• 13-Mavzu. Servis dasturiy ta’minot
  • Servis dasturiy ta’minot
  • 13-Mavzu. Servis dasturiy ta’minot




    Download 165.75 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana28.03.2024
    Hajmi165.75 Kb.
    #179912
    Bog'liq
    13-mavzu
    Иктисодиётда АКТ ва тизимлари фанидан вариантлар, 1


    119 
    ishlash uchun xizmat qiladi. Bunday amaliy dasturlar paketlarga «Konsulьtant 
    Plyus», «Garant», «Pravo» va boshqalar kiradi. 
    Keng qamrovli hisoblash tarmoqlarining asosiy vazifasi foydalanuvchining 
    xudud bo’yicha yoyilgan umumtarmoq zahiralariga ma’lumotlar bazasiga, axborot 
    uzatishga va boshqa ishlarga qulay, puxta erishish imkoniyatiga ega bo’lishdir. 
    Misol tariqasida keng qamrovli Internet tarmog’ida ishlatiladigan standart 
    amaliy dasturlar paketlarni keltirish mumkin: 
     to’g’rilash va kiritish vositalari - Nets Cape, Internet Explorer;
     elektron pochta (Mail), masalan Eudora.
    Bank faoliyatidagi halqaro tarmoqlarda ma’lumotlarni tayyorlash va uzatish 
    uchun quyidagi standart amaliy dasturlar paketlar keng tarqalgan: Swift, Sprint, 
    Reuters. 
    Hisoblash jarayonini ma’muriylashtirishni tashkil etishni ta’minlash uchun 50 
    % dan ortiq dunyo tizimlaridagi EHM larning lokal va global tarmoqlarida Bay 
    Networks (AQSH) firmasining amaliy dasturlar paketlaridan foydalaniladi, ular 
    ma’lumotlari, kommutatorlar, kontsentratorlar, marshrutizatorlar, xabarlar grafiklarini 
    ma’muriylashtirishni boshqaradi. 
    SHunday qilib, tizimli va amaliy dasturlar ta’minoti foydalanuvchining 
    dasturlari uchun axborotni qayta ishlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Undan tashqari 
    amaliyotda ba’zan shunday asl nusxa masalalar uchraydiki, ularni echish uchun 
    amaliy dasturlar paketlari qo’l kelmaydi. Bunday hollarda ushbu masalalarni echish 
    uchun masalani echish shartlarini inobatga oluvchi maxsus dastur tuziladi va EHM da 
    echiladi. 
    13-Mavzu. Servis dasturiy ta’minot 
    SHaxsiy kompyuterda ishlash jarayonida foydalanuvchi faqat amaliy 
    dasturlarni boshqarishni bilishi etarli emas. Kompyuterda ishlash jarayonida 
    foydalanuvchidan axborotni tashqi ta’sirlardan saqlash, mavjud disklardan samarali 
    foydalanish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni cheklash, magnit disk defektlarini 
    sozlash, dasturiy viruslar bilan kurashish va boshqa amallarni bajara olishi talab 
    etiladi. SHu sababli ham quyida ko’pchilik hollarda dastur-utilitalar deb nomlanuvchi 
    servis dasturiy ta’minot tarkibiga kiruvchi dasturlar, ularning afzalligi va ulardan 
    foydalanish haqida bayon etishni lozim topdik. 
    Servis dasturiy ta’minot - foydalanuvchiga EHM bilan ishlashda qo’shimcha 
    xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy 
    mahsulotlar to’plamidan iboratdir. 
    Funktsional imkoniyatlariga ko’ra servis dasturiy vositalarini quyidagilarga 
    ajratish mumkin: 

    foydalanuvchi interfeysining foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi
    dasturlar; 

    ma’lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan himoya qiluvchi dasturlar;

    ma’lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar (arxivlash dasturlari);

    disk va tezkor xotira qurilmasi o’rtasida ma’lumot almashinuvini
    tezlashtiruvchi dasturlar;


    120 

    disklar ishini nazorat, tahlil qiluvchi va ularga xizmat ko’rsatuchi (disklarni
    formatlovchi, disklarni bo’laklarga ajratuvchi, mavjud defektlarni sozlovchi
    va h.k.).
    Tashkil etish va amalga oshirish usuliga ko’ra servis vositalar qobiqli, utilitalar 
    va mustaqil dastur shaklida taqdim etilishi mumkin. 
    Qobiq dasturlar - biror bir dastur va foydalanuvchi o’rtasidagi qatlam yoki 
    boshqa dastur ustida ustqurma bo’lgan dastur. Qobiq dasturlar foydalanuvchiga sifat 
    jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. Amaliyotda quyidagi operatsion tizim 
    qobiqlari keng tarqalgan: Norton Commander (NC) - Symantec firmasi mahsuloti va 
    uning «klonlari» Volkov Commander (VC), Dos Navigator (DN), Far (File and 
    archive manager). Bulardan tashqari grafik interfeysli operatsion tizim qobiqlari 
    mavjud: Windows 3.x. 
    Utilitalar - foydalanuvchiga disklar va faylli tizimlar bo’yicha qo’shimcha 
    xizmat ko’rsatuvchi dasturlar. Utilitalar ko’pincha quyidagi vazifalarni bajaradi: 
     disklarga xizmat ko’rsatish;
     fayl va kataloglarga xizmat ko’rsatish;
     kompyuter zaxiralari to’g’risida axborot taqdim etish;
     kompyuterlarni viruslardan ximoya qilish.
    Xozirgi vaqtda eng keng tarqalgan utilitalar: 
     Norton Utilities - Symantec firmasi mahsuloti;
     Checkit PRO Deluxe 2.0 - Touch Stone firmasi ishlab chiqqan;
     PC Tools for Windows 2.0;
     Norton Backup, Fast Back Plus - disklarda axborotlarni rezerv
    nushalarini tayyorlovchi dasturlar;
     virusga qarshi (antivirus) dasturlari - Norton Antivirus for Win95 –
    EHM dagi axborotni viruslardan (axborot mikroblari) zararlanishiga
    qarshi 
    va 
    zararlanish 
    oqibatlarini 
    tugatishga 
    mo’ljallangan
    (Kasperskiyning Antiviral Toolkit pro (AVP));
     kommunikatsion (ulovchi) utilitalar - EHM o’rtasidagi axborot
    ayirboshlashni tashkil etish uchun mo’ljallangan;
     kompyuterni tashxis (diagnostika) qiluvchi dasturlar - o’z nomidan
    ko’rinib turganidek, bu utilitalar EHM ning hamma qurilmalarining
    normal ish faoliyatlarini nazorat qilish, xotira miqdori, uning
    ishlatilish, disklarning turlari kabi ishlarni tekshirishni amalga
    oshiradi.

    Download 165.75 Kb.




    Download 165.75 Kb.
    Pdf ko'rish