• Yashinqaytargich
  • Oltin qoidalar




    Download 0,65 Mb.
    bet5/7
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #242282
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    7-sinf ochiq dars

    Momaqaldiroqbu chaqmoq paytida sodir bo‘ladigan havodagi(atmosferadagi) tovush hodisasi bo‘lib, u chaqmoq yo‘lida havoning qizishi, bosimning ortishi va havoning kengayishi tufayli yuz beradi.
    Chaqnashdagi yorug‘lik − chaqmoqni deyarli shu zahoti ko‘ramiz, lekin uning ovozi − momaqaldiroq gumburlashini biroz vaqtdan keyin eshitamiz. Bunga sabab, 1 s da yorug‘lik 300 000 km masofani, tovush esa havoda bor-yo‘g‘i 340 m masofani bosib o‘tadi. Masalan, chaqmoq bizdan 1 km uzoqlikda sodir bo‘lsa, uni deyarli shu zahoti ko‘ramiz, momaqaldiroq ovozini esa 3 s dan keyin eshitamiz.

    Yashin-zaryadlangan bulut bilan yer orasida sodir bo`ladigan chaqmoq paytida bulutdagi zaryadlarning yerga bir zumda o`tish jarayoni.
    Yashin juda xavflidir.Zaryadlangan bulutga yerdagi elektr o`tkazuvchi jismlardan qaysi biri yaqin bo`lsa, shunga o`zining zaryadini beradi, ya`ni yashin uradi.Shuning uchun yer sirtidan baland ko`tarilgan tog` cho`qqisi, minora, bino, daraxt va elektr ustunlarini birinchi galda yashin urushi va vayron qilishi mumkin.Chaqmoq paytida tekis yerda ketayotgan mashina yoki odamni ham yashin urishi mumkin.Bunday paytda balandlikda, daraxt tagida turish, pichan g`arami yonida yashirinish ham xavflidir.Odatda baland minora va binolarni qurishda ularning tepasiga yashinqaytargichlar o`rnatiladi.

    Yashinqaytargich – minora, binolarni, sanoat va qishloq xo`jaligi inshootlarini yashin urishidan himoya qiluvchi qurilmadir.
    Yashinqaytargich uchli o`tkazgichdan iborat bo`lib, u yo`g`on sim orqali yerga chuqur ko`milgan metall qoziqqa ulanadi. Yerga yaqinlashgan zaryadlangan bulut o`z zaryadini birinchi galda minora yoki bino ustiga o`rnatilgan yashinqaytargichga beradi. Juda ko`p miqdordagi elektr zaryadi minora yoki binoga shikast yetkazmay, yashinqaytargich orqali yerga o`tib ketadi.
    Chaqmoq urishi natijasida yiliga 24000 nafar odam halok bo`lar ekan.Qurbonlarning 70 foizini erkaklar tashkil etadi.Chaqmoqlar butun tirik mavjudotlar uchun xavfli hisoblanadi. Agar u ko`krak qafasiga tushsa, yurakning darhol to`xtashiga sabab bo`ladi.Insonning bosh qismini urganda ham tirik qolishi dargumon.


    Download 0,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,65 Mb.