|
Oltin qoidalar
|
bet | 6/7 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #242282 |
Bog'liq 7-sinf ochiq darsShimol yog`dusi.
Ilm-fan rivojlanmagan paytda bu holat turlicha talqin qilingan: o‘liklar dunyosining tiriklarga berayotgan xabari, epidemiya va urushlar boshlanishidan avval tabiatning insoniyatga beradigan ogohlantirishi va hokazo...Ammo qutb yog‘dusi – yomg‘ir, tuman, qor singari tabiat hodisalaridan biri bo‘lib, tabiat kuchlarining muayyan harakati asosida sodir bo‘ladi.
Jarayon qanday hosil bo‘ladi?
Quyoshdan kelgan plazma (erkin elektronlar va protonlar) Yerning magnitosfera qatlamiga urilganida, ular magnit yoylari bo‘ylab Yerning qutblari tomonga harakatlanadi. Qutblarda magnit yoylar atmosferaga juda yaqin joylashgani uchun Quyosh zarrachalari atmosferadagi kislorod, azot va boshqa gazlarga uriladi. To‘qnashuvlar natijasida gaz atomlaridan katta miqdordagi energiya yorug‘lik ko‘rinishida otilib chiqadi. Umumiy tasvirda esa biz bilgan go‘zal va qo‘rqinchli shimol yog‘dulari hosil bo‘ladi. Aslida yog‘dularni faqat shimolda emas, janubiy qutbda ham kuzatish mumkin. Shuning uchun hodisani qutb yog‘dulari deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Quyosh chaqnashi qanchalik kuchli bo‘lsa, yog‘dular shunchalik katta bo‘ladi.
Qachon va qayerda ko‘rish mumkin?
Qutb yog‘dusi aynan qaysi paytda hosil bo‘lishini oldindan prognoz qilish qiyin, chunki bu quyosh faolligidan kelib chiqqan holda sodir bo‘ladi. Olimlarning taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra, kuzgi va bahorgi teng kunlik oralig‘i – 21 sentyabrdan 21 martga qadar shimol yog‘dusi kuzatiladigan mavsum sanaladi. Yilning bu vaqtida shimoliy kenglikda erta kun botadi. Qutb yog‘dusi aniq ko‘rinadigan hudud 67-70 darajadagi shimoliy kenglik hisoblanadi. Ya'ni bu Alyaska hududidan Skandinaviya yarimoroligacha bo‘lgan joydir. Finlyandiya shimol yog‘dusi eng faol kuzatiladigan hudud hisoblanadi – bu yerda har to‘rt kechaning uchtasida qutb yog‘dusini tomosha qilish mumkin.
Quyosh faolligi yuqori bo‘lgan vaqtlarda qutb yog‘dusini Shotlandiya, Rossiyaning markaziy hududlarida ham kuzatish imkoni bo‘ladi. Qiziqarli jihati, qutb yog‘dusini kuzatganlar uning ovozi borligini ta'kidlashadi. Diqqat bilan quloq solganda yog‘du taralayotgan chog‘da shitirlash va darz ketish tovushlariga o‘xshash ovozni ilg‘ash mumkinligi aytiladi.
|
| |