• 1967-yilda S. Dolimov, Q. Ahmedov va H. Ubaydullaevlar
  • 1991-yilning 13-martida
  • 1991-yilning yozida birinchi marta chinakam milliy asoslardagi maktab adabiyot dasturi tuzildi
  • -yilda Fitratning “Adabiyot qoidalari”




    Download 0,69 Mb.
    bet20/143
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #116605
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143
    Bog'liq
    Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

    1926-yilda Fitratning “Adabiyot qoidalari” kitobi chiqdi. 1955-yilda S. Dolimov o’zbek metodistlari orasida birinchi bo’lib, “5-sinf “Vatan adabiyotixrestomatiyasi uchun metodik qo’llanma” asarini yaratdi va o’zbek metodikasi amaliyotida o’qituvchilar uchun qo’llanma yozish tajribasiga asos soldi. Shundan keyin bu turkumda bir qator qo’llanmalar yaratildi. 1967-yilda S. Dolimov, Q. Ahmedov va H. Ubaydullaevlar tomonidan oliy maktab talabalari uchun “Adabiyot o’qitish metodikasi”, shu bilan birgalikda dastlabki ona tili darsligi yaratildi.
    O’zbekiston mustaqillikka erishuvidan oldinroq, qayta qurish, oshkoralik deb ataluvchi davrlar boshlanishi bilan o’zbek ziyolilarining katta qismi maktab adabiyotini tamomila boshqacha o’qitish lozimligini anglab etgan edilar. Shu yo’lda,avval, qarashlar o’rtasidagi kurashlar, keyinchalik tashkiliy ishlar bir necha yil davom etdi. 1991-yilning 13-martida Respublika Vazirlar kengashi raisining o’sha paytdagi o’rinbosari yozuvchi Erkin Samandar tashabbusi bilan prof. U. Normatov boshchiligida o’n uch olimdan iborat ishchi guruhi tuzilib, mustaqillikdan oldinroq
    28
    maktab adabiyot darsliklarini yangilash vazifasi qo’yildi. 1991-yilning yozida birinchi marta chinakam milliy asoslardagi maktab adabiyot dasturi tuzildi. Yil mobaynida o’qituvchilar, ota-onalar, mutaxassislar tomonidan qizg’in muhokama qilingan dastur 1992-yilda qayta ishlanib, maorif vazirligi tomonidan tasdiqlandi va shu asosda yaratilgan darsliklar 1993-yildan boshlab maktab amaliyotiga joriy etildi.

    Mustaqillik arafasida va undan so’ng yaratilgan adabiyot darsliklarida asosiy e’tibor o’quvchilarga o’zbek adabiyotining naqadar boy va jozibali ekanini anglatishga qaratildi. Shuningdek, bir milliy adabiyot namunalariga “mehnatkashlar adabiyoti”, “saroy adabiyoti” va “diniy-mistik adabiyot” tarzida qarama-qarshi qo’yib yondashish an’anasi barham topdi4. Ko’p asrlik o’zbek adabiyotiga umumiy badiiy boylik va millat ma’naviyatini shakllantirishda baravariga qatnashishi mumkin estetik imkoniyat tarzida yondashildi.



    Download 0,69 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -yilda Fitratning “Adabiyot qoidalari”

    Download 0,69 Mb.