• Boshqaruv funksiyasi
  • Rejalashtirish
  • Ta’lim sifati
  • Strategik rejalashtirish
  • Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет




    Download 4,19 Mb.
    bet1/65
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,19 Mb.
    #251649
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
    Bog'liq
    Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos


    Adabiyotlardan iqtibos

    1. Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет

    Ma’limki, jamiyat va ta’lim qadriyatlarini avtoritar, zo‘rovonlik yo‘li bilan o‘rnatib bo‘lmaydi, ular ta’lim texnologiyalari va mazmunining rivojlanishi, ijtimoiy-madaniy muhitning va jamiyatning o‘zgarishi bilan birga tadrijiy tarzda taraqqiy topib boradi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 23 б.)
    Qadriyatlar umuminsoniy, milliy-madaniy va mayyan ijtimoiy-madaniy shakllarning sintezi bo‘lgani holda, ta’lim standartlariga va uning mazmuniga obyektiv tarzda kirgan bo‘ladi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 24 б.)
    Maqsadlarni ta’riflash jarayonida ziddiyatdan muammoni anglab yetish va keyinchalik qonun ijodkorligi hujjatlari sari rivojlanish mantig‘i bo‘yicha to‘g‘ri yo‘ldan borayotgandek tuyuladi. Qonun ijodkorligi loyihasida maqsad qayd etiladi. Biroq maqsad keng ko‘lamli bo‘lgani bilan, ko‘pincha unga erishishning bosqichma-bosqich jarayonida kutilmaganda paydo bo‘ladigan bevosita va bilvosita oqibatlar chuqur ishlab chiqilmagan bo‘ladi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 54 б.)
    Jamiyat hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar kishilar ijtimoiy faoliyatining shakl va metodlari jadal ortib borishiga olib keladi. Bu esa, tizimli tahlil nuqtai nazaridan, davlat va jamoat tuzilmalarining ular bilan ishlash shakllari va metodlari xilma-xilligi ortib borishi kerakligini bildiradi. Ular yanada dinamik bo‘lishi va o‘zgarishlarga tezroq moslashishi, boshqaruv obyektining muhim tomoni bo‘lmish nomuayyanlikni hisobga olishni ham uzviy qamrab olish lozim. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 61 б.)
    Boshqaruv xodimi tuzilmalari inson faoliyatini muayyan maqsad yo‘lida tashkil etish, belgilangan marralarga erishishga doir aniq ijtimoiy chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy vositaga nihoyatda muhtoj. (Афанасев В.Г. Общество: системность, познание и управление М., 1981. С. 369.)
    Sh. Qurbonov boshqaruv samarasi ko‘p jihatdan modellashtirishga bog‘liqligini, modellashtirish tizimning boshlang‘ich ko‘rsatgichlari va ehtimol tutilgan dinamikasining belgilanishi, tashkiliy-iqtisodiy resurslar hisoblab chiqilishida muhim ekanligini takidlaydi, shuningdek, tadqiqotda modelni biron-bir obyektni aks ettiradigan tizim sifatida tasavvur qiladi. U ko‘rsatgichlar sxemasi shakliga ega bo‘lib, bunday holda boshqa (modellashtirilayotgan) obyektga o‘xshab qoladigan real obyekt sifatida mavjud bo‘lishini tushuntiradi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 67 б.)
    Ta’limni modellashtirish muammolari o‘zgaruvchanligi miqdoriy o‘lchashda vujudga keladi. U yoki bu sifat ko‘rsatgichlarini kiritishdan oldin, jarayonlarning qadriyat tabiati bilan kelishilgan holda, ularni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yish mumkinligi haqidagi masalani hal qilish zarur. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 67 б.)
    Faoliyatning aniq turini tuzishdan oldin konseptual model yaratiladi. U go‘yoki keying o‘ziga xos barcha modellarga zamin yaratib, ularni sharhlash va taqqoslashda yordam beradi. Konsepsiya mazmuni modelda o‘z akasini topadi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 68 б.)
    Ta’lim muhiti xususiyati uni mehnatdan farqlaydi. Bu mehnat jarayonida amaliyot inson oldiga qo‘yadigan hayotiy vaziyat; ta’lim, bu – imitatsion model bo‘lib, uning mazmuni muhim tarkibiy qismlarda o‘quvchi tomonidan loyihalashtiriladigan bo‘ladi. Ammo ta’lim shunchaki immitatsion model emas, balki o‘quvchi bilan o‘qituvchining murakkab, integratsiyalashgan birgalikdagi alohida faoliyati demakdir. Bunda qadriyatlar aloqasi yuz beradi, ularni o‘zlashtirish mexanizmlarivujudga keladi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 74-75 б.)
    Shuni qayd qilish kerakki, ta’lim tizimining omili modeliga muvofiq unga quyidagi to‘rt yo‘nalish bo‘yicha ta’sir ko‘rsatish mumkin:

    1. tizimning tashqi manbalariga, ya’ni uning tashqarida faoliyat ko‘rsatishini keltirib chiqaruvchi va belgilovchi sabablariga ta’sir ko‘rsatish;

    2. ta’lim tizimining ichki manbalariga, ya’ni uning ichidan faoliyat ko‘rsatishini keltirib chiqaruvchi va belgilovchi sabablariga ta’sir ko‘rsatish;

    3. ta’lim jarayoni shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish

    4. ta’lim jarayoni omillariga, ya’ni uning ayrim o‘zgaruvchan modellariga ta’sir etuvchi sabablarga ta’sir ko‘rsatish. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 77 б.)

    … boshqaruv tizimi xususiyatlari, boshqaruv jarayoni tavsiflari hamda turli tashqi va ichki sharoitlarda faoliyat yuritish va rivojlanish natijlari o‘rtasida qonuniy aloqalar alohida ilmiy fan bo‘lgan boshqaruvning umumiy vazifasi hisoblanadi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 81 б.)
    Ta’lim muassasasi, har qanday tashkilot singari ajralgan holda emas, balki muayyan ijtimoiy muhitda faoliyat ko‘rsatadi. Boshqaruvning bir xil tizimi boshqa sharoitlarda samarali bo‘lishi mumkin. Shu boisdan boshqaruv natijalari u qanday sharoitlarda amalga oshirilishiga qay darjada bog‘liqligini o‘rganishi lozim. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 82 б.)
    Ta’limni boshqarish funksiyalari – bu ular boshqaradigan kichik tizim boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatishida yordam beradigan faoliyat turlaridir. Boshqaruv funksiyalari umumi va xususiy (maxsu) funksiyalarga bo‘linadi. Umumiy funksiyalar boshqaruvning barcha ijtimoiy tizimlariga xos funksiyalardir. Xususiy fuksiyalar muayyan xususiyatga ega.
    Menejmenga tatbiqan strategik rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiyalash, nazorat qilish kabi umumiy funksiyalar ajratib ko‘rsatiladi.
    Strategik rejalashtirish tashkilotning o‘z maqsadlariga maqbul darajada erishish uchun qo‘llaniladigan harakatlar yig‘indisidir.
    Strategik rejalashtirishning mohiyati tashkilotning maqsadlariga erishishga qaratilgan o‘ziga xos strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Menejmentga tatbiqa strategiya tashkilotning maqsadlariga maqbul darajada erishishni ta’minlaydigan har tomonlama majmuini rejalashtirishni bildiradi.
    Strategik rejalashtirish boshqaruv faoliyatining to‘rtta asosiy turini: resurslarni taqsimlash; tashqi muhitga moslashish; ichki muvofiqlashtirish; oldindan ko‘ra biladigan uyushgan strategiyani ko‘zda tutadi.
    Strategiyani amalga oshirish boshqaruv fuksiyasi bo‘lmish rejalashtirishning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Strategiyani amalga oshirish uchun, avvalo, taktika zarur. Tashkilotning strategiyasida aks ettirilgan uzoq muddatli maqsadlari bosqichlarga yoki qisqa muddatli maqsadlarga bo‘linishi kerak. Qisqa muddatli maqsadlarga erishish esa batafsil ishlab chiqilgan rejaga, taktika deb nomlanuvchi o‘ziga xos qisqa muddatli strategiyaga asoslanishi lozim. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 90 б.)
    Taktika strategiyani rivojlantirishda ishlab chiqiladi. U strategiyaga nisbatan birmuncha qisqa muddatga mo‘ljallangan. Strategiya natijalari, odatda, bir necha yildan keyin, taktika natijalari esa tez orada namoyon bo‘lib, qo‘yilgan muayyan mqasadar bilan oson taqqoslanadi. Va, nihoyat, agar strategiya, odatda, boshqaruvorgonining yuqori idoralari tomonidan belgilangan bo‘lsa, taktika ko‘pincha boshqaruvning o‘rta bo‘g‘ini rahbarligi darajasida ishlab chiqiladi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 90-91 б.)
    Uzoq muddatli (strategik) va taktik rejalarni bir-biri bilan bog‘lash uchun ta’limni boshqarish organi (ta’lim muassasasi)ning maqsadlarga erishishni yengillashtiradigan harakatlar va qarorlar qabul qilish uchun umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan siyosatini ishlab chiqish zarur.
    Siyosat esa qoidalar ishlab chiqish va ularga rioya etishni taqozo etadi. Qoida muayyan vaziyatda harakat qilish tartibini aniq belgilaydi.
    Strategik rejaning amalga oshirilishi taktika siyosat va qoidalarni ishlab chiqish bilan birga, qo‘yilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan nazorat qilishni mazarda tutadi. Bunda nazorat topshiriqlarining hajmi va muddatlari, belgilangan ko‘rsatgichlarning butun majmui bo‘yicha bajarilishini tekshirishni taqozo qiladi. Bundan tashqari nazorat ta’sirchan bo‘lishi, ya’ni aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi kerak.
    Tashkilot – ta’limni boshqarish organi (ta’lim muassasasi) maqsadlarga erishish uchun odamlarning birgalikda samarali ishlashi uchun shart-sharoit yaratishni ko‘zda tutadigan boshqaruv funksiyasi. Tashkilot vakolatlar va javobgarlik mavjud bo‘lishini, shuningdek, vakolat berish imkonini nazarda tutadi.
    Vakolatlar menejerlarning tashkilotning muayyan resurslaridan foydalanish, shuningdek, say-harakatni u yoki bu vazifalarni bajarishga yo‘naltirish huquqidir.
    Javobgarlik – qo‘yilgan vazifalarni bajarish va ularni noto‘g‘ri bajarganda jazo olish majburiyati demakdir.
    Vakolat berish – muayyan vazifalarni bajarish bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan shaxsga o‘z vakolatini topshirish demakdir. Vakolatlar muayyan odamga emas, balki mansabga beriladi. Ammo amalda ayrim rahbarlar bu ishni o‘zim boshqalardan yaxshiroq bajaraman, deb hisoblab yoxud qo‘l ostidagi xodimga ishonmay yoki tavakkal qilishdan cho‘chib, vakolatlarni boshqalarga istamay beradilar.
    (muallif: ba’zida rahbar vakolatlarni mansabga emas, odamga beradi.)
    Tashkilotning tuzilishi tashkilotning boshqaruv funksiyasidan iborat muhim jihati hisoblanib, tashkilotning strategic rejasiga maksimal darajada mos bo‘lgan va uning tashqi muhit bilan samarali o‘zaro aloqasi, shuningdek, belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan boshqaruv apparatini tuzishni ko‘zda tutadi.
    Tashkilotning tuzilishi boshqaruvda mehnatning umumiy, xususiy, va yogona turlariga bo‘linishini ko‘zda tutadi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 91 б.)
    Boshqaruv apparati tuzilmasi:
    tuzilmaning boshqaruv maqsadlariga muvofiqligini;
    boshqaruv tuzilmasi va birligini;
    funksiyalarning birlamchiligini va boshqaruv orgonining ikkilamchiligini;
    boshqaruv tuzilmasidan boshqaruv funksiyalarining markazlashuvi va markazlashuvdan chiqarilishi, ixtisoslashuvi va integratsiyalashuvning oqilona uyg‘unlashtirilishini;
    boshqaruv tuzilmasida barcha turdagi faoliyatning kompleks bog‘liqligini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
    Motivatsiya- bu insonni shaxsiy maqsadlarga va (yoki) tashkilot maqsadlariga erishishi uchun faoliyatga undaydigan jarayon. Motivatsiyaning amalga oshirilishi uchun ehtiyojlar va taqdirlashni aniq tasavvur etish talab qilinadi. Xodimlarni motivatsiyalash (undash) menejer tomonidan qo‘l ostidagi xodimlarning bilimini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Bu ehtiyojlar muayyan ierarxiyaga ega.
    Boshqaruv jarayonida boshqaruv subyekti muayyan maqsadlarga erishish uchun boshqariladigan obyektga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda biron-bir maqsadga erishish uchun hatto ta’sir ko‘rsatish turi va xususiyati bir-biridan jiddiy farq qilishi mumkin.
    Boshqaruvning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalaridan kelib chiqqan holda ta’lim sifati va ta’lim muassasasini boshqarishga metodologik yondashuvlar vujudga keltiriladi.
    Kishilar xatti-harakatlarida ehtiyojlar va manfaatlar muhim rol o‘ynaydi. Ehtiyoj – bu insonning biron-bir kamchilikni fiziologik va psixologik his qilishi, taqdirlash esa inson o‘zi uchun qadrli deb hisoblagan barcha narsani his qilish demakdir. Anglab yetilgan ehtiyojlar harakatga undaydi. Odamlarning faoliyati bilan erishiladigan ehtiyojlarning yig‘indisi boshqaruv metodlarining iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruva va ijtimoiy-psixologiksingari motivatsion yo‘nalishlarini belgilab beradi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 92 б.)
    Quyidagilar boshqaruv qarorini matematik metodlar yordamida maqbullashtirishning asosiy bosqichlari hisoblanadi:

    1. Vazjfaning qo‘yilishi

    2. Bir ma’noda, masalan, muayyan son bilan ifodalanishi hamda qo‘yilgan maqsad yechimi natijalarining muvofiqlik darajasini aks ettiradigan samarali mezonni tanlash.

    3. Samaradorlik mezoni kattaligiga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘zgaruvchan miqdorlar (omillar)ni tahlil qilish va o‘lchash

    4. Matematik modelni tuzish

    5. Modelning matematik yechimini topish

    6. Modelni va uning yordamida olingan yechimni mantiqiy va eksperimental tekshirish

    7. Olingan natijalarni amaliyotga qo‘llashga doir tavsiyalarni ishlab chiqish. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 94 б.)

    Boshqaruv funksiyasi – bu boshqaruv obyekti boshqariladigan obyekt o‘rtasidagi boshqariladigan jarayonlarning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi yoki boshqariladigan jarayonlarning uyushganligini ta’minlash uchun boshqaruv tizimidan muayyan xarakatning bajarilishini talab qiladigan munosabat. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 95 б.)
    Menejmentga doir ishlarda boshqaruv harakatlarining rejalashtirish, prognozlash, tahlil qilish, uyushtirish, boshqarish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish, kommunikatsiya, qarorlar qabul qilish, hisobot, nazorat, boholash, xabardor qilish, rag‘batlantirish va hakoza xilma-xil turlari ajratib ko‘rsatiladi.
    Ko‘pincha boshqaruv harakatining ushbu turlarini boshqaruv funksiyasi deb nomlashadi. Aslida, bu noaniq tushuncha. Boshqaruv funksiyasi nafaqat xatti-harakat, balki o‘sha harakatning bajarilishiga qaratilgan obyekt ko‘rsatilgandagina to‘liq belgilangan bo‘ladi. Masalan, “o‘quv-tarbiya jarayonini rejalashtirish” va metodik kengash ishini rejalashtirish … kabi funksiyalar boshqa-boshqa funksiyalardir. (Muallif: Demak, boshqaruv harakatini bir nechta fuksiyalar yordamida amalga oshirish mukin.)
    Shunday qilib, fuksiya turi boshqaruv harakati turi sifatida ham, ushbu harakatga qaratilgan obyekt turi sifatida ham belgilanadi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 96 б.)
    Har bir inson o‘z hayotida ko‘plab qarorlar qabul qiladi, biroq bu boshqaruv qarorlari emas. Boshqaruv – bu shunchaki qarorlarlarni ishlab chiqish emas, balki ko‘plab odamlar birgalikda unumli ishalashi uchun zarur va yetarli bo‘lgan shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishdir. (Muallif: Qaror qabul qilishda strategiya muhim vosita hisoblanadi.) (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 98 б.)
    Boshqaruv jarayoni turkumlik xususiyatiga ega. U amaliy harakatlarga ehtiyojni, maqsadlarni qo‘yishni aniqlashdan boshlanib, ularga erishish va bundan voz kechish bilan tugaydi. Boshqaruv turkumi ichida turli xatti-harakatlar ajratilishi mumkin.
    Ushbu o‘rinda boshqaruv turkumi rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat qilish singari to‘rt asosiy boshqaruv ishining yopiq izchilligi sifatida tushuniladi.
    Rejalashtirish – bu faoliyat ko‘rinishlaridan biri biri ish bo‘lib, uni bajarish natijasida kelgusida qanday natijalarga erishilishi (maqsadlar qo‘yilishi) ko‘zda tutilayotganligi, buning uchun qanday harakatlar qanday izchillikda va qaysi muddatlarda bajarilishi kerakligi, ya’ni nima, qayeda va qay yo‘sinda amalga oshirilishi lozimligi belgilanadi. Kelgusi faoliyatni rejalashtirish ularga erishish uchun zarur bo‘lgan ishning maqsadi, tarkibi tuzilmasi va bajarish muddatlarini belgilash demakdir.
    Ammo faqat rejaning o‘zi yetarli emas. Odamlar birgalikda samarali ishlashi uchun kim va qanday ishlarni bajarishi (funksional majburiyatlari, huquqlari, javobgarligi), bunda kim bilan va qay yo‘sinda o‘zaro munosabatda bo‘lishi lozimligini belgilash (taqsimlash) kerak.
    Bunday vazifalar hal etiladigan ish tashkil qilish deb ataladi. (Muallif: Strategiyani amalga oshirishda tashkilot va xodimlarning maqsad va ehtiyojlari uyg‘unlashtirilishi kerak. Xodimlarga motivatsiya va rag‘batlar berish lozim.)
    Birgalikda ish samarali bo‘lishi uchun, birinchidan, ijrochilar ulardan qanday natijalar va qachon kutilayotganligini yaxshi tushunishlari; ikkinchidan, ular bunga erishishdan manfaatdor bo‘lishlari; uchunchidan, ular o‘z ishlaridan qoniqish hosil qilishlari; to‘rtinchidan, jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit unumli ishlash uchun qulay bo‘lishi zarur. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 99 б.)
    Bularni amalga oshiradigan xatti-harakatlar uyg‘unligi rahbarlik qilish deb ataladi.
    Boshqaruv yuz berayotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirishi, buning uchun esa bu haqda axborotga ega bo‘lish lozim. Bunday axborotni olish va ishning borishiga tuzatishlar kiritish zarurligini aniqlash uchun nazorat qilish deb ataladigan boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 100 б.)
    Samaradorlik haqida gapirishdan oldin faoliyat unumdorligi tushunchasini kiritamiz. Har qanday faoliyat ozmi-ko‘pmi unumli bo‘ladi. Unumdorlik – bu qandaydir vaqt ichida olingan natijalarning foydaliligi va u bilan bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi faoliyat xususiyati demakdir.
    (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 101 б.)
    Boshqaruv sifatini baholash mavjud sharoitlardan (moodiy-texnik baza, infratuzilma va h.) unumli foydalanishni inobatga olish kerakligi ta’kidlanadi. Ya’ni boshqaruv imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni ta’minlashi kerak. Ushbu vazifani qanchalik yaxshi uddalasa, u shunchalik samarador bo‘lishi aytiladi. (Muallif: Demak, boshqaruv samaradorligi mavjud sharoitlardan maksimal foydalanishga aytiladi)
    Boshqaruv samaradorligi deganda erishilgan va erishish mumkin bo‘lgan unumdorlik o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi xususiyatni tushunamiz.
    Ta’lim sifati – bu ta’lim jarayonining jamiyatdagi holati va natijadorligini, uning shaxsning fuqarolik, turmush va kasb sohalaridagi bilimdonligini rivojlantirishda jamiyat (turli ijtimoiy guruhlar) ehtiyojlari va kutgan natijalariga muvofiqligini belgilovchi ijtimoiy kategoriya demakdir. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 102 б.)
    Sifat to‘satdan paydo bo‘lib qolmaydi. Uni rejalashtirish lozim. Sifat muassasa strategiyasining eng muhim ko‘rsatgichi bo‘lishi va unga strategik rejalashtirish jarayoniga muvofiq muntazam erishilishi darkor. Strategik rejalashtirish – ta’lim sifatini boshqarish tizimidagi eng asosiy ko‘rsatgichlardan biridir.
    Ta’lim sifatini rejalashtirish ta’lim muassasasi faoliyatining uzoq muddatli yo‘nalishini ishlab chiqish bilan chambarchas bog‘liq. Qudratli strategik nuqtai nazar – har qanday muassasa muvaffaqiyatining eng asosiy omilaridan biridir.
    Ta’limdagi strategik rejalashtirish jarayoni fanda, ishlab chiqarishda va umuman jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni ko‘zgudek aks ettiradi. Unda asosiy vazifalar va maqsadlarni aniqlash, kuchli va zaif tomonlarni, imkoniyatlarni va tahdid soluvchi xavf-xatarlarni tahlil qilish uchun foydalaniladigan omillar ta’lim sohasiga ham joriy qilinadi.
    Strategik rejalashtirish uzoq muddatli ustuvor jihatlarni shakllantirishga imkon beradi va oqilona o‘zgarishlarga ko‘maklashadi. Muassasa strategiyaga ega bo‘lmay turib, yangi imkoniyatlardan juda yaxshi foydalanish uchun maqbul vaziyatda ekanligiga ishinch hosil qila olmaydi. Strategik rejalashtirishning yetakchi maqsadlari ta’lim muassasasini rivojlantirishning muayyan vaqt oralig‘iga mo‘ljallangan umumiy dasturini ishlab chiqish bilangina emas, balki ushbu ta’lim muassasasi ko‘rsatadigan ta’lim xizmatlarining eng muhim yo‘nalishlarini, shuningdek, bu yo‘nalishning iste’molchilar ehtiyojiga nechog‘li mosligini tushunib olish va ularni qayta ko‘rib chiqish bilan belgilanadi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 112 б.)

    Download 4,19 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




    Download 4,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет

    Download 4,19 Mb.