|
darsligi, «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh» metodik qo’llanmas
|
bet | 19/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgdarsligi, «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh» metodik qo’llanmasi ta’sirida usuli jadidni ta’lim amaliyotiga olib kira boshladilar. Sho’ro hukmronligining dastlabki yillarida O’zbekistonda ko’plab pedagoglar tayyorlaydigan texnikumlar, kurslar tashkil qilindi.
Sho’ro hukumati ta’lim tizimidagi barcha muassasalarning so’zsiz kommunistik mafkura izmida bo’lishini istardi. Buning uchun esa o’quv rejasi, dastur, darsliklarni bir xillashtirish va majburiy qilish kerak edi. 1918-yilda hamma uchun majburiy bo’lgan ilk ona tili va adabiyot dasturi ishlab chiqildi. Shu yil “Maorif va o’qitg’uvchi” jurnalida, boshqa predmetlar qatori, birinchi adabiyot dasturi ham bosildi. Bu dasturda 5-7- sinflarda ona tili va adabiyot predmeti o’qitilishi qanday amalga oshirilishi belgilab berilgandi.
Shokirjon Rahimiy o’zbek tilidagi birinchi alifbe darsligi – «Sovg’a» (1919), shuningdek, «Ona tili» (1918, Fitrat va Q.Ramazon bilan hamkorlikda), «Kattalarga o’qish» (1920), «Alifbe darsligi» (1922), «Kattalar yo’ldoshi» (1924), «Kattalar alifbesi» (1927), «Savod» (1930),
«O’zbek tili. Ish kitobi» (1932) singari darslik va o’quv qo’llanmalar muallifi edi. Ko’rinadiki, dastlabki ta’limga yo’naltiruvchi darsliklar 1920-yillarda yaratilgan. Shu yillarda boshlang’ich va etti yillik maktablar uchun adabiyotdan dastlabki majmualar tuzildi. To’g’ri, XX asr boshlarida ham Munavvarqori («Sabzazor»), A.
Avloniy («Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Adabiyot yoxud milliy she’rlar»), Hamza («Engil adabiyot», «Qiroat kitobi») kabi jadidlar turli majmualar tuzishgandi. Lekin ular, asosan, boshlang’ich maktabga atalgan bo’lib, tarbiyaviy yo’nalishdagi matnlarnigina o’z ichiga olib, zarur didaktik apparatlar bilan ta’minlanmagan didaktik ashyolar edi.
1924-yilda Elbek “Go’zal yozg’ichlar”, 1926-yilda Cho’lpon ”Adabiyot parchalari” xrestomatiyalarini tuzdilar. 1924-yilda A. Sa’diy o’zi ishlab chiqqan dastur asosida “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” darsligini yaratadi. Bular Ovro’po andazalariga bir qadar mos keladigan o’quv manbalari bo’lib, millat badiiy tafakkuri o’sishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Bu darslikda ham oldingi an’analarga ko’ra, adabiyot nazariyasiga katta e’tibor qaratilib, badiiy asar matni biror nazariy qarashni asoslash uchun keltirilardi xolos.
|
| |