• Tayanch so‘z va iboralar
  • Ona tili fani mazmunining o‘ziga xosligi
  • -MAVZU. ONA TILI O‘QITISH METODIKASI (SODDA GAPLAR




    Download 0,69 Mb.
    bet35/143
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #116605
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143
    Bog'liq
    Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

    2-MAVZU. ONA TILI O‘QITISH METODIKASI (SODDA GAPLAR
    MISOLIDA)

    Reja:
    1.Ona tili fani mazmunining o‘ziga xosligi.
    2.Ona tilini o‘qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari.

    3.Sodda va qo‘shma gaplarni farqlash.
    4.Sodda gaplar va ularda eganing ishtiroki.
    Tayanch so‘z va iboralar: Ona tili fani mazmunining o‘ziga xosligi. Maktab ona tili kursida tayanch tushunchalar va munosabatlar. Ona tilini o‘qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari. Sodda va qo‘shma gaplarni farqlash. Uyushiq kesimlar hamda birikmali hol ishtirok etgan sodda gaplar va qo‘shma gaplarni o‘rganishda e’tibor karatish kerak bo‘lgan jihatlar.


    Ona tili fani mazmunining o‘ziga xosligi
    Mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun olib borilayotgan iqtisodiyijtimoiy,
    madaniy-ma’naviy sohalardagi keng ko‘lamli ishlar, jamiyat taraqqiyotini
    ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish, shuningdek, mustaqil fikr egasi, erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Кadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ona tili o‘qitishni ham tashkiliy, ham mazmuniy jihatdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
    O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilangan bo‘lib, unda ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limining
    45
    majburiyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari (DTS) doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim

    dasturlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lish va


    iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish o‘z ifodasini topgan.
    Maktabda ona tilining o‘qitilishi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan ana shu prinsiplarga tayanadi. Modomiki, maktab ta’limida ona tili eng asosiy va yetakchi o‘quv fanlaridan biri ekan, oliy ta’limning bakalavr tizimida «Ona tili o‘qitish metodikasi» ham xuddi shunday mavqega ega. Har bir avlod oldida
    insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o‘rganish, o‘zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi.
    Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishning birdan-bir yo‘li ta’lim tizimini tinmay takomillashtirib borish orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chuqur qurollantirishdir.
    O‘quvchi va talabalarni ona tili darslarida mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ular ongida ma’naviy-ma’rifiy inqilob hosil qilishga intilish lozim. Shuning uchun yangi dastur va darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg‘ulotlarni o‘quvchi va talabalarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.
    Til o‘qitishda til va nutq hodisalarining farqiga yetmaslik ko‘pgina chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda. Til va nutq tushunchalarini bir-biridan ilmiy asosda farqlash uni o‘qitish metodikasi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki til birliklarining grammatik belgilarini, birikuvini va vazifasini bilishning o‘zi mazkur tildagi nutqni egallash uchun yetarli emas. Asosiy maqsad tilning grammatik qurilishi asosida nutq faoliyatini egallash bo‘lganligi sababli, mashg‘ulot materiallarini tanlash, darslarni tashkil etish ishlari o‘quvchi va talabaning nutqini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim. Shuning uchun til ma’ruza orqali emas, balki nutq ko‘rinishlarini tahlil qilish, so‘z birikmasi va gap modellarini o‘zlashtirish, esda saqlash orqali o‘rganiladi. Hozirgi dolzarb masalalardan biri o‘zbek tilining kasb-hunar, ilmfan va texnika tili sifatidagi lisoniy asosini kengaytirish, atamalarini boyitishdir. Uzoq yillar bu soha chetda qolib keldi. Кeyingi yillarda bu sohada burilish yuz berdi: tilimizning kasb-hunar va ilmiy-texnika tili va atamalarida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Adabiy tilimizdagi mazkur yangilik va o‘zgarishlarning asoslarini o‘quvchi to‘g‘ri anglashni maqsad qilib, unga dastur va darsliklarda alohida o‘rinlar ajratiladi.
    «Ona tili» darslarida uzundan-uzoq, murakkab grammatik qoidalarni, «O‘zbek adabiyoti» darslarida ijodkor hayotidagi o‘tkinchi sana va voqealarni yodlashga majbur qilmasdan, balki ona tilida sof so‘zlash, o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalay olish, mustaqil fikrlash, badiiy asarni ifodali o‘qish, uning ruhini his qilish, badiiy san’atidan lazzatlanish, so‘zdan zavqlanish ruhida ta’lim bermoq kerak. Ona tili va adabiyot o‘qitishdan kutilgan pirovard natija – shu! Shunday qilib, ona tili o‘qitishning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan uni adabiyot bilan bog‘lab olib borishga bog‘liq, yoki aksincha. Aslida, ona tili, adabiyot darslarida ham o‘rganiladi. Masalan, badiiy asarning tilini tahlil etish davomida ba’zi grammatik shakllarning uslubiy ahamiyati, sinonimlarning nutqda tutgan o‘rni izohlanadi va hokazo; o‘quvchi va
    46

    talabalar tilning turli ifoda vositalari bilan tanishib boradilar. Badiiy asar tili bo‘yicha muayyan bir izchillikda olib boriladigan ishlar o‘quvchi va talabalarning so‘z boyligini oshiradi va nutqini o‘stiradi. Adabiy asarning tasviriy vositalari bo‘yicha sinfda va undan tashqari bajarilgan ishlar natijasida o‘quvchi va talabalar so‘z haqida, uning turli nutq uslubidagi o‘rni haqida kengroq tushunchaga ega bo‘la boradilar. Xilma-xil ifoda jilolari tilning estetik ta’siri va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Ona tili o‘rta maktab, akademik litseylar va kasbhunar kollejlarida o‘rganiladigan barcha fanlarni puxta o‘zlashtirish uchun muhim «kalit» sanaladi. Til vositasida o‘quvchi va talaba boshqa fanlarni o‘rganadi. Barcha fanlar yuzasidan fikrni yozma va og‘zaki ravishda bayon qilish orqali u o‘z ona tilini ham mukammal o‘rganib boradi. Ma’lumki, pedagogika institutlari va universitetlarning filologiya fakultetlari bakalavriyatini bitirib chiqadigan mutaxassislarning asosiy qismi o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi sifatida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga boradi. Shu bois, bo‘lajak mutaxassislar uchun «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani yetakchi fanlardan biri bo‘lib, uning oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishi muhim zaruriyatdir. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishi maktabda ona tili fanining tutgan o‘rni bilan ham belgilanadi. «Ona tili» maktab ta’limi tizimida eng yetakchi fanlardan biri bo‘lib, jamiyat a’zolarini ijodiy fikrlashga, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o‘rgatadi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» pedagogik sikldagi fanlardan biri bo‘lib, u didaktika bilan uzviy bog‘langan va xususiy didaktika sikldagi fanlardan biri sanaladi. Chunki umumiy didaktikaning barcha masalalari bevosita xususiy didaktika, shu jumladan, ona tili ta’limi bilan bevosita aloqadordir. Ta’limning umumdidaktik asoslaridan xabardor bo‘lgan talaba «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanini osonlik bilan o‘zlashtiradi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» o‘ziga xos mustaqil fan sanaladi. Chunki bu fan maktabda ona tili «Nima uchun o‘qitiladi?», «Nega shunday o‘qitiladi?», «Nima o‘qitiladi?», «Qanday o‘qitiladi?», «Ona tili ta’limi qanday tashkiliy shakllar vositasida amalga oshiriladi?» degan savollarga javob izlaydi. «Ona tili o‘qitish metodikasi»ning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va hozirgi ahvoli. Uzoq tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy va g‘oyaviy to‘siqlarga qaramay, O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlar kabi ilg‘or fikr egalarini, dunyoga mashhur buyuk olim, shoir va san’at ahllarini yetkazdi, insoniyatga ilm-fan, madaniyat va adabiyot sohasida o‘lmas yodgorliklar taqdim etdi. Abu Nasr Forobiy, Mahmud Кoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Munis Xorazmiy kabi olim va shoirlar o‘z asarlarida o‘sha davr maktablaridagi ta’lim - tarbiya, ilmiy va badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish haqida fikrlar bildirib, metodik fikrning rivojiga ta’sir ko‘rsatdilar.

    Download 0,69 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. ONA TILI O‘QITISH METODIKASI (SODDA GAPLAR

    Download 0,69 Mb.