavjud omillar zahirasi, balki uning ÿratilishi tezligi ham muhimdir. Bundan tashqari omillarning ortiqchaligi raqobat ustunligini yo’qotilishiga olib kelishi, ularning yetishmasligi esa, aksincha, yangilanishni yuzaga keltirishi va bu bilan uzoq muddatli raqobat ustunligiga olib kelishi mumkin. SHunday bo’lsada omillar bilan ta’minlanganlik o’ta muhim axamiyat kasb etadi va shuning uchun ham u birinchi parametrdir (inson resurslari, moddiy resurslar, bilim resursi, moliyaviy resurslar, infratuzilma). Omillar turli tarmoqlarda turli miqdorlarda qo’laniladi. Firmalar o’z ixtiyorlarida o’z tarmoqlaridagi raqobat kurashida zarur bo’ladigan arzon va yuqori sifatli omillarga ega bo’lsalargina raqobat ustunligiga erishadilar. Ikkinchi parametr bu - omillar ierarxiyasidir. Omillar asosiy (tabiiy resurslari, iqlimiy sharoitlar, geografik joylashuv, malakasiz ishchi kuchi va h.k.) va rivojlangan (zamonaviy infratuzilma, malakali ishchi kuchi va h.k.), umumiy (barcha tarmoqlarda qo’llash mumkin bo’lgan) va ixtisoslashgan (aynan èxtisoslashgan omillar raqobat ustunligi uchun ko’rinarli va uzoq muddatli asos bo’ladi) omillarga ajratiladi. Omillar, ular tabiiy yuzaga kelganliklari va sun’iy ravishda yaratilganliklari bilan farqlanadilar. Yuqori darajadagi raqobat ustunligiga erishishga ko’mak beruvchi barcha omillar sun’iy omillardir. Mamlakatlar, ular zarur omillarni eng maqbo’l tarzda yarata oladigan va mukammalashtiradigan tarmoqlardagina muvaffaqiyatga erishadilar. Talab parametrlari. Ichki bozordagi talab miq’yos ta’siri vositasida yangiliklarning tadbiq etilishining xarakterini va tezligini belgilaydi. Talab quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • tuzilishi bilan;

  • o’qish xarakteri va hajmi bilan;

  • baynalminallashuv bilan.

Talab quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo’lgan taqdirdagina, fermalar raqobat ustunligiga erishishi mumkin bo’ladi:

  • ikki talabning katta ulushi bozorning global segmentlariga to’g’ri kelsa;

  • xaridorlarning yuqori talablari firmalarni yana ham sifatli mahsulot tayyorlashga, xizmatlarni ko’rsatishga hamda tovarning iste’mol xususiyatlarini oshirishga majbur qilsa;

  • mahsulot yaratilgan mamlakatda talab boshqa mamlakatlarga nisbatan erta yuzaga kelsa.

Yaqin va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlar. Milliy raqobat ustunligini aniqlovchi uchinchi determinant – bu mamlakatda jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan yetkazib beruvchi yoki aralash tarmoqlarning mavjudligidir. Raqobatbardosh yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud bo’lganda:

  • qimmatbaho resurslarga samarali va tez yetishish;

  • ikki bozorda yetkazib beruvchilarni muvofiqlashtirish;

  • yangilik kiritish jarayoniga yordam ko’rsatish mumkin bo’ladi. Milliy firmalar, ularning mol yetkazib beruvchilari jahon bozorida raqobatbardosh bo’lsalar, ko’proq foyda oladilar.

Firmalar strategiyasi, tuzilmasi va raqobati. Firmalar ichki bozordagi raqobat xususiyatiga qarab tuziladi, tashkil etiladi, hamda boshqariladi va bunda turli strategiya va maqsadlar ishlab chiqiladi. Bularning barchasi firmaning raqobat ustunligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
2. Xalkaro savdoda tashki savdo operatsiyalarini tashkil kilish.
Tashki iktisodiy shartnomalarga pudrat shartnomalari, sanoat ob’ektlari kurishda texnik yordam berish buyicha turli xizmatlar ko’rsatish shartnomalari, shuningdek tashki savdo tovarlar oldi-sotdisi buyicha shartnomalar kiradi. Kuyida tashki savdo tovarlar oldi-sotdisi buyicha shartnomalar xakida suz boradi.
Xalkaro tovarlar oldi-sotdisi buyicha shartnomalar xakidagi 1980 yilgi Vena konferentsiyasi bunday shartnomalar deganda tijorat korxonalari turli davlatlarda joylashgan tomonlar urtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarini tushunadi.
Oldi-sotdi shartnomalarining turli shakllari mavjud.
Bir martalik yetkazib berish shartnomasi - bir martalik kelishuv bo’lib, unda ma’lum kunda, ma’lum vakt mobaynida, ma’lum davrda kelishilgan miqdordagi tovar yetkazib berish nazarda tutiladi. Tovar yetkazib berish belgilangan vakt mobaynida bir yoki bir necha marta amalga oshiriladi. Majburiyatlar bajarilgandan keyin shartnoma amal kilishdan tuxtaydi.
Bir martalik shartnomalar kiska muddatli va uzok muddatli bo’lishi mumkin. Doimiy yetkazib berish shartnomalari - shartnomada kelishilgan muddat mobaynida ma’lum miqdorda doimiy ravishda tovar yetkazib berishni nazarda tutadi. Bunda muddat kiska muddatli (odatda bir yil) va uzok muddatli (5-10 yil, ayrim xollarda undan xam kuprok) bo’ladi. Majmua uskunalari yetkazib berish buyicha shartnomalar - uskunalar eksporteri va oluvchi-importerlar, shuningdek bunday yetkazib berishlarni tuldirishda
katnashuvchi ixtisoslashgan firmalar urtasida aloka mavjudligini nazarda tutadi. Bunda bosh yetkazib beruvchi tulik majmua va uz vaktida yetkazib berish, shuningdek sifat uchun javob beradi.
Tovar uchun xak tulash shakliga karab pul bilan xak tulash va tulik yoki kisman tovar shaklida xak tulash shartnomalari farklanadi. Pul bilan xak tulash shartnomalarida tomonlar kelishgan valyuta, shartnomada nazarda tutilgan tulov usullari (nakd pul, avansli va kreditli tulov) va hisob-kitob shakllari (inkasso, akkreditiv, chek, vekselь) kullaniladi.
Xozirgi paytda aralash shakldagi tulov shartnomalari keng tarkalgan. Masalan, maksadli kredit shartlarida korxonani “kalit ostida” kurishda tulov kisman pulda kisman tovar shaklida amalga oshiriladi.
Bizning mamlakatimizda barter kelishuvlari - bir tovarni boshka tovarga oddiy, kelishilgan miqdorda ayirboshlashni nazarda tutuvchi tovar ayirboshlash va urinni tuldirish kelishuvlari keng tarkalgan. Bu kelishuvlarda yo uzaro yetkazib beriladigan tovarlar miqdori yoki kanday summaga teng tovar yetkazib berilishi belgilanadi.
Oddiy urinni tuldirish kelishuvi - tovar ayirboshlash kelishuvi kabi teng kiymatdagi tovarlar yetkazib berishni nazarda tutadi. Ammo tovar ayirboshlash kelishuvidan farkli ravishda oddiy urinni tuldirish kelishuvida tomonlar tomonidan narxlarning uzaro kelishib olinishi xam kuzda tutiladi. Bunday kelishuvda odatda ikkita emas, bir necha tovarlar ko’rsatiladi.
Xalkaro tijoriy shartnomalarning tomonlari kontragentlar deb ataladi. Xalkaro tijoriy operatsiyalarining asosiy kismi firmalar tomonidan amalga oshiriladi. Firma deganda sanoat, savdo, kurilish, transport va kishlok xujaligida foyda olish maksadida xujalik faoliyati yurituvchi korxona tushiniladi. Xar bir firma uz mamlakatining savdo ruyxatida ruyxatga olinadi. Jaxon xujaligida ishtirok etuvchi korxonalar kuyidagilarga bo’linadi:

  1. xujalik faoliyati kurinishi va amalga oshirilayotgan operatsiyalarning xarakteriga kura;

  2. xukukiy xolatiga kura; 3)mulk kurinishiga kura;

4)milliy kapitalga tegishliligiga kura; 5)faoliyat soxasiga kura.
Birinchi guruxga sanoat, savdo, transport, transport-ekspeditorlik, sugurta, injniring, ijara, turizm, reklama va boshka soxalardagi firmalar.
Ikkinchi guruxga shaxsiy tadbirkorlar va tadbirkorlar birlashmalari kiradi. Uchinchi guruxga xususiy, davlat va kooperativ firmalar kiradi.
Turtinchi guruxga milliy, xorijiy va kushma firmalar kiradi.
Beshinchi guruxga xalkaro soxada faoliyat ko’rsatuvchi firmalar - avvalo transmilliy korporatsiyalar kiradi.
Afsuski, ushbu ish xajmi xar bir tushuncha moxiyatini ochib berish imkonini bermaydi.
Tashki iktisodiy shartnomalarni tartibga solishda mintakaviy va universal xarakterdagi xalkaro shartnomalar katta rolь uynaydi. Tashki iktisodiy shartnomalarni tartibga soluvchm kator xalkaro kelishuvlar mavjud. Bu birinchi
navbatda “xalkaro tovarlar oldi-sotdisi xakidagi bir xil konun xakidagi” va “xalkaro tovarlar oldi-sotdisi tuzish tartibi xakidagi bir xil konun xakidagi” 1964 yilda Gaaga konventsiyasidir. Bu konventsiyalarga kam sonli davlatlar imzo chekkanlari uchun ular keng tarkalmagan. O’zbekiston bu konventsiyaga a’zo emas. BMTning 1980 yildagi xalkaro tovarlar oldi-sotdisi xakidagi konventsiyasi (kuyida 1980 yilshi Vena konventsiyasi) katta axamiyatga ega.
Ushbu konventsiya universal va kelishuvchanlik xarakteriga ega chunki unda turli xukukiy tizimlarning tamoyillari xamda rivojlanayotgan davlatlarning yangi xalkaro iktisodiy tartib o’rnatilishidan mafaatdorligi e’tiborga olingan. 1964 yilgi Gaaga konaentsiyasi Vena konventsiyasiga kushilgan.
Tashki iktisodiy shartnomalar, ayniksa, xalkaro tovarlar oldi-sotdisi sharnomalari tuzishda xalkaro ananalar katta rol uynaydi.Savdo xamkorlari urtasida savdo an’analari buyicha kelishmovchiliklar kelib chikmasligi uchun xalkaro savdo palatasi 1953 yilda inkoterms tuplamini chiqardiyu Xukukiy nuqtai nazardan “INKOTERMS” fakultativ xarakterga ega bo’lgan koidalar tuplamidir.1990 yilgi koidaga kura ushbu koidalarga amal kilmokchi bo’lgan savdogarlar shartnomada buni ko’rsatib utishlari kerak.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri o’z ichiga eski, samarasiz xo’jalik yuritish mexanizmi o’rniga bozor munosabatlarini shakllantirishga karatilgan maxsus chora-tadbirlar tizimini oladi. Bu chora-tadbirlar orasida sog’lom raqobat muhitini yaratish masalasi alohida o’rin tutadi. Nisbatan ancha ilgari bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonini boshidan kechirgan mamlakatlar tajribasining ko’rsatishicha, raqobat munosabatlarini rivojlantirish ancha murakkab va uzoq davrni oluvchi jarayon hisoblanadi.
Sog’lom raqobatni rivojlantirishda aksariyat hollarda o’tish davri iqtisodiyoti uchun xos bo’lgan quyidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi:

  • davlatning iqtisodiyotga aralashuvining kuchliligi;

  • tarmoqlar tuzilishidagi nomuvofiqliklar va ishlab chiqarishda yuqori texnologiyalarning yetishmasligi;

  • soha va tarmoqlar miqyosidagi raqobatda adolat mezonlarining buzilishi;

  • mansabdor shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati borasida suiste’mollik holatlariga yo’l qo’yilishi;

  • narx belgilashda monopol mavqening saqlanib qolishi, xususan iktisodiyotning agrar va industrial sektorida narxlarning keskin farqlanishi;

  • mamlakatga tovarlarning kontrabanda yo’li bilan kirib kelishi;

  • faoliyat turini va daromadlarni yashirish holatlarining mavjudligi;

  • sog’lom pul muomalasi uchun hozirgi sharoitdan kelib chiqadigan bozor infratuzilmasining yetarli emasligi;

  • milliy valyutani xorij valyutalariga erkin almashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi;

  • sub’ektlarning bozor iqtisodiyoti qoidalarini chuqur tushunib yetmasliklari;

  • iqtisodiy jinoyatchilik holatlarining mavjudligi.

Agar g’arb mamlakatlari iqtisodiyotida raqobat bozor xo’jaligining ajralmas qismi (xususiyati) sifatida tabiiy ravishda paydo bo’lgan bo’lsa, o’nlab yillar davomida
ma’muriy buyruqbozlik tartibi hukmron bo’lgan, raqobatni va bozorning boshqa belgilarini tan olmagan mamlakatlarda bu jarayon elementlarini "joriy qilish" va hatto majburan qabul qilishga to’g’ri keladi. SHu munosabat bilan iqtisodiyotning o’tish davri holatida raqobat munosabatlarini rivojlantirishning mavjud real imkoniyatlarini hisobga olish muhim rol o’ynaydi.
Birinchidan, raqobatsiz iqtisodiyotning samarali harakat qila olmasligiga ishonch shakllandi. Bu ishonch ta’sirida yaqin vaqtlargacha qukmron mavqega ega bo’lgan rejali-buyruqbozlik tizimining g’oyaviy qarashlari yemirilmoqda.
Ikkinchidan, respublikada raqobatni davlat gomonidan rag’batlantirish va tartibga solishning keng rejali harakatlari amalga oshirilmoqda.
Uchinchidan, raqobat hali keng joriy qilinmasada, bozor iktisodiyotiga o’tishda muhim qadamlar qo’yilmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida raqobatni shakllantirishning asosiy tamoyillari qatorida, eng birinchi navbatda, bozor munosabatlarining qaror toptirilishini ta’kidlash mumkin. SHunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Raqobatning to’laqonli amal qilishi iqtisodiy jarayonlarning erkinligini taqozo etadi. Iqtisodiyotdagi faoliyat va jarayonlarning erkinligining har qanday ko’rinishdagi cheklanishi o’z navbatida raqobatning ham cheklanishi holatlariga olib keladi. Bugungi kunda ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan ko’plab mamlakatlar uchun erkinlashtirish jarayonlarini amalga oshirish tamoyili xos bo’lib, bu jarayon orqali quyidagi holatlarga erishish ko’zda tutiladi:

  • ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish;

  • xususiy sektorni rivojlantirish;

  • raqobat muhitini yaratish, yakkahukmronlik holatini bartaraf etish va monopoliyaga qarshi tartiblashni takomillashtirish;

  • bozor infratuzilmasini rivojlantirish, moliya va bank tizimini takomillashtirish, bank islohotlarini jadallashtirish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat hamda valyutani tartibga solishni erkinlashtirish;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga davlatning aralashuvini cheklash. ularning iqtisodiy va moliyaviy mas’uliyatlarini oshirish, bankrotlik instituti rolini kuchaytirish, xo’jalik sudlarini faollashtirish. SHuningdek, ta’kidlash o’rinliki, faoliyat erkinligi, har bir kishining tanlash imkoniyatiga ega bo’lishigina raqobat uchun keng yo’l ochadi.

  • Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida raqobatni rivojlantirish tamoyillaridan yana biri - sog’lom raqobatni ta’minlashga yo’naltirilgan j’yoriy-huquqiy asosning yaratilishi hisoblanadi. Har bir ijtimoiy-iktisodiy jarayonning huquqiy asosi va kafolatlarini ta’minlamay turib, uning ijobiy samarasi to’g’risida o’ylash aslo mumkin emas.

Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin rakobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat
usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Masalan, AQSHda davlatning xususiy monopoliyalar faoliyatini cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980 yilda trestlarga qarshi qabul qilingan SHerman konuni, 1914 yildagi Kleyton qonuni va Federal savdo komissiyasining konunlarida o’z ifodasini topadi. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda xam sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida raqobatni rivojlantirish tamoyillaridan biri - iqtisodiyotda korxonalarning sun’iy ravishda ustushik mavqeiga ega bo’lishi uchun imkon yaratmaslikdir. Bu boradagi eng samarali chora-tadbirlar sifatida monopolist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga yo’l qo’ymaslik bo’yicha nazorat olib borish maydonga tushadi.
Ustunlik mavqeiga ega bo’lgan korxona tovar bozorlarida yuzaga kelgan munosabatlarga o’z ta’sirini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ba’zida iste’molchilar monopolistik korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan ma’lum bir tovarlarga ehtiyojining yuqori bo’lganligi sababli, ularning turli xil noqonuniy shartlariga ko’nikishga majbur bo’ladilar.
Monopolistik korxonalarning bozordagi ustunlik mavqeini suiste’mol qilish o’z- o’zidan tovarlar va xizmatlar narxining asossiz ravishda o’sish va sifatinining pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning salbiy oqibatlardan biri -tovar bozorlarida iste’molchilar o’rtasida notenglik holatlarini yuzaga keltirish, ya’ni ayrim iste’molchilarlarga mahsulot yetkazib berish yoki xizmatlar ko’rsatishdan asossiz ravishda bosh tortish, monopol qimmat narxlarda sotish va boshqalarga olib keladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida sog’lom raqobatni shakllantirishning tamoyillaridan yana biri bo’lib monopoliyaga qarshi qonunchilikning ishlab chiqilishi va unga amal qilishning ta’minlanishi qisoblashdi. Monopoliyaga qarshi qonunchilik amaliyotida tez-tez sodir bo’ladigan qonunbuzarliklardan biri bu - nohalol raqobatdir. Masalan, ko’iidagilar nohalol raqobatga misol bo’ladi: o’ziga raqobatbardosh bo’lgan korxonalarning mahsulotlari va xizmatlarini qalbakilashtirish va ularning mahsulotlari to’g’risida yolg’on va noaniq ma’lumotlarni tarqatish hamda raqobatchilarning tijorat sirlarini tarqatish va boshqalar shular jumlasidandir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida raqobat uchun shart-sharoitlarni shakllantirishning boshqa muhim tamoyili - xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi kelishib qilingan noqonuniy harakatlarni (bitimlari) ustidan dshat nazoratini olib borish hisoblanadi. CHet el amaliyotida ushbu tarzdagi kelishib olib boriladigan harakatlarni kartel deb atash qabul tsilingan. Kartellarning faoliyati nafaqat bir davlatning tovar bozorida lki jahon bozorida ham nohush holatlarni keltirib chiqarish mumkin. Kartel sifatidagi kelishuvlar narxlarni sun’iy ravishda oshishiga, shuningdek ularning ishtirokchilik o’rtasida raqobatni umuman bo’lmasligiga olib keladi, bu esa o’z navbatida ishlab chiqarishni takomillashtirish jarayonini susaytiradi.
Iqtisodiy kontsentratsiyalar, ya’ni xo’jalik sub’ektlarining qo’shilishi, qayta tashkil etilishi, boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining aktsiyalari nazorat paketini sotib
olish, xolding kompaniyalari va moliya-sanoat guruhlarini tashkil qilish ustidan nazorat olib borish davlat nazorat organlari faoliyatining asosiy tamoyillaridan hisoblanib, ushbu tamoyil ayniqsa AQSH, G’arbiy Yevropa, Yaponiyadagi monopoliyaga qarshi organlar amaliyotida eng asosiy yo’nalishlaridandir. Masalan, AQSHda monopoliyaga qarshi davlat siyosati - Federal savdo komissiyasi va Adliya Departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada - Monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash vazirligi, Yevropa Ittifoqida esa — Raqobat bo’yicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
O’tish davri iqtisodiyotida sog’lom raqobat muhitini shakllantirishda iqtisodiyotdagi monopol holatlarni tartibga solish va raqobatni qo’llab- quvvatlashga qaratilgan maxsus idoralar, muassasalar faoliyatini yo’lga qo’yish davlatning maxsus organi faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat bo’lmog’i lozim:

  • mamlakatda sog’lom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlarni, mustahkam huquqiy-me’yoriy bazani shakllantirish;

  • monopolistik korxonalar va tabiiy monopoliya sub’ektlari faoliyatlarini tartibga solish;

  • nohalol raqobat va kelishib olib boriladigan harakatlar (bitimlar) ustidan nazorat olib borish;

  • davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari ustidan nazorat olib borish;

  • iqtisodiy kontsentratsiyalar ustidan nazorat olib borish va boshqalar. Bozor munosabatlarini shakllantirish davrida raqobat muhitini vujudga keltirish tabiiy monopoliyalar borasidagi maxsus siyosatning ishlab chiqilishini taqozo etadi. Iqtisodiyotda shunday soha va tarmoqlar mavjudki, ularda ma’lum bir davr mobaynida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmay, bunday korxonalarni odatda «tabiiy monopoliya sub’ektlari» deb ataladi.

O’tish davri iqtisodiyotida raqobatni rivojlantirish uchun doimiy ravishda monopolizmga barham berish, sog’lom raqobatning qonuniy va me’yoriy-huquqiy bazasini quyidagi yo’nalishlarda takomillashtirib borish zarur:

  • monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida progressiv xalqaro tajribalarni joriy etish;

  • shakllangan raqobat muhiti himoyalash;

  • boshqaruv organlari tomonidan raqobatga qarshi harakatlarni amalga oshirmaslik yuzasidan doimiy nazorat darajasini kuchaytirish;

  • moliya bozorlari sub’ektlarining raqobatini cheklashi mumkin bo’lgan turli xil harakatlari ustidan nazoratni o’rnatish bo’yicha qonuniy chora-tadbirlarni ko’rish;

  • monopolist-korxonalar tomonidan belgilanadigan narxlarni deklaratsiya qilish usulida ularni kuzatish usuliga o’tish va boshqalar.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida raqobat muhitining vujudga kelishiga quyidagi omillar salbiy ta’sir ko’rsatadi:

  • valyuta resurslarini sotib olishni cheklash, xom ashyo va materiallarni import orqali olishdan teng bo’lmagan sharoitlarni hosil qiladi va savdo monopoliyasining rivojlanishiga olib keladi;

  • korxonalarning o’z mablag’lari yetishmasligi strategik tarmoqlarga qo’yiladigan davlat va chet el investitsiyalari hajmlarining kamayishiga sabab bo’ladi.

SHunga ko’ra, raqobatni rivojlantirishga qaratilgan quyidagi choralarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:

  • mulkni qayta taqsimlash natijasida yangi monopol tuzilmalar paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, tarmoqlarda iqtisodiy markazlashuv, jumladan, davlat korxonalarini xususiylashtirish va mulk oldi-sotdilarini amalga oshirish ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • tovar bozorlarida xo’jalik yuritish (xom ashyo, kredit va valyuta resurslari olish) uchun teng imkoniyat va imtiyozlar yaratib berish;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari ta’siriga barham berish;

  • kichik va o’rta biznes hamda tadbirkorlikning rivojlanishiga ko’maklashish (konsalting, marketing xizmati va bank-kredit vositalarini takomillashtirish, o’zaro munosabatlarni mumkin qadar soddalashtirish);

  • shartnomaviy (erkin) narxlar shakllanishinig huquqiy asosini takomillashtirish, bozordagi suiste’molchiliklarni nazorat qilish va ularga barham berish maqsadida monopoliyaga qarshi kurash va boshqaruv uslublarini yanada takomillashtirish.

Download 1,05 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MAVZU. RAQOBATNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI

Download 1,05 Mb.