|
Oltin qoidalar
|
bet | 3/7 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #242282 |
Bog'liq 7-sinf ochiq darsYangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni o’quvchilarga tushuntirishdan oldin, ularda shu mavzu to’g’risida video tomosha qilamiz. Shundan so’ng yangi mavzuni tushuntirishni boshlaymiz.
Qadim zamonlardan beri insoniyat turli xil elektr hodisalarini mantiqiy tushuntirishga harakat qilgan, ularning misollari tabiatda kuzatilgan. Shunday qilib, antik davrda chaqmoq xudolar g'azabining ishonchli belgisi hisoblangan, lekin hozirgi vaqtga kelib ilm-fan rivojlanishi natijasida bu hodisalar qanday paydo bo`lishini ilmiy dalillar asosida ko`rib chiqishgan.
Chaqmoq va momaqaldiroq
Chaqmoq -tabiatdagi elektr hodisasi hisoblanadi.Chaqmoqlar eng hayajonli ba`zida vahimali ajoyib tabiat hodisasidir. Odamlar qadimda chaqmoq chaqishi va momaqaldiroq gumburlashi sabablarini bilolmaganlar. Chaqmoqning hosil bo‘lishini turli ishorali elektr zaryadlarining o‘zaro ta’siri asosida tushuntirish mumkin. Bir jism ikkinchi jismga ishqalanganda, elektr zaryadi hosil bo‘lishini bilasiz. Turli ishorali zaryadlar bilan kuchliroq zaryadlangan jismlar bir-biriga yaqinlashtirilsa, uchqun chiqadi va chirsillagan ovoz eshitiladi. Ma’lumki, havoda suv bug‘lari mavjud. Osmonda havo temperaturasi pasaya borishi bilan suv bug‘lari birlashib, mayda suv zarrachalarini hosil qiladi. Osmonda suv zarrachalari to‘plangan joy bizga oq bulut bo‘lib ko‘rinadi. Havo temperaturasi yanada pasaya borsa, suv zarrachalari yiriklashib boradi.Ular bizga qora bulut bo`lib ko`rinadi. Bulut suzib yurgan joyda havo sovib ketganda esa suv zarrachalari muz zarrachalariga aylana boradi.Osmondagi bulutlar bir-biri bilan hamda havoning turli qatlamlari bilan doimo ishqalanishda bo‘ladi. Natijada ba’zi to‘p bulutlar kuchli zaryadlanib qoladi. Turli ishora bilan kuchli zaryadlangan bulutlar bir-biriga yaqinlashganda, bir bulutdagi manfiy zaryadlar ikkinchi bulutdagi musbat zaryadlar tomon harakat qiladi.Qarama-qarshi ishorali zaryadlarning to‘satdan qo‘shilishi natijasida kuchli elektr uchqun — chaqmoq hosil bo‘ladi.
Chaqmoq bulutlar orasidagina emas, bulut bilan yer orasida ham yuz berishi mumkin.Bunda bulut qatlamlarida hosil bo‘lgan katta miqdordagi zaryadlar oqimi to‘satdan bir zumda yerga o‘tishi natijasida kuchli chaqmoq chaqadi va momaqaldiroq gumburlaydi.Agar bulutning manfiy zaryadlangan qatlami yer sirtiga yaqin kelib qolsa, shu bulut ostidagi yer sirtida musbat zaryadlar to‘planadi.Natijada, zaryadlangan bulut yer sirti bilan hosil bo‘lgan elektr maydon orqali ta’sirlashadi. Bulut kuchli zaryadlangan bo‘lib, yerga juda yaqinlashib qolganda bulut va yer sirti orasida kuchli elektr uchqun chiqadi, ya’ni chaqmoq chaqnaydi. Chaqmoq jarayonida bulutdagi
zaryadlar yerga o‘tadi.
Chaqmoq − bu turli ishora bilan zaryadlangan bulutlar orasida yoki bulut bilan yer sirti orasida sodir bo‘ladigan kuchli elektr uchquni.
Chaqmoqning uzunligi bir necha kilometrga, diametri esa bir necha santimetrga teng bo‘lib,davomiyligi sekundning ulushida sodir bo‘ladi.
Chaqmoq paytida kuchli gumburlash — momaqaldiroq yuzaga keladi.
|
| |