|
YANGI DAVR O‘ZBEK ADABIYOTIGA MANSUB LIRIK ASARLARNI O‘RGANISH
|
bet | 33/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org1.3. YANGI DAVR O‘ZBEK ADABIYOTIGA MANSUB LIRIK ASARLARNI O‘RGANISH
Yangi davr o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyotiga mansub lirik asarlarni o‘rganishda zamon va makon voqeligi hamda shoirning shaxsiyati (taqdiri, dunyoqarashi kabi biografiy ma’lumotlar hamda uning ijodiy tafakkurini shakllanishiga turtki bo‘lgan) kabi omillarga diqqat qaratmoq lozim. Lirikaning belgilovchi xususiyatini adabiyot muallimi o‘quvchilarning doimiy e’tiborida tutib turmog‘i kerak, ya’ni bu tur o‘ziga xosligi sifatida uning tuyg‘u-kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya’ni epos va dramadan farqli ravishda, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Buni tushunmagan o‘quvchi she’riy asardan ruhiyat, kechinma emas, voqelik axtaradi.
Shu o‘rinda o‘qituvchi lirik qahramon tushunchasiga e’tiborli bo‘lishi kerak. Lirikaning asosiy obrazi – lirik qahramon (ba’zan u lirik subekt deb ham yuritiladi). Ko‘pincha lirik qahramon deganda muallif tushuniladiki, bu har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Zero, shoir o‘zining kechinmalarini tasvirlashi ham, o‘zganing ruhiyatiga kirgan holda o‘sha «o‘zga shaxs» kechinmalarini tasvirlashi ham mumkin bo‘ladi. Bu o‘rinda yana bir muhim masala shuki, she’rda hatto shoir o‘z kechinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real shoir orasiga tenglik alomati qo‘yib bo‘lmaydi. Demak, muallim she’riy asarni o‘rganishda lirik qahramon
Уньт Э.И. Индивидаулизация и дифференциация обучения. – М.: Педагогика, 1990
43
muallifmi yoki “o‘zga shaxs”mi – buni tarbiyalanuvchilar qanday qabul qilayotganligini nazardan qochirmasligi kerak. Bu biografik ma’lumotlarni hamda she’rni qanchalik to‘g‘ri o‘rganishga hamda ularni to‘g‘ri nisbatlashga bog‘liq. Agar she’rda biografik chizgilar bo‘lsa, o‘rganilgan biografik ma’lumotlarni o‘quvchilarning o‘zlari topa olishlariga erishish kerak. Bunda o‘qituvchining to‘g‘ri yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlarni qo‘ya bilishi muhim. Masalan, 5-sinfda Usmon Nosirning “Oydin kecha – sutdek oppoq...” she’rini o‘rganishda uning Boltiq va Oq dengiz bo‘ylariga safariga bog‘lanishini keltirish mumkin. Cho‘lpon va Fitrat she’riyatini o‘rganishda ularning shaxsiyatidagi vatanparvarlik fazilatiga urg‘u berish kerak bo‘ladi. Ayni paytda ularning she’riyatidagi vatanparvar qahramon ularning o‘zigana emas, balki ularga zamondosh fidoiy insonlar, shuningdek, qaysi zamonda yashamasin o‘z Vatani uchun qayg‘uradigan zotlarning umumlashma obrazi ekanligi o‘quvchilarga etkazilishi shart. Hanrix Haynening “Onam fon Heldern V.Haynega” she’rida ifodalangan onaga ehtirom ayni paytda barcha insonlarga xos kechinmadir. Shuningdek, 9sinfda berilgan ishqiy she’rlaridagi ruhiy holatlar millati va qaysi zamonda yashashidan qat’i nazar hamma insonlar uchun umumiy kechinmalari ekanligini tarbiyalanuvchilar she’rni tahlillash asnosida anglashlari va bunga iqror bo‘lishlari kerak.
|
| |