|
Ona tili va adabiyot fanidan
|
bet | 18/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgSAVOL VA TOPShIRIQLAR
Ona tili ta’limidagi muammolar va ularni bartaraf etishga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlaridan xabaringiz bormi?
Adabiy ta’lim va uni takomillashtirish mavzusidagi maqolalardan birini
ayting.
Baxtiyor Menglievning ona tili ta’limini takomillashtirishga bag’ishlangan maqolalarda qaysi masalalar dolzarb muammo sifatida ko’tarilgan?
So’nggi yillarda chop etilgan nashrlarda kitobxonlikni rivojlantirish bo’yicha qanday takliflar berilgan?
Ona tili va adabiyot o’qitishdagi muammolar va ularni bartaraf etishga kim mas’ul deb o’ylaysiz? Shaxsan o’zingiz bu borada nima qilyapsiz?
ONA TILI VA ADABIYOT TA’LIMINING TARIXI.
Darsliklar o’quvchiga fan bo’yicha zarur bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni egallashga yordam beruvchi asosiy manbadir3.
Darsliklarni yaratishga urinish qadimdan mavjud bo’lgan. Madrasa va ilm maskanlarida Sa’diyning “Bo’ston”, “Guliston” asarlari, keyinroq Yassaviy, Hofiz, Navoiy, Olloyorning badiiy etuk, tili sodda asarlari o’rgatilgan.
Bu haqda adabiyotshunos U. Dolimov yozadi: “Abjaddan keyin «haftiyak» o’rgatilgan. «Haftiyak»da 13-14 kichik-kichik suralar jamlangan bo’lib, «Qur’on»ni o’qish va yodlashdagi bir bosqichdir. Bunda muallim «Qur’on» suralaridagi so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga, ba’zi bir yodlash qobiliyati kuchli bo’lgan, chiroyli tovushga ega bo’lgan o’quvchilarni qiroat bilan ta’sirli o’qishga o’rgatgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, turkistonlik ma’rifatparvarlar orasida xalq turmushining mavjud holatidan qoniqmaslik, uni engillashtirish, millat ahliga odamga munosib hayot kechirish yo’llarini ko’rsatishga urinish mayli paydo bo’ldi. Asrning oxirlarida ilg’or oydinlarimiz Ismoilbey Gaspralining «Xo’jai sibyon» alifbo
Уньт Э.И. Индивидаулизация и дифференциация обучения. – М.: Педагогика, 1990
27
|
| |