Cho‘yan ishlab chiqarish rudalari




Download 138,45 Kb.
bet5/6
Sana13.05.2024
Hajmi138,45 Kb.
#228971
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qora metallurgiya

Cho‘yan ishlab chiqarish rudalari.
Zamonaviy metallurgiya kombinatlari yirik va murakkab inshoot kompleksi bo‘lib, ular rudalarni boyituvchi, koks ishlab chiqaruvchi batareyalar va pechlarni 181 qizdirilgan havo bilan uzluksiz ta'minlovchi qurilmalar, quymalar prokat mahsulotlar ishlab chiqaruvchi bo‘linmalar va boshqalardan tashkil topgan. Cho‘yanlarni domnalarda ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishishdan oldin cho‘yan ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallar haqida to‘htab o‘tamiz. Domnalarda cho‘yan ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy materiallar temir rudalari, yoqilg‘ilar va flyuslardan iborat bo‘lib, ularning majmuasi shixta deyiladi. Temir rudalari. Temir rudalarida temir oksidlari bilan birga turli boshqa qo‘shimchalar: qum, giltuproq, silikatlar, kalsit, shuningdek oz miqdorda S, As, va P lar uchraydi. Shuni qayd etish lozimki, ba'zi temir minerallarida Fe dan tashqari oz bo‘lsada Cr, Ni, W, V, Cu, Ti, Mo va boshqa metallar uchraydi. Bunday rudalar kompleks rudalar deyiladi. Bu rudalardan cho‘yan olishda foydalanilsa, cho‘yan xossalari yahshilanadi. Kompleks rudalarning asosiy konlari Ukrainada (Nikolsk), Gruziyada (Chiatura), Orskda va boshqa joylarda bor. Domnalarning texnika - iqtisodiy ko‘rsatkichiga rudaning kimyoviy tarkibi, fizikaviy holati va o‘lchamlarining ta‘siri katta. Shu sababli rudani pechga kiritishdan avval u begona jinslardan birmuncha tozalanadi va saralanadi. Rudalarni boyitishning asosiy usullari bilan tanishib chiqamiz. Maydalash va saralash. Yirik rudalarni begona jinslardan saralash uchun ularni karyerlarni o‘zidayoq turli konstruksiyali (jag‘li, konusli) maydalash mashinalarida maydalab, mexanik g‘alvirlarda elanib, 30 - 80 mm li bo‘laklarga saralanadi. Yuvish. Rudalarni suv bilan yuvib qum va gillardan tozalanadi. Buning uchun maydalangan rudalar tebranuvchi elakli qurilmalarga yuklanib, tagidan suv haydaladi, shunda begona suv bilan yuqoriga ko‘tarilib, tashqariga chiqib ketadi, boyigan rudalar esa qurilma tagiga yig‘iladi. Keyin u yerdan olinadi. Magnit separatorli mashinada boyitish. Bunda maydalangan magnit temirtosh magnit separatorning uzluksiz harakatlanuvchi lentasiga yuklab turiladi. 182 Ruda elektromagnitning ta'sir zonasiga kirganda, uning temir (Fe3O4) oksidli qismi elektromagnitga tortilib, bekorchi jinslardan tozalanadi. Boyigan temir ruda elektromagnitning ta'sir zonasidan chiqqach tashqaridagi maxsus yashikka ortila boradi. Mayda rudalarni yiriklashtirish. Rudalarni qazib olishda, elashda ko‘plab chang holdagi chiqindilar yig‘iladi. Bulardan ma'lum o‘lchamli (10 - 40 mm) boyitmalar olish uchun maxsus tarkibdagi maydalangan shixta (40 - 50% temir ruda, 15 - 20% ohaktosh, 20 - 30% boyitma, 4 - 6% koks, 6 - 9% suv) aralashmasi mashina qoliplariga kiritilib, 1300 - 1500ºC haroratda qizdirilib pishiriladi. Pishirish davomida rudadagi zararli begona jinslarning bir qismi (S, As) karbonatlar parchalanishi natijasida ajralib, qisman suyuq faza xosil bo‘ladi. Bu suyuq faza yordamida zarrachalar o‘zaro bog‘lanib, flyusli g‘ovak boyitma (aglomerat) olinadi. (Ba'zi hollarda mayda rudalarga bog‘lovchi material sifatida gil, smola qo‘shilib, ularni pressformada presslab briketlar ham olinadi.) Keyingi yillarda mayda temir rudalarga va boyitmalarga ma'lum miqdorda oxaktosh va koks maydalari, bir oz bentonit gil qo‘shib suv bilan qorishtirilgan massa sayoz idish (granulyator) da yoki aylanuvchi barabanlarda ishlov berib, diametri 25 - 30 mm li g‘ovak sharsimon bo‘lak (okatish) lar olinadi. Ularni pechda 1300 - 1400ºC haroratda qizdirib, pishirilgandan so‘ng saralanadi. Okatishlar aglomeratlardan puhtaroq bo‘ladi. Okatishlardan foydalanish koksni tejash imkonini beradi. O‘rtachalashtirish. Metallurgiya korxonalariga rudalar doim bitta shahtadan keltirilmaganligi uchun ularning kimyoviy tarkibi turlicha bo‘ladi. Shuning uchun ularning tarkibini o‘rtachalashtirish talab etiladi, chunki shixta materiallari kimyoviy tarkibining bir xil bo‘lishi pechning ish unumini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Kimyoviy tarkibi turlicha bo‘lgan rudalarni o‘rtacha kimyoviy tarkibga keltirish maqsadida maydalangan rudalar o‘zaro aralashtiriladi.
Xulosa
Metallurgiya majmuasi ikki tarmoqni: qora metallurgiya va rangli metallurgiyani o'z ichiga oladi. Qora metallurgiya - temir rudasi qazib chiqarish, cho'yan, po'lat eritish, prokat va ferroqotishmalar ishlab chiqarishdan iborat. Hozirgi zamon metallurgiyasi uchun, birinchidan, metallning asosiy qismini metallurgiya kombinatlarida ishlab chiqarish xarakterlidir. Metallurgiyada xomashyoga ketma-ket ishlov beradigan kombinatlarning hissasi katta bo'ladi. Chunki kombinatlarda bir yo'la temir rudasidan domna pechlarida cho'yan eritib olinadi, suyuq cho'yan va temir-tersakdan (metallolomdan) po'lat erituvchi (marten, konverter, elektr) pechlarda po'lat eritiladi, po'latdan esa tayyor mahsulot - prokat olinadi.
Fan-texnika taraqqiyoti metall eritishning chiqindisiz texnologiyasini, metall olishning yangi, serunum usullarini joriy qilishga olib kelmoqdaki, bu po'lat sifatini oshirishni va prokatning xilma-xil turlarini olishni ta'minlamoqda. Metall olishning eng yangi usuli metallni domnasiz, ya'ni rudani eritmay undan metallni ajratib olishdir. Qora metallurgiyada ishlab chiqarish uzluksiz markazlasha boradi.
Metallurgiya kombinatlari ko'p miqdorda xomashyo va yoqilg'i ishlatadi. Shu sababli ular xomashyo yoki yoqilg'i bazalari yaqinida, ba'zan ular oralig'ida quriladi. Bu metallurgiya korxonasi (kombinat)ni joylashtirishning eng muhim shartidir. Bunda suv, elektr energiya, tabiiy gaz bilan ta'minlash va tabiatni muhofaza qilish imkoniyatlari ham e'tiborga olinadi.
Birinchi metallurgiya korxonasi - Bekobod metallurgiya zavodi 1946-yilda ishga tushirilgan. Zavodda 3 ta marten pechi, prokat sexi, metall quyadigan termik sex va bir qancha yordamchi korxonalar bor. Keyingi vaqtlarda zavodning marten pechlari elektropechlarga aylantirildi.
Zavodda po'lat va prokat ishlab chiqarish ortib bormoqda. 1950-yilda 119 ming tonna po'lat eritilgan, 76 ming tonna tayyor prokat ishlab chiqarilgan bo'lsa, 2007-yilda eritilgan po'lat 656,4 ming tonna va tayyor prokat 619,6 ming tonnadan ortib ketdi. Ammo zavod mahsuloti mamlakatning metallga bo'lgan ehtiyojini qoplay olmayotir. Natijada qo'shni davlatlardan ko'plab metall keltirishga to'g'ri kelmoqda. O'zbekistonda temir va marganes ruda zaxiralari ma'lum bo'lsa-da, ulardan hozircha foydalanilmayotir. Samarqand viloyati, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Markaziy Qizilqumda ruda konlarini qidirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga yig'ilgan temir-tersakni qayta ishlaydigan korxonalar Urganch, Boyovut, Qarshi, Kitob, Denov va Taxiatoshda bunyod qilinmoqda


Download 138,45 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 138,45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cho‘yan ishlab chiqarish rudalari

Download 138,45 Kb.