Xona, nota, roua, bop, xusli, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab |
ANIQLANGAN BO‘SHLIQLAR USTIDA ISHLASH
|
bet | 25/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgBu sahifa navigatsiya:
- Xona, nota, roua, bop, xusli, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab
3.2. ANIQLANGAN BO‘SHLIQLAR USTIDA ISHLASH
1. Imlo va harflar xususida:
1930-1940 yilardagi lotin grafikasi, 1956-yildagi imlo qoidalari. 1989-yilgi, 1993(1995)-yildagi Alifbo, 1995-yilgi imlo qoidalari bilan yaqindan tanishtiriladi.
2. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari, harflar imlosi.
yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi: 1) baland, Samarqand, poyezd; do‘st, past, artist, g‘isht kabi so‘zlarda d, t tovushi ba’zan aytilmasa ham, yoziladi; 2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o‘zlashma so‘zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so‘zga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo‘shilsa, so‘z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall +lar q metallar, kilogramni + miq kilogrammi kabi. Nu'mon, shu'la kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan keyin shu unli tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi; mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziqroq aytilsa ham, tutuq, belgisi qo‘yilmaydi;
3. Asos va qo‘shimchalar imlosi, qo‘shib yozish.
Undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qo‘shiladi: o1 oluv, yoz - yozuv
kabi; undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz — uzuq, yut
— yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq, bulduriq (shuningdek bulduriq) kabi so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi.
Xona, nota, roua, bop, xusli, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so‘zi bilan ifodalangan joy nomlari qo‘shib yoziladi
4. Chiziqcha bilan yozish, ajratib yozish
juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi; juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: do‘st-u dushman (do‘st-dushman), kecha-yu kunduz (-kecha-kunduz) kabi; etakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qo‘yasan, uxlabman-qolibman kabi.
|
| |