• Sodda gap turlari
  • Sodda va qo‘shma gaplarni farqlash




    Download 0,69 Mb.
    bet37/143
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #116605
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   143
    Bog'liq
    Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

    3.Sodda va qo‘shma gaplarni farqlash
    49

    Ona tili o‘qitish metodikasi fanining metodologik va ilmiy asoslari. Ona tili o‘qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish nazariyasidir. Gaplar tuzilish jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:



    1. Sodda gap bir predikativ birlikdan iborat bo‘lib, uning tarkibi ayrim gaplarga bo‘linmaydi. Masalan: G‘ir-g‘ir shabada turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi. (O.). Oqil va donolar bilan suhbatdosh bo‘ling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).



    1. Qo‘shma gap mazmun va grammatik jihatdan birikkan ikki va undan ortiq predikativ birliklardan tuzilib, uning tarkibi ikki va undan ortiq gaplarga bo‘linadi. Masalan: Hali daraxtlar barg chiqarmaganu, pushti guldastaga o‘xshab gullagan bir tup bodom qo‘shni hovlining devori osha yashnab turibdi. (P.Q.). Haqiqiy do‘stlik suvdek zilol, qalbaki do‘stlik – tuz qo‘shilgan asal. (Maqol).





    Sodda gap turlari
    Sodda gaplar grammatik asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: ikki bosh bo‘lakli gaplar va bir bosh bo‘lakli gaplar. Grammatik asosi ikki bosh bo‘lakdan ega va kesimdan iborat bo‘lgan gaplar ikki bosh bo‘lakli gaplar deyiladi. Masalan: Mehnatdan do‘st ortar. (Maqol).
    Grammatik asosi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘lgan gaplar bir bosh bo‘lakli gap deb yuritiladi. Masalan: Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. (Maqol).
    Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning qatnashishi-qatnashmasligiga ko‘ra ikki xid bo‘ladi: yig‘iq gaplar va yoyiq gaplar.
    Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap, ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov). Birinchi gap yig‘iq gap bo‘lib, faqat bosh bo‘laklardan tuzilgan. Ikkinchi gapda bosh bo‘laklar (bulutlar – ega, to‘sib turardi – kesim)dan tashqari , ikkinchi darajali bo‘laklar ham (hamon, qaysarlik bilan - hollar, quyosh - aniqlovchi, yuzini – to‘ldiruvchi) qatnashgan. Shuning uchun bu gap yoyiq gapdir.
    Bir bosh bo‘lakli gaplar ham, ikki bosh bo‘lakli gaplar ham zarur bo‘laklarning to‘la ifodalanishi yoki tushirilishiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: to‘liq gap va to‘liqsiz gap. To‘liq gaplarda zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi, to‘liqsiz gaplarda zarur bo‘laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi.
    Masalan: - Ilgari qaerda ishlagan edilar? (To‘liq gap). – Dastavval Surxondaryoda, keyin qarshi cho‘lida. (O.Y.) (To‘liqsiz gap).
    Sodda gaplar bo‘laklarga ajralish-ajralmasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: bo‘laklarga ajraladigan gaplar va bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar. So‘zlar bog‘lanmasidan yoki yakka so‘zdan tuzilib, gap bo‘laklarini aniqlash (ajratish) mumkin bo‘lgan gaplar bo‘laklarga ajraladigan gaplar deb yuritiladi. Masalan: Mashina darvoza oldida to‘xtadi. (O.Y.). Bir so‘zdan tashkil topib, tarkibi bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar deyiladi. Masalan: - Assalomu alaykum, dada. (P.Q.).

    Download 0,69 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   143




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sodda va qo‘shma gaplarni farqlash

    Download 0,69 Mb.