|
Ona tili va adabiyot fanidan
|
bet | 24/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgYuqori daraja uchun – mamalakatimizdagi va xorijdagi ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar to‘g‘risida qisqa muddatli masofaviy
32
kurslarga: 872 nafar: shundan 492 nafari masofaviy-onlayn kurslarga; 380 nafari trenerlar kursiga jalb etish uchun taqsimlangan.
O‘rta daraja uchun AKT savodxonligi, STEAM, interaktiv pedagogik texnologiyalar to‘g‘risida ikki haftalik kurslar tashkil etish bo‘yicha kredit-modul tizimida o‘qitishga asoslangan 2910 nafar tinglovchini qamrab oladigan 72 soatlik qisqa muddatli kurslar tashkil etish uchun 116 ta guruhlarga ajratilgan.
Quyi daraja uchun sohaning yetuk mutaxassislari jalb qilingan holda o‘z fani, zamonaviy pedagogikaning barcha yo‘nalishlari, o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni qamrab olgan bir oylik (144 soatlik) malaka oshirish kurslariga 2925 nafar tinglovchini qamrab oladigan 117 ta guruhlar tashkil qilingan. Shu bilan bir qatorda 5149 nafar o‘qituvchilarni 204 ta guruhga ajratib sirtqi tayanch maktablar negizida o‘qitish rejalashtirilgan.
13-bandga asosan tajribali soha mutaxassislarini jalb qilgan holda yuqori, o‘rta va quyi darajadagi o‘qituvchilar guruhi uchun tashkil etiladigan qisqa muddatli, ikki haftalik va bir oylik malaka oshirish kurslari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish lozim edi. Yuqori darajadagi o‘qituvchilar guruhi uchun tashkil etiladigan qisqa muddatli kurslar uchun 19 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv mavzuviy reja va namunaviy dasturlar hamda ular asosida 19 ta o‘quv uslubiy majmualar ishlab chiqilgan;
O‘rta o‘qituvchilar guruhi uchun tashkil etiladigan ikki haftalik kurslar uchun 19 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv mavzuviy reja va namunaviy dasturlar hamda ular asosida 19 ta o‘quv uslubiy majmualar ishlab chiqilgan;
Quyi o‘qituvchilar guruhi uchun tashkil etiladigan bir oylik kurslar uchun 19 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv mavzuviy reja va namunaviy dasturlar hamda ular asosida 19 ta o‘quv uslubiy majmualar ishlab chiqilgan;
Jami Markaz tomonidan 19 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha 57 ta o‘quv mavzuviy reja va namunaviy dasturlar hamda ular asosida 57 ta o‘quv uslubiy majmualar ishlab chiqilgan.
14-band yosh o‘qituvchilarga muntazam metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Markazda “Yosh o‘qituvchilar maktabi” kursini tashkil etish yuzasidan ishlar to‘liq amalga oshirilgan va barcha hujjatlari rasmiylashtirish uchun tayyorlab qo‘yilgan. “Yosh o‘qituvchilar maktabi” kursining faoliyatini olib borish maqsadida ishchi reja ishlab chiqlgan. Ishlab chiqilgan ishchi reja asosida “Yosh o‘qituvchilar maktabi” kursining Nizomi yaratilgan. Reja asosida o‘quv kursi uchun reja va dastur ishlab chiqilgan. Reja va dastur asosida o‘quv-uslubiy majmua yaratilgan. Bajarilgan ishlar yuzasidan A.Avloniy nomidagi Markaziy institutga 2020-yil 24-yanvardagi 01-02/17-sonli xat bilan jo‘natilgan.
15-band malaka oshirish kursi o‘qituvchilarining davlat tili bo‘yicha savodxonlik va AKTdan foydalanish darajasini oshirish masalasi ham o‘z yechimini topgan. Bu masalada Markaz tomonidan “Imlo savodxonligi”, “Ingliz tili savodxonligi”, “AKT savodxonligi” nomli o‘quv kurslari tashkil etilgan. O‘quv kurslari haftasiga 4 soatdan qilib taqsimlangan. Savodxonlik va AKTdan foydalanish darajasini oshirish borasida ham ishlarni ijobiy baholash mumkin.
33
23-band barcha vazifalar ijrosi yuzasidan har oyda tahliliy hisobotlarni elektron tarzda Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etib borish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, Xalq ta’limi vazirligiga qilingan ishlar yuzasidan hisobotlar jo‘natilgan. (12-ilova)
Shuningdek Markaz tomonidan Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 10-dekabrdagi 396-sonli buyru’gi ijrosini ta’minlash borasida 10-03 raqamli chora - tedbirlar rejasi ishlab chiqilgan va ijro uchun yo‘naltirilgan.
|
| |