Olmaliq filiali fakulteti




Download 138,45 Kb.
bet3/6
Sana13.05.2024
Hajmi138,45 Kb.
#228971
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qora metallurgiya

Cho`yan va po`lat – Domnada suyqlantirilgan cho`yan tarkibida 93 % atrofida temir, 4.5 % gacha uglerod, kremniy 0.5-2%, marganes 1-3 % , fosfor 0.02-2.5 % va oltingugurt 0.005-0.08 % bo`ladi. Cho`yan mo`rt, bolg`alanmaydi. Cho`yan ikki xil: oq va kulrang bo`ladi. Kulrang cho`yan tarkibidagi uglerod grafit holida bo`ladi va sindirilganda kulrang tusli bo`ladi. Texnikada u quyish (mashinalarning og`ir qismlarini, maxoviklarni quyish) uchun ishlatiladi. Oq cho`yan tarkibida uglerod asosan sementit Fe3C holida bo`ladi, u kulrangdan oqroq. Oq cho`yanning hammasi po`latga aylantirish uchun ketadi. Qattiq po`latda uglerodning miqdori 0.3 dan 1.7 % gacha bo`ladi. Yumshoq po`latda (ilgari u bolg`alanuvchi temir deb atalgan) 0.3 % gacha uglerod bo`ladi. Po`lat cho`yandan farq qilib, oson bolg`alanadi. Tez sovitilganda u qattiq, sekin sovitilganda – yumshoq bo`ladi. Yumshoq po`latga ishlov berish oson. Yumshoq po`latdan mix, boltlar, sim, tomga yopiladigan tunuka, mashinalarning detallari tayyorlanadi. Qattiq po`latdan asboblar yasaladi. Hozirgi texnikada legirlangan po`latlar kata ahamiyatga ega. Ular mashinalarning ko`pchilik qismlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini (qoshiq, vilka va boshqalar), trubalar, aviamotorlar va kompressorlarning detallarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Cho`yandan po`lat olish Cho`yanni qayta ishlab po`latga aylantirish uning tarkibidagi ortiqcha uglerodni va boshqa qo`shimchalarni chiqarib yuborishdan iborat. Bu ularni oksidlash yo`li bilan amalga oshiriladi. Yuqori haroratda kislorod uglerod va boshqa qo`shimchalar oson birikib, oksidlar hosil qiladi. Uglerod (II) – oksid gaz holida chiqib ketadi, qolgan oksidlar flyuslar bilan reaksiyaga kirishib, shlak hosil qiladi, u po`latning yuzasiga qalqib chiqadi. Po`latlarda fosfor va oltingugurt ko`p miqdorda bo`lishi ayniqsa nomaqbuldir: fosfor po`latni sinuvchan qilib qo`yadi, oltingugurt esa qizigan po`latga ishlov berishda darzlar hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu qo`shimchalarni yo`qotish uchun suyuqlangan cho`yanga ohak qo`shiladi. Fosfor (V) – oksid P2O5 ohak bilan Ca3(PO4)2·CaO tarkibli tomas shlak hosil qiladi:
P2O5 + 4CaO = Ca3(PO4)2·CaO
Oltingugurtni yo`qotish jarayonini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: FeS + CaO = CaS + FeO
Tomas shlakdan fosforli o`g`it sifatida foydalaniladi. Cho`yanni qayta ishlab po`latga aylantirishning asosiy usullari marten usuli bilan elektrotermik usuldir. Marten usulida jarayon alangali regenerativ marten pechlari deyiladigan maxsus pechlarda olib boriladi. Pechning suyuq-lantirish vannasiga cho`yan, shuningdek temir-tersak, toza ruda (ularning tarkibida kislorod bo`ladi) va ohak (flyus) solinadi. Pech gaz bilan isitiladi, gaz vanna tepasida yonadi. Pechdagi harorat 1800 °C gacha yetadi. Shixta suyuqlanadi va cho`yandagi uglerod hamda qo`shimchalar pechga yonuvchi gazlar bilan kirayotgan havodagi kislorod, shuningdek, temir-tersak va rudadagi kislorod hisobiga oksidlanadi. Po`lat olishning marten usulida kislorod puflash jarayonni juda jadallashtiradi: pechlarning unumdorligi ortadi, yoqilg`i sarfi kamayadi, chiqadigan po`lat miqdori ko`payadi va uning sifati yaxshilanadi. Marten pechida legirlangan po`latlar olish oson. Buning uchun suyuqlanish tugashidan oldin zaruriy metall va qotishmalar qo`shish kerak. Lekin legirlangan po`latlar odatda maxsus elektr pechlarda 3000 °C dan yuqori haroratda suyuqlantirib olinadi. Bu elektrotermik usul bo`lib, tarkibida qiyin suyuqlanadigan metallar – molibden, volfram mavjud bo`lgan po`latlar olish uchun qo`llaniladi. Marten usuli bilan 85 % gacha po`latlar ishlab chiqariladi. Bu usul bilan bir qatorda bessemer va tomas usullari ham qo`llaniladi. Bessemer usulida ichki tomoniga o`tga chidamli material qoplangan noksimon po`lat idish – maxsus konverterdan foydalaniladi. Tomas usuli fosforga boy temir rudalaridan cho`yan suyuqlantirib olishda qo`llaniladi.

Download 138,45 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 138,45 Kb.