|
-MAVZU. O`ZBEKISTONDA RAQOBATCHILIK MUXITINING VUJIGA KELISHI VA MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK
|
bet | 60/105 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #263556 |
Bog'liq УУМ Замонавий ракобат назариялари (1) 13-MAVZU. O`ZBEKISTONDA RAQOBATCHILIK MUXITINING VUJIGA KELISHI VA MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK
Reja:
Raqobatlashish muhitining vujudga kelishi va uni saqlashda davlatning roli.
O`zbekistonda raqobatchilik muhitini yuzaga keltirish va amal qilishi uchun ma’lum shart-sharoitlar.
Monopolistik faoliyatni cheklashga oid huquqiy kafolatlar.
Raqobat muhitini shakllantirishga hukumat siyosatining ta’siri darajasi.
Respublikamizda sog’lom raqobat muhitini yaratishga oid O’zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari.
Tayanch so`z va iboralar: O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat, tadbirkorlik, qo’llab-quvvatlash, davlat qo’mitasi. raqobatni rivojlantirish, davlat qo’mitasi,
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, A8, A12.
Monopoliyaga qarshi qonunchilik uchun model sifatida xizmat qilgan va uni jahonning boshqa mamlakatlariga tarqatishga asos bo’lib xizmat qilgan Amerika va Germaniya tizimlarida raqobat to’g’risidagi qonunni belgilash va uni amalga oshirishda sud qarorlari markaziy (asosiy) rolni bajaradilar. Xuddi shunday jihat Avstraliya, Yaponiya, Koreya, Kanada, Frantsiya va YeX, da bor. Aksincha, sud qarorlari Buyuk Britaniya, Ispaniya va SHvetsiya qonunlarida unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Ushbu mamlakatlar mazkur qonunni amalga oshirish va ta’riflash ma’muriy sudlarda va ijro hokimiyatini tayinlangan rasmiy shaxslarga (odatda, iqtisodiyot vaziri) asoslanadi.
XX asr iqtisodiyot erkinlashuvi, bozorlar ochilishi, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va taqsimlashda ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar davlat boshqaruviga ega emas, balki bozor kuchlariga tayana boshlaganiga guvoh bo’lamiz. Raqobat siyosati iqtisodiy erkinlikni rag’batlantirish, ba’zida esa mustaqil xaridorlar va sotuvchilar o’rtasida raqobatni talab qilish yuli bilan qo’llab-quvvatlaydi. SHu sababli barcha rivojlangan mamlakatlar o’zlarining raqobatga qarshi qonunlarini yanada kuchaytirdilar. SHu vaktning o’zida ba’zi mamlakatlar savdo-sotiqqa to’sqinlik qiluvchi, keyinchalik boshqa xatti-xarakatlar bilan qaytadan vujudga keltirilishi mumkin bo’lgan to’siqlarni bartaraf etadigan yangi qonunlarni kiritdilar. Raqobat siyosati, azaldan iqtisodiyoti rivojlangan, ichki raqobat tijoratda muxim omil xisoblangan mamlakatlardagi raqobat jarayonini ximoya qilish uchun qo’llanib kelingan. SHundan kelib chiqqan xolda, eng jiddiy raqobat siyosati AQSH, Germaniya va Yevropa Xamdo’stligi (keyingi o’rinlarda YeX, deya keltirib o’tiladi) kuzatilishini e’tirof etish mumkin.
Raqobat to’g’risidagi qonunlar ikkita, lekin bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan kontseptsiyalarga asoslanadi: bozor xukumronligi va bozorda ustun mavqega ega bo’lish. Amaliyotda raqobat siyosatining ko’pchilik shakllari yoxud yetkazib
beruvchilarni bozor xukmronligini amalga oshirishga to’sqinlik qilish yoxud ustun mavqega ega bo’lgan korxonalarni o’z mavqelarini suiiste’mol qilishni to’xtatib turishiga yunaltirilgan. Bunday xolat bozor xukmronligida amalga oshirish iqtisodiy samaradorlik bilan bir-biriga to’g’ri kelmasligi, ustun mavqega ega bo’lish esa yetkazib beruvchiga savdo-sotik yuliga xususiy to’siqdarni yuzaga keltirishga, raqobatni cheklashga va boshqa tomonlarning iqtisodiy erkinligi va faoliyat ko’rsatishga imkon yaratadi. Bozor xukmronligi iqtisodiy bozorlarning nisbiy xajmi (bozor ulushi) va tuzulmasiga, ya’ni o’zaro raqobatlashuvchi yetkazib beruvchilar soniga, savdo-sotiqni amalga oshirishda mavjud bo’lgan jiddiy to’siqlar, tovar o’rnini bosuvchisining mavjudligiga bog’liq bo’ladi.
Ustun mavqega ega bo’lish yetkazib beruvchilarning absolyut xajmiga, uning buyurtmachilar va shaxsiy yetkazib beruvchilar bilan aloqalariga, shuningdek, savdo buyicha xamkorlarining iqtisodiy axvolini bilish qobiliyatiga bog’liqdir. Bozor xukmronligi kontsentratsiyasi va samaradorligiga asoslanadigan raqobat to’g’risidagi qonunlar iste’molchilar farovonligini ko’zlagan xolda yuzaga keladi. Aksincha, ustunlik kontsentratsiyasiga asoslangan qonunlar raqobat jarayonini emas, balki raqobatchilarni ximoyalashga xizmat qiladi.
Savdo-sotikning erkinlashuvi samarali raqobat siyosatini o’zgartradi, sababi ko’pgina xolatlarda erkin savdo-sotik bozorning raqobat to’zilmasida unchalik anik namoyon bo’lmaydi va bozorda samarali faoliyat ko’rsatishni rag’batlantirmaydi. SHuning uchun, raqobat siyosati va savdo-sotikning erkinlashuvini mukobil siyosatga qo’shimcha sifatida ko’rib chiqish maqsadga muvofik bo’ladi.
“Raqobat to’g’risida”gi qonun uchta souaga kirib boradi, ya’ni: biznesni amalga oshirish usuliga, iqtisodiy bozorlar to’zilmasiga va xo’jalik yurutish usullariga. O’rganib chiqilgan qonunchiliklar o’rtasida xarakatlanishni o’zining bozordagi ustun mavqeini suiiste’mol qiluvchi yoxud savdo-sotikni cheklovchi, raqobatni susaytiruvchi, ma’n kilingan shakllarini oluvchi o’zini tutish qoidalari mazmunan bir-biriga yaqinligi bilan ajralib turadi. Ma’lum bir holatlarda raqobatni cheklovchi ushbu xatti-xarakatlar iqtisodiy samaradorlikka uz ulushini qo’shishi mumkin. Raqobat to’g’risidagi qonunlar esa umuman olganda raqobat zarari va samaradorlikni oshirish to’g’risida balansga ega bo’lishga yunaltirilgan.
Iqtisodiy bozorlar to’zilmasida qo’llaniladigan raqobat to’g’risidagi qonun korporatsiyalar o’rtasidagi qo’shilib ketishlar (korporativ transaktsiyalar), qo’shma korxonalar va aktivlar transfertlari buyicha bitimlarga aralashadi. Ushbu aralashish transaktsiyalar o’zaro raqobatlashuvchi yetkazib beruvchilarning mustaqil faoliyatini susaytirish va iqtisodiy bozorlardagi kontsentratsiyalashuvni yukori darajalarga kutarishda sodir bo’ladi. Tarixan, Germaniya va AKЩda qo’shilib ketish to’g’risida oldindan xabar berish va iqtisodiy bozorlarda yukori kontsentratsiyalashuvga olib keluvchi korporativ transaktsiyalarni man qilish talablari orkali faol aralashuv amalga oshirilgan, boshqacha kilib aytganda, yirik iqtisodiy sub’ektlar xalkaro bozorlarda raqobatlasha oladi degan nuktai nazardan, o’rganilgan qonunchiliklar bozor to’zilmasi ustidan yetarli darajada nazoratni amalga oshirmaydi.
Birok, iqtisodiyot tobora rivojlangan sari va uning tarmok kontsentratsiyasi darajasining oshib borishi sababli uukumatda bozor tuzilmasi ustidan kuchli
nazoratni amalga oshirish tendentsiyasi yuzaga keladi. Bu raqobat to’g’risidagi qonuning keyingi vaktlarda yukori sur’atlar bilan usib borayotgan soxasiga aylangan. SHuning uchun YeX, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya, Janubiy Koreya va Kanada bozor to’zilmasi ustidan nazoratni kuchaytirdilar. O’rganilgan qonunchiliklardagi raqobat to’g’risidagi qonunlar raqobatga qarshi sezilarli samaralarni oldinga surishga tayinlangan industrial siyosatni qo’llab-quvvatlash uchun bir vosita sifatida qonunchilikdagi trestlarga qarshi istisnolardan foydalanish imkonini beradi.
Xususan, maxalliy yetkazib beruvchilar o’rtasida davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanadigan xamkorlik, odatda raqobatga zarar yetkazadi va raqobatga qarshi narx shakllantirilishini rag’batlantiradi. Davlat tomonidan muxofaza kilinadigan maxalliy tarmoklarning maxsulotlari iste’mol kilinadigan joyda ushbu samaralar maxalliy yetkazib beruvchilar tomonidan olingan barcha foydani kompensatsiyalashi mumkin. Tarixan, Yaponiya, Koreya va G yermaniya maxalliy yetkazib beruvchilar o’rtasidagi o’zaro xamkorlik aloqalariga ruxsat berib kelgan. SHunga karamasdan, rivojlanish jadallashgan, iste’molchi manfaatlari kuchlarini borgan sari usishi natijasida ushbu mamlakatlar ma’lum tarmoklar siyosatini raqobatga qarshi okibatlarini uylaganlar va tarmok kontsentratsiyasi iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi degan xulosaga kelganlar. Iqtisodiyotdagi kartellashish sifatidagi o’ziga xos tarmok siyosatini samaradorligiga nisbatan shubxa raqobat to’g’risidagi qonunni va ushbu qonundan ozod etish uchun yakka tartibda belgilanadigan mezonlar doimiy ravishda kuchaytirishga olib keldi.
O`zbekiston Respublikasi “Tovar bozorlarida monopoliya faoliyati chegaralari va raqobat to’g’risida” gi qonuni (keyinchalik “Raqobat to’g’risida”gi qonun)ga kura, O`zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurash qonunchiligi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan va Raqobat to’g’risidagi qonun xamda unga muvofik tovarlar, xizmatlar va moliya mablaglari bozoridagi raqobatga ta’sir etuvchi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlardan iborat. Bunday munosabatlar Prezident farmonlari, O`zbekistan Respublikasi xukumati qarorlari yordamida tartibga solinishi xam mumkin.
Monopoliyaga qarshi kurash qonunchiligining vaktdagi xarakati. Umumiy qoidalar amalda: monopoliyaga qarshi kurash qonunchiligi xujjatlari aylanish kuchiga ega emas, ular kuchga kirgach, paydo bo’luvchi munosabatlarga nisbatangina qo’llaniladi. Ba’zan xujjatni amalda qo’llash muddatini uzaytirish yoxud, aksincha, uning qoidalarini yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo’llash zarurati yuzaga kelishi mumkin. Bunday xolatda me’yoriy-xukukiy xujjatda uning amal qilishidagi aloxida tartibga urgu mavjuddir.
Xususiylashtirish jarayonlarining chukurlashuvi, iqtisodiyotda davlat ishtirokining kamaytirilishi xamda xususiy mulkchilikning roli va axamiyati oshirilishi istikboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning goyat muxim ustuvor yunalishi bo’lib kolmokda.
Monopoliyaga qarshi boshqaruv siyosati buyicha O`zbekiston Respublikasi oldida to’rgan eng dolzarb vazifalardan biri o’zaro samarali monopoliyaga qarshi boshqaruv organlari tizimini yaratishdir. Bugungi kundagi integratsiya va globallashuv sharoitida mamlakatimizning monopoliyaga qarshi boshqaruv siyosati
va boshqaruv organlari faoliyati buyicha o’zaro samarali tajribalarni amalga oshirish mexanizmini yaratish lozim. Bu buyicha 2008-2012 yillarda O`zbekistan Respublikasining monopoliyaga qarshi boshqaruv kengashi doirasida bir kator masalalar ko’rib chikildi.
Jumladan, nosoglom raqobat, iqtisodiy konsentratsiya, o’zaro kelishib olish, ustun mavqeini suiiste’mol qilish, monopoliyaga qarshi qonunchilik ijrosi va xk.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida monopoliyaga qarshi boshqaruv siyosati buyicha o’zaro xamkorlik strategiyasi kuyidagilardan iborat:
O`zbekistan Respublikasi a’zolari o’rtasida davlatlararo monopoliyaga qarshi kengash doirasida monopoliyaga qarshi kumita yoki komissiya ishini tashkil qilish;
O`zbekistan Respublikasi monopoliyaga qarshi boshqaruv organlari ishtirokida doimiy ishchi komissiya ishini tashkil qilish;
MDX davlatlari o’rtasidagi bugungi kundagi monopoliyaga qarshi boshqaruv siyosati ushbu davlatlarning o’zaro integratsiya va manfaatli iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga katta xissa qo’shishi lozim.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O`zbekistonning monopoliyaga qarshi siyosati va uni amalga oshiruvchi organning asosiy vazifasi fakatgina davlatning monopoliyaga qarshi boshqaruv siyosati olib borishi emas, balki ushbu siyosat orkali mamlakatda erkin tadbirkorlik va xususiy biznesni davlat tomonidan xar tomonlama qo’llab-quvvatlashdir. Buning natijasida MDX davlatlaridagi raqobat muxitini yaxshilashga karatilgan RF va boshqa MDX mamlakatlari o’zining faol monopoliyaga qarshi boshqaruv siyosati va raqobat muxitini ximoya qilishga karatilgan chora-tadbirlari tufayli bugungi kunda o’zaro integrattsiyaning kengayishi bilan rivojlangan davlatlarning monopoliyaga qarshi boshqaruv siyosati buyicha samarali tajribalaridan foydalanmokda.
Qiska muddat ichida O`zbekistonda monopoliyaga qarshi boshqaruv siyosati buyicha xalkaro talablarga javob beradigan barqaror qonunchilik bazasi yaratildi.
SHunga kura kayd etish lozimki, xozirgi jamiyatning iqtisodiy xodisa va jaryonlariga tizimli yondashish, monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solishning xorij tajribasi soxasida sodir bo’layotgan jarayonlar va o’zgarishlarni taxlil etish, rivojlangan mamlakatlarni bu boradagi ilgor tajribalarini o’rganish, ilmiy yechimlar buyicha xulosa va takliflarni shakllantirish xamda tegishli vakolatli tavsiyalar berish, bu yuzadan nazariy-ilmiy adabiyotlarni ukitish xar jixatdan muximdir. Bunda monopoliyaga qarshi boshqaruvni kuyida keltirilgan omillarni inobatga olgan uolda ukitish maqsadga muvofikdir:
xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi siyosati tajribasi va amal qilishning nazariy asoslari;
monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solishda xorij tajribasining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi roli;
monopoliyaga qarshi faoliyatni boshqarish siyosati va uni amalga otttirittt boskichlari;
monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solishda xorij tajribasi asosida me’yoriy-uukukiy bazani shakllantirish va ulardan foydalanish;
monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishda ilgor xorijiy tajribalar
taulili va ularni amaliyotga tadbik etilishi va u.k.
Mustaqillik yillarida davlat mulkini xususiylashtirish, uni asosan xususiy mulkka sotish buyicha keng mikyosli ishlar amalga oshirilishi natijasida 31 mingdan ziyod davlat korxonalari va ob’ektlari mulkchilik shaklini o’zgartirdi.
SHunday kilib, mamlakatlar o’rtasida raqobat to’g’risidagi qonunchiliklarni o’zaro uxshashligi tugaydi. Turli davlatlarning tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy jiuatlarini bir-biriga uxshamasligi, raqobat siyosati va uukukka nisbatan turlicha yondashishni keltirib chiqardi. Masalan, AKSH va YeX, raqobat to’g’risidagi qonunlarni matnlarini bayon kilinishi konstitutsion normalarni eslatadi, ularni tushunchalarini sharulashda sudlarga va monopoliyaga qarshi organlarga ko’prok majburiyatlar va erkinliklar beriladi.
Raqobat to’g’risidagi qonunchilikni nisbatan yaqinda kiritgan ko’pchilik mamlakatlarda raqobat siyosatining barcha turtta jiuati bitta qonunda uz aksini topgan. Bunday mamlakatlar katoriga O`zbekiston, Rossiya, MDX, ko’pchilik mamlakatlari, shuningdek SHarkiy Yevropa mamlakatlari kiradi.
Boshqa mamlakatlarda raqobat siyosatining bozor kontsentratsiyasi va noxalol raqobat kabi jixatlari aloxida qonunlar yurisdiktsiyasiga (vakolatiga) kiradi. Kozogistonda va bir nechta boshqa mamlakatlarda noxalol raqobat aloxida qonunchilik kilib ajratilgan, AKSHda esa kontsentratsiyalashish masalalari va tegishli taomillar-Xarta-Skotta- Rodino (qonunni ishlab chiqqan kongressmenlarning nomi) nomli maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Markazlashgan-rejalashtirilgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga utayotgan mamlakatlarda qonunchilik odatda xokimiyat organlarini raqobatga qarshi xarakatlari, qarorlari, xarakatsizligini cheklash uchun maxsus ishlab chiqilgan aloxida normalarga ega. Buning sababi, rejalashtirilgan iqtisodiyot davrida xokimiyat organlarini korxonalarning faoliyatiga xaddan ziyod ko’p aralashuvi okibatidir. Bunday qonunchilikka ega bo’lgan mamlakatlar katoriga deyarli barcha MDX, davlatlari, jumladan O`zbekistan xam kiradi. Monopoliyaga qarshi boshqaruvni takomillashtirish Monopoliyaga qarshi boshqaruvning tashkiliy va xukukiy asoslarini yaratish, uning faoliyatini tartibga solishda davlatning aralashuvi xususiy va ijtimoiy sektorlar faoliyatini muvofiklashtirish, milliy va xalkaro iqtisodiyot mikyosida ijtimoiy mexnat taqsimotining mutanosib rivojlanishini ta’minlashda dolzarb xisoblanadi. SHular bois, barqaror iqtisodiy tarakkiyotni tashkil etish va bozor muvozanatiga erishishda, jamiyat a’zolarining extiyojlarini okilona kondirish darajasini oshirish vazifalarini xal etishda milliy iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish zaruriyati ortmokda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jaxon moliyaviy-iqtisodiy inkirozi ta’sirini pasaytirishda davlatning qonunchilik, ijro etish va nazorat qilishdan iborat tadbirlar tizimi muxim axamiyat kasb etmokda. Bo’lajak mutaxassislarning globallashuv sharoiti talablariga javob bera olishlari
uchun iqtisodiy o’zgarishlarini to’g’ri talkin qilishlari va bu jarayonlarni kelgusida samarali boshqara olishlari masalasi dolzarb xisoblanadi. Ya’ni, mazkur fan xususiyatlari doirasida monopoliyalar faoliyatini tartibga solishning qoida va xulosalarini puxta uzlashtirish xamda ijodiy yondashuvni ta’minlash talab etiladi.
SHuningdek, Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy majlis
Xonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisidagi xamda 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga muljallangan eng muxim ustuvor yunalishlarga bag’ishlangan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining majlisidagi ma’ruzasidagi7 8 talablardan kelib chiqqan xolda, monopoliyalar faoliyatini tartibga solishning tub moxiyatini anglash, O`zbekistonni modernizatsiya qilish va yangilashning eng muxim ustuvor yunalishlarini bilish muxim axamiyat kasb etadi. Davlatimizning iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashdagi sa’y- xarakati davlat va jamiyatning barcha soxalaridagi chukur isloxatlari bilan bevosita bog’liqdir.
Monopoliyaga qarshi boshqaruvning tashkiliy va xukukiy asoslarini yaratish, uning faoliyatini tartibga solishda davlatning aralashuvi xususiy va ijtimoiy sektorlar faoliyatini muvofiklashtirish, milliy va xalkaro iqtisodiyot mikyosida ijtimoiy mexnat taqsimotining mutanosib rivojlanishini ta’minlashda dolzarb xisoblanadi. SHular bois, barqaror iqtisodiy tarakkiyotni tashkil etish va bozor muvozanatiga erishishda, jamiyat a’zolarining extiyojlarini okilona kondirish darajasini oshirish vazifalarini xal etishda milliy iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish zaruriyati ortmokda.
Bozor xo’jalik sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatlarida tadbirlar tizimidan iborat bo’ladi.
Monopoliyaga qarshi boshqaruvni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish va kapital tuplanishi ma’lum darajaga erishganda vujudga keladi. Iqtisodiy rivojlanishda kiyinchiliklar usib va ziddiyatlar tuplanib borishi bu imkoniyatlarni xakikatga aylantirishni zarur kilib kuyadi.
Xozirgi sharoitda monopoliyaga qarshi boshqaruvni, monopol narxni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir kator vazifalarni xal qilishga karatiladi. Bo’lar jumlasiga iqtisodiy usishni rag’batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmok va mintakaviy to’zilmalardagi ijobiy siljishlarni qo’llab-quvvatlash, eksportni ximoya qilish kabilarni kiritish mumkin.
Davlat tomonidan monopol narx tartibga solinishining asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tizimni mustaxkamlash (mamlakat ichida va xalkaro maydonda) va o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish xisoblanadi.
Bu asosiy maqsaddan bir kator anik maqsadlar kelib chikadi. Ular tarkibiga iqtisodiy tsiklni barqarorlashtirish; milliy xo’jaliklarning tarmok va mintakaviy to’zilishini takomillashtirish; atrof-muxit xolatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin. Bozor xo’jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va ximoya qilish maqsadiga ega
|
| |