Qora metallarni ishlab chiqarish texnologiyalari




Download 138,45 Kb.
bet4/6
Sana13.05.2024
Hajmi138,45 Kb.
#228971
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qora metallurgiya

Qora metallarni ishlab chiqarish texnologiyalari.
Qora metallar, umuman po‘latning xalq xo‘jaligida ahamiyati juda ham katta. Xalq xo‘jaligida qora metall ishlatilmaydigan soha topilmaydi. Har qanday davlatni iqtisodiy qudrati darajasini birinchi o‘rinda eritib olinadigan po‘lat miqdori bilan aniqlanadi. Po‘latsiz konchilik, neft va gaz tarmoqlari, mashinasozlik, transport, hatto qishloq xo‘jaligi ham rivojlanmaydi. Temir qadimgi Misrda ma’lum bo‘lgan edi. U erda temirni sof holatda (meteorit temiri) topishgan va uni oltin bilan teng hisoblashgan. Temirni ma’dandan ochiq usulda ajratib olish shu soha sanoatini tezlik bilan rivojlanishigi sabab bo‘ldi. Bu insoniyatni rivojlanishigi juda katta hissa qo‘shdi. Ushbu usul xom havo bilan purkash deb nomlandi. Chunki bu erda oddiy qizdirilmagan havo ishlatilgan. Ushbu jarayonning mohiyati shundaki toshdan qilingan gornga pista ko‘mir va temir rudasi joylashtirilib, gornning tagidan yonish uchun kerakli bo‘lgan havo yuboriladi. Yonganda hosil bo‘lgan SO gazi (uglerod oksidi) temirni tiklaydi. Yonib bo‘lgan ma’danni bolg‘a bilan pachoqlab, shlakdan tozalashgan. Bunday havo bilan tozalangan temir bir xilda emas edi. Vaqt o‘tgan sari ushbu usul takomillashib, ir muncha Yuqori haroratda kuydirilgandan so‘ng, temir ma’dani suyuq cho‘yan ga aylana boshladi. XIX asrgacha po‘lat juda ham qimmat metall hisoblanardi, chunki po‘lat ajratib olish uchun ko‘p miqdorda pista ko‘mir ishlatilar edi. Bu metallurgik zavodlar atrofidagi o‘rmonlarning to‘liq yo‘q bo‘lib ketishiga olib keldi. Bu muammoni echish maqsadida Puding jarayoni kashf etildi. Puding jarayonida toshko‘mir koksi ishlatilib cho‘yan dan xamir ko‘rinishidagi temir olina boshlandi. Pechning osti temir okalinasi va shlakdan tayyorlanar edi. Lekin bu jarayon ham keng tarqalmadi. 1864 yilda Fransuz injeneri Per Marten suyuq po‘latni alangali pechda olishni ishlab chiqdi. Marten jarayonida issiqni boshqarish, metalldan oltingugurt va fosforni ajratib olish, ko‘p miqdordagi temir-tersakni qayta ishlash imkoniyati bor. Bu jarayon butun dunyoda keng tarqalgan. 178 Marten jarayoni bilan birgalikda birinchi elektr po‘lat quyish pechlari paydo bo‘ldi. Bunday pechlarda murakkab, Yuqori legirlangan po‘latni eritish mumkin. Birinchi marotaba 1952 yilda Avstraliyada va 1957 yilda Dnepropetrovskda injener Mozgov N.I. taklifi bilan kislorod-konverter jarayoni joriy qilindi. XX asrda rangli metallar, ayniqsa alyuminiy va mis ishlab chiqarish bir necha marotaba ko‘tarildi. Lekin qora metall ishlab chiqarish dunyo ishlab chiqarishida o‘zgarmay qolaverdi. Po‘lat quyishning qo‘shimcha omillari kimyo sanoati, mashinasozlik, neft va gaz tarmoqlari va boshqa sanoatlarning masshtabining kengayishini rivojlantirdi. Po‘latning boshqa metallar bilan qotishmasi yangi konstruksion materiallarni ishlab chiqarishning ilmiy texnologiyalarini rivojlanishiga olib keldi. Ayniqsa, po‘latning zanglamaydigan turlarini ishlab chiqarish tez suratlarda ko‘tarildi. Po‘latni sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan miqdorda olish usullari po‘lat metallurgiyasi deyiladi. Temirning uglerod va boshqa elementlar bilan deformatsiyalanadigan qotishmasi po‘lat deyiladi. Po‘lit tarkibiga uglerod, marganets, kremniy, oltingugurt, fosfor kiradi. Maxsus xususiyatla po‘lat olish uchun metallga ligerlaydigan qo‘shimchalar qo‘shiladi: xrom, nikel, molibden, folfram, mis, neobiy, vanadiy va boshqalar, hamda ko‘p miqdorda marganets va kremniy. Temini sof holatda olish qiyin va qimmat jarayon hisoblanadi. Sof holatdagi temir juda ham qimmat. U faqat maxsus maqsadlarda ishlatiladi. Odatda texnika va xo‘jalikda po‘lat ishlatiladi. Po‘lat tarkibiga kiradigan asosiy qo‘shimcha bu uglerod. Uglerod ko‘p jihatdan po‘latning hususiyatini aniqlaydi. Uning miqdoriga qarab uglerodli temir qotishmalarini po‘lat va cho‘yan ga ajratiladi. Temirning uglerodli qotishmasida 1,7  2% gacha uglerod bo‘lsa po‘lat, undan Yuqori bo‘lsa (1,7 dan 2,83 % uglerod bo‘lsa po‘latli cho‘yan , 3% dan Yuqori bo‘lsa oddiy Cho‘yan ) Cho‘yan deb ataladi. Po‘lat Yuqori haroratda plastik holatda bo‘ladi. Qizdirilganda bolg‘alanuvchan, prokatlanuvchan bo‘ladi. Cho‘yan bunday xususiyatlarga ega 179 emas. Hozirgi kunda 1,2% dan yuqori bo‘lmagan uglerodli po‘lat, 3,54,5% uglerodli cho‘yan quyiladi. Zamonoviy metallurgik texnologiyaning rivojlanish, erituvchi agregatdan yordamchi agregat yoki maxsus jixozlangan kovsh yordamida Yuqori sifatli metall olish bilan xarakterlanadi. Erituvchi dastgohlarning roli asosan aniq bir tarkib va haroratdagi suyuq yarim mahsulot olishdadir. So‘nggi vaqtlarda yirik konverter, marten yoki elektrYoyli pechlarida sifatli po‘lat olish texnologiyasini sezilarli farqi aniqlanmoqda, ayniqsa agar ushbu agregatlarda qo‘shimchalarning oksidlanishi vannani kislorod bilan purkash orqali amalga oshirilsa. Turli rivojlangan mamlakatlardagi ba’zi zavodlarda suyuq po‘latning sifatini oshirish maqsadida agregetlar konstruksiyasining yangi variantlari yaratilmoqda. yangi jarayonlar va amaldagi jarayonlarning turli xillari paydo bo‘lmoqda. Ammo, sifatli po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasining umumiy prinsipi yagonadir. Turli usullar bilan quyilayotgan po‘latlar orasidagi farq o‘zgarib turadi. Hoizrgi vaqtda quyidagi asosiy usullar mavjud: kislorod-konverterli (50% dan Yuqori), elektr po‘lat quyuvchi (taxminan 20%) va marten pechlari (30%dan kam). Hoizrgi vaqtda, po‘latni metallurgik ishlab chiqarish sxemasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. ● temirni ma’dan yoki boyitmadan domna pechlarida tiklanishi; ● po‘lat quyish agregatlarida C, Si, Mn, P ni oksidlash, oltingugurtdan tozalash, ya’ni Cho‘yan dan kerakli tarkibda po‘lat olish. Xozirgi vaqtda temirni rudadan bevosita olish texnologiyasi keng tarqalmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklash qurilmalari asosan quyidagi xolatlarda quriladi: 1) zarurat bo‘lganda keraksiz qo‘shimchalardan xoli bo‘lgan shixta olish va undan juda Yuqori sifatli po‘lat eritish; 2) zarurat bo‘lganda yiriklashtirish qiyin bo‘lgan chang ko‘rinishidagi temir rudalarini va ishlab chiqarish chiqindilari (kaloshnik changi, changni ushlab qoluvchi qurilmalar yordamida yig‘ilgan chang va boshqalar) qayta ishlash; 180 3) kichik ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan domna sexlarini qurish iqtisodiy jixatdan rentabel bo‘lmaganligi uchun uncha katta bo‘lmagan zavodlar (minizavodlar) qurilishida. Bunday tarkibdagi minizavodlar tarkibiga : to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklash qurilmasi, bir-ikkita po‘lat quyish agregati (odatda Yoyli elektropechlar), tayyor maxsulotni uzluksiz quyish mashinasi. Bunday zavodlarning ishlab chiqarish unumdorligi odatda yiliga 150-250 tonnani tashkil qiladi. Agar Toshkent viloyati Piskent tumani Bekobod shaxrida bunday elektropechlarni ishlayotganini va Toshkent viloyatining Parkent tumanida temir ruda zaxiralari topilganligini hisobga olsak, ushbu ko‘rinishdagi sxema ayniqsa bizning respublikamiz uchun juda aktualdir. 4) Yuqori metallashgan maxsulot kukunidan foydalanib to‘g‘ridan to‘g‘ri detal va tayyor buyumlar olish. Xozirgi vaqtda dunyoda eritilayotgan po‘latning faqatgina 5% ga yaqini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklovchi uskunalarda olinmoqda. Po‘latning asosiy qismi ananaviy usullarda eritilishi qachongacha davom etishi xaqidagi savolni echishda, uzluksiz xarakatlanuvchi po‘lat eritish agregatlarini (SANDstaleplavilnqy agregat neprerqvnogo deystviya, UXPEA- uzluksiz xarakatlanuvchi po‘lat eritish agregati) yaratishni, xamda, xozirgi vaqtda foydalanilayotgan Yuqori effektivli, qudratli agregatlarni inobatga olish kerak: a) xajmi 4-5 ming m2 bo‘lgan domna pechlari; b) xajmi 300-350 tonna bo‘lgankonverterlar; v) xajmi 250-300 va undan Yuqori bo‘lgan Yoyli elektro pechlar.


Download 138,45 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 138,45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qora metallarni ishlab chiqarish texnologiyalari

Download 138,45 Kb.