• Yangi davr o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyotiga mansub lirik asarlarni o‘rganish. Tayanch so‘z va iboralar
  • 1.1. MAKTAB ADABIY TA’LIMIDA LIRIK ASARLARNING O‘RGANILISHI VA O‘ZIGA XOSIGI
  • AMALIY MASHGULOTLAR MAZMUNI




    Download 0,69 Mb.
    bet28/143
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #116605
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   143
    Bog'liq
    Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

    AMALIY MASHGULOTLAR MAZMUNI
    1- MAVZU. ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA O‘QITISH METODLARI
    Reja:


    1. Maktab adabiy ta’limida lirik asarlarning o‘rganilishi va o‘ziga xosigi.


    2. Mumtoz lirik asarlarni janr xususiyatiga ko‘ra o‘rganish.



    1. Yangi davr o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyotiga mansub lirik asarlarni o‘rganish.



    Tayanch so‘z va iboralar: Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarini texnik va kreativ fikrlash, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish. O‘quv jarayonini fan va ishlab chiqarish bilan samarali integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan faoliyatni tashkil etish. Ona tili va adabiyot fanini o‘qitish metodikasi. Adabiy ta’limda lirik tur. Uning o‘ziga xos bosqichlari. Mumtoz lirika, aruziy tafakkur g‘azal va uning o‘quv tahlili. Ruboiy nufuzli janr. Nazariy bilimlarni berishda geometrik shakllar. Tuyuq, qit’a, chiston janrlari. Lirik qahramon, shoir shaxsi tushunchalari. O‘zbek adabiyoti va jahon adabiyotiga mansub lirik asarlar. Ularning shoir xususiyatlari.


    1.1. MAKTAB ADABIY TA’LIMIDA LIRIK ASARLARNING O‘RGANILISHI VA O‘ZIGA XOSIGI
    Adabiy ta’limda lirik tur namunalariga salmoqli o‘rin ajratilgan. O‘quvchilarga singdiriladigan nazariy ma’lumotlarning katta qismi ham shu adabiy tur namunalari bilan bog‘liq. Lekin umumiy o‘rta maktablarda lirika namunalarini o‘qitish silliq kechmayotgani, bu borada ko‘p muammolar borligi sohaga daxldor shaxslarga ma’lum haqiqat.
    Maktab adabiyot dasturiga nazar tashlasak, o‘rganishga tavsiya etilgan lirik asarlarni, avvalo, zamon va makon nuqtai nazaridan, ikkinchidan, she’riy tizimga mansubligi jihatidan tasniflash mumkin. Birinchi tasnifga ko‘ra lirik asarlar mumtoz adabiyot, yangi davr o‘zbek adabiyoti hamda jahon adabiyoti namunadari tarzida nomoyon bo‘ladi. Ikkinchi tasnifga ko‘ra esa aruz she’riyati, barmoqdagi she’rlar hamda sarbast namunalaridir. Adabiyot muallimi o‘qitishda lirik turning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olishi va ular haqida tarbiyalanuvchilarga tushuncha berish bilan birga har bir she’rni o‘rganishda davomli tarzda diqqat markazida tutmog‘i lozim. Lirik turning a) vaznga solinishi; b) qofiyalanishi; s) unda ruhiy holat va kechinmalar qalamga olinishi; d) doimiy ravishda inversiyaga yo‘l berilishi kabi xususiyatlari talqin va tahlilda asos bo‘lib xizmat qiladi6.
    Ta’kidlash joizki, maktab amaliyotida lirik asarlarni o‘qitishda muallimlar tomonidan qator tipik xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Ular quyidagilar:
    1. Полат Е.С. Метод проектов: типология и структура / Лицейское и гимназическое образование. 2002.9-С.9-17



    37
    1. she’rlar faqat matni bilan tanishtirilib, deyarli tahlil qilinmayotganligi; 2) ayrim o‘qituvchilar lirik asarlarni o‘rganishda ularni yodlatish bilan kifoyalanib qolayotganligi; 3) o‘quvchilarda lirik tur janrlari to‘g‘risida nazariy ma’lumotlar yuzaki o‘rganilayotganligi; 4) ifodali o‘qish malakasi shakllantirilmayotganligi. Aslida bu nuqsonlar adabiyot muallimining ilmiy-nazariy va metodik tayyorgarligidagi kamchiliklar bilan izohlanadi.



    Lirik turni o‘qitishda uning o‘ziga xos bosqichlari bor, ular quyidagilar: a) she’r matni bilan tanishtirish (bunda o‘qituvchining o‘zi yoki o‘quvchilardan biri she’rni ifodali o‘qib eshittiradi); b) she’rda ifodalanayotgan fikr aniqlanadi (ya’ni shoir nima deyapti); s) she’rdagi aniqlangan fikr, ishtirok etayotgan obrazlardan kelib chiqib mavzusi belgilanadi; v) aniqlangan fikrni berishdagi shoirning mahorati tahlil qilinadi. Misol tariqasida sinflar kesimida bir-ikkitadan she’rni olish mumkin: 5-sinfdan Mirtemirning “Baliq ovi”, 6-sinfdan Hamid Olimjonning “O‘zbekiston”, 7-sinfdan Hamzaning “Dardiga darmon istamas”, 8-sinfdan Navoiyning “Kelmadi” g‘azali, 9-sinfdan Abdulla Oripov she’rlaridan birini olish mumkin.


    Download 0,69 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   143




    Download 0,69 Mb.