• Strategiya nima uchun kerak
  • 1. Sifatni rejalashtirish
  • Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет




    Download 4,19 Mb.
    bet4/65
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,19 Mb.
    #251649
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
    Bog'liq
    Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

    Strategiya konsepsiya singari - umumiy g‘oya, biroq konsepsiya xohlanayotgan bo‘lajak TM g‘oyasini tashkil etsa strategiya – unga o‘tish g‘oyasidan iborat bo‘ladi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 307 б.)
    Strategiya nima uchun kerak? Agar konseptual loyihada ko‘zda tutilgan turli yangiliklarni bir vaqtning o‘zida kiritish mumkin bo‘lsa-yu, buning uchun haddan ziyod katta sa’y-harakat talab etilsa yoki qandaydir cheklashlar mavjud bo‘lsa, unda “Nimani va qanday ketma-ketlikda qilish kerak?” degan savol yuzaga keladi. Bu savolga javob berish uchun o‘zgarishlar navbatini va sa’y-harakatining ular o‘rtasida taqsimlanishini aniqlash tamoyilini ta’riflash kerak. Ana shu narsa strategiya bo‘ladi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 308 б.)
    Maqsad – istalayotgan natijaning har qanday qiyofasi emas, balki muayyan talablarni qondiradiga qiyofasidir. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 309 б.)
    TM rivojlanish dasturini ishlab chiqishda, strategiya belgilab olingach, kelajak sari harakatning birinchi boshqichi mqsadlari ta’riflanish kerak.
    Reja – bu, ular o‘rtasidagi harakat va aloqalar majmui bo‘lib, ularning amalga oshishini xohlayotgan kelajakka erishish imkoni beradi. Bu “boridan talab etilganiga” o‘tishga imkon beradiga jarayon modelidir. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 310 б.)
    (Talablar) Hozirgi vaqtda tizimda, oliy ta’limda sifat boshqaruvining yalpi tizimi – Total Quality Management – TQM ma’lum. Uning konsepsiyasida quyidagu jihatlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:

    1. TQM – ommoviy harakat. Bu oliy ta’lim muassasalarining har bir xodimi yuksak ta’lim sifatiga erishishda ishtirok etishini anglatadi.

    2. Bunda xodimlar o‘z fuksional vazifasi bajarish bilan birga muassasani rivojlantirish haqida qayg‘urishi, ishlashi (muallif: ehtiyoslarni o‘rganish, yangi mexanizmlar ishlab chiqish, o‘z ustida ishlash va b.) kerak bo‘ladi. Bir xodim funksional vazifalarni bajarib, boshqasi muassasani rivojlantirish bilan shug‘ullanishi natija bermaydi.

    TQM bilan tanishuv, odatda, sifat tushunchasi evolyutsiyasini sifat konsepsiyasining to‘rt yo‘nalishi : standartga, qo‘llashga, qiymatiga, yashirin ehtiyojlarga muvofiqligi bo‘yicha ko‘rib chiqishdan boshalanadi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 324-325 б.)
    TQMni oliy o‘quv yurtida tadbiq etishning mivaffqaiyatli omili rektordan tortib, talabagacha – “domino” prinsipi bo‘yicha tashkil etilgan ta’lim. O‘zining raqobatchilar, buyurtmachilar, yetkazib beruvchilarning va o‘quv yili yutuqlaridan va muvaffaqiyatsizliklaridan saboq chiqarishi kerak, oliy o‘quv yurti xodimlari ta’lim, turli jarayonlar uchun turli oraliqlarda, muntazam va uzluksiz bo‘lishi lozim. Odatda, oliy o‘quv yurti uchun bu – o‘quv soati, kuni haftasi, semester va o‘quv yilidir.
    …TQMni tatbiq etishning yagona to‘g‘ri usuli ham mavjud emas. U har bir oliy o‘quv yurtining madaniyati va rivojlanish tarixiga, o‘ziga xos xususiyatiga mos kelishi lozim.
    AQSh va Fransiya universitetlarida yalpi sifat boshqaruvi muammolari uch tomonlama ko‘rib chiqiladi:
    Fan sifatini o‘qitish
    Metod va prinsiplaridan foydalangan holda boshqa fanlarni o‘qitish
    Oliy o‘quv yurti boshqaruvini TQM g‘oyalari asosida tashkil etish. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 325 б.)
    Umuman olganda TQM tamoyillari va metodlarining ta’lim xizmatlari sohasiga moslashuvi quyidagi faoliyat turlarini ajratish imkonini beradi:
    1. Sifatni rejalashtirish:
    mahsulot iste’molchilari va oliy o‘quv yurti xizmatlarini aniqlash;
    istemolchilar ehtiyojlarini aniqlash;
    mahsulot yoki xizmatlar tavsifini ishlab chiqish;
    rejani ijrochilarga yetkazish.

    Download 4,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




    Download 4,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет

    Download 4,19 Mb.