• 2 – BOB. Toshkentning qadimiy maktablari tarixiga oid virtual muzey shakllantirish hamda undan foydalanishning axborot modeli, algoritmlari, tashkiliy va funksional tuzlmalari
  • 3 – BOB. Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Toshkentning qadimiy maktablari tarixiga oid virtual muzey shakillantirish Reja: Kirish




    Download 427.05 Kb.
    bet1/2
    Sana02.03.2024
    Hajmi427.05 Kb.
    #165454
      1   2
    Bog'liq
    Hasanova Xurshida
    мустақил иш, МУСТАҚИЛ ИШ КЎРСАТМА, ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1), ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (5), ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма, Kitobxonlarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashning maqsad va vazi, SKA 060-19 guruh talabasi Djiyanova Zulfiya Ravshan qizi, Kutubxona qo\'llanmasi, Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti, Axborot – kutubxona muassasalarida o’tkaziladigan ommaviy tadbir-fayllar.org, SKA 062-19 guruh talabasi XODJAKULOVA RUSHANA NABIJONOVNA, Mavzu Rahbar faoliyatining, Aliqulova Marjona Ravshanbek qizi 060-19, 060-19 Qodirov Tajimurod Xudoyberdiyevich, 1507561542 69163

    Toshkentning qadimiy maktablari tarixiga oid virtual muzey shakillantirish

    Reja:
    Kirish

    1. BOB. Maktab va maktabchilikning rivojlanish tendensiyalari

    1.1. Dunyo maktabchiligining rivojlanish tarixi
    1.2. Turkiston maktabchiligining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi.
    1.3. Toshkent oʻlkasi maktabchilik tarixi va rivojlanish bosqichlari.
    Bob boʻyicha hulosalar
    2 – BOB. Toshkentning qadimiy maktablari tarixiga oid virtual muzey shakllantirish hamda undan foydalanishning axborot modeli, algoritmlari, tashkiliy va funksional tuzlmalari

    2.1. Virtual muzey yaratish va foydalanishning axborot modeli


    2.2. Virtual muzey yaratish va foydalanishning algoritmlari
    2.3. Virtual muzey yaratish va foydalanishning tashkiliy va funksional tuzilmasi
    Bob boʻyicha hulosalar
    3 – BOB. Hayot faoliyati xavfsizligi
    Hulosalar
    Ilovalar
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish


    Farzand tarbiyasi shaxsiy masala emas, u davlat, jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan buyuk ijtimoiy ishdir, u shu darajada buyuk ishki, Vatan istiqboli ham, millat taqdiri ham tarbiya bilan bog‘liq. Avloniy so‘zlari bilan aytganda «... tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur».
    Maktab — oʻqituvchi rahbarligida yosh avlodga maʼlumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan oʻquv tarbiya muassasasi. Oʻzbekistonda maktab, asosan, davlat mulki boʻlib, unda oʻqish bepuldir. Shu bilan birga oliy oʻquv yurtlarida oʻqish qisman shartnoma asosida ota-onalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yilda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonuni hamda „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ da belgilab berilganidek, Oʻzbekiston maktablarida taʼlim oʻquvchilarning ona tilida olib boriladi. Barcha maktablarda oʻquvchi va talabalar uchun uzliksiz tarzda taʼlimning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga oʻtish taʼminlangan. Boshlangʻich va Oʻrta maktablarda taʼlimning asosiy shakli — dars, oʻrta maxsus va kasb-hunar hamda oliy maktablarda — leksiya.
    Maktabni quyidagi turlarga boʻlish mumkin:
    a) beriladigan bilimning harakteriga koʻra — umumiy va professional;
    b) bilimning koʻlamiga koʻra — boshlangʻich (yoki quyi), oʻrta, oliy;
    v) kimning qaramogʻida boʻlishiga qarab — davlat, munitsipal (jamoa) va xususiy;
    g) oʻquvchilar jinsiga koʻra — aralash (har ikki jinsdagi oʻquvchilar uchun), ayollar hamda erkaklar maktabi;d) dinga nisbatan — dunyoviy va diniy (konfessional); bolalar maktabda boʻlish vaqtiga qarab — qatnab oʻqiydigan Maktab va tunab qolinadigan maktab (pansion, internat)
    Ilk Maktablar qadimgi Sharq mamlakatlari (Xitoy, Bobil, Misr va boshqalar)da paydo boʻlgan; bu mamlakatlardagi ibodatxonalarda kohinlar va kotiblar Maktablari boʻlgan. Yevropada dastlabki Maktablar taxminan miloddan avvalgi 6-asrda Yunonistonda, miloddan avvalgi 4-asrda Qadimgi Rimda vujudga kelgan.
    Oʻrta Osiyoda boshlangʻich taʼlim beradigan Maktab maktabxona deb nomlangan. Oʻrta Osiyoda Maktablar tipidan yana Madrasa, qorixonani koʻrsatish mumkin. Madrasa oʻrta va oliy tipdagi Maktab hisoblangan; qorixonada Qurʼonni tilovat qilish oʻrganilgan.
    Turkistondagi rus aholi mahalliy aholiga nisbatan Maktablar bilan yaxshi taʼminlangan. 1876-yildan gimnaziya, real maktab, muallimlar seminariyasi va boshqa xil Maktablar ochilgan. Rus Maktablarining ayrimlarida mahalliy millat bolalari ham oʻqigan. XIX asr oxirlarida mahalliy millat bolalari uchun rus-tuzem maktablari tashkil etila boshladi. Bu Maktablar, asosan, chorizmning mustamlakachilik siyosatiga xizmat qilgan boʻlsada, oʻlkada ilgʻor oʻqish usullarining yoyilishida maʼlum rol oʻynadi. Sovet tuzumi davrida maktablardagi taʼlim jarayonining oʻzi va oʻqitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, oʻquvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qoldi.
    Maktab atamasi, shuningdek, rangtasvir, haykaltaroshlikka, oʻziga xosligi aniq ifodalangan shahar yoki maʼlum viloyat meʼmorligiga, u yoki bu darajada aniq, uslubiy va tarixiy chegaralariga ega boʻlgan butun bir mamlakatning milliy sanʼatiga nisbatan ham qoʻllanadi (masalan, Hirot miniatyura maktabi).
    Maktab — maʼlum bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish uchun bir nechta kishi, odatda, bolalar yigʻiladigan joy. Biz maktabning ikkita oʻziga xos xususiyatini qayd etishimiz mumkin: bu — bir vaqtning oʻzida bir nechta odam oʻqiydigan muayyan joy.
    Yunon va Rim maktablari barcha zamonaviy maktab va kollejlarning oʻtmishdoshi boʻlgan. Ammo koʻp asrlar ilgari hatto Yunonistonda bitta professional oʻqituvchiga bitta oʻquvchi olib kelingan paytlar ham boʻlgan. Oʻsha paytlarda maktablar ham, sinflar ham boʻlmagan.

    Keyinchalik oʻquvchilar qatnaydigan va odamlarga bilim berish maqsadida koʻp yoʻl bosishlari kerak boʻlgan yunon maʼruzachilari va faylasuflari maktablarga oʻxshash maskanlarni yaratishni boshlaganlar. Buyuk yunon faylasufi Platon oʻzi “akademiya” deb atagan joyda oʻqitishni tashkillagan birinchi oʻqituvchi edi. U yerda oʻqish muddati 3–4 yil boʻlgan.


    Qadimgi maktablar, odatda, harbiylar mashq qiladigan yoki paradlar¹ oʻtkaziladigan maydonchalarda joylashgan. Ushbu maydonchalar gimnaziyalar deb atalgan. Keyinchalik Aristotel oʻz maktabini yaratdi va uni litsey deb atadi. Yana bir qiziq narsa: Germaniyada maktablarga gimnaziya, Fransiyada litsey va Shotlandiyada esa akademiya deb nom berishdi. Bu uchta nom ham Platon va Aristotel davridan beri saqlanib qolgan.
    Ushbu ikki maktabning hech biri zamonaviy taʼlim muassasasiga oʻxshamagan. Koʻproq bu munozaralar oʻtkaziladigan joylar boʻlgan va faqat vaqti-vaqti bilan talabalarga maʼruzalar qilingan hamda mashgʻulotlar oʻtkazilgan.
    Taxminan 250-yilda qadimgi yunonlar oʻquvchilarga grammatikani oʻrgatish kerakligini tushunishgan, shu sababli asta-sekin maxsus grammatika maktablari paydo boʻlgan. Keyinchalik rimliklar yunonlarning taʼlim tizimini oʻzlashtirib olishgan. Rim maktablari zamonaviylarga koʻproq oʻxshash boʻlgan. Xoh ishoning, xoh ishonmang, ammo biz baʼzan zamonaviy maktablarga borishni istamaganimiz kabi oʻsha vaqtlarda ham oʻquvchilar rim maktablariga istamay borishgan. Oʻquvchilar erta turishlari, murakkab qoidalarni yodlashlari, chet tilini oʻrganishlari va qoʻshimcha ravishda oʻzlarini namunali tutishlari kerak edi. Itoatsiz va dangasalarni xipchin bilan savalashgan!
    Yosh avlodni tarbiyalash va o'qitish nazariyasi bilan amaliyotini qanday taraqqiy etib kelganligini bilmay turib, bugungi kundagi ulkan ta'lim-tarbiyaviy ishlami, maktablarni jamiyat hayotida tutgan mavqeini ilmiy ravishda hal qilib bo'lmaydi.
    1860 yillardan e'tiboran rus mustamlakachilari Markaziy Osiyoning ko'pgina qismini bosib oldilar. Rus mustamlakasiga aylangan Qo'qon xonligini Toshkent shahri Turkiston general gubematorligiga qarashli yerlarning markazi bo'ldi.
    Boshida, o'rta asr musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o'mashgan yerlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o'z siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi. Chunki 1866-yili Toshkentga ko'chib kelgan ruslarning bolalarini o’qitish uchun dastlabki rus maktabi ochildi. Mustamlakachilar rus bolalari bilan birga o'qish uchun mahalliy aholi bolalarini ham qabul qilar edilar. Turkistondagi bunday maktablarga hali musulmon tabaqalari orasida, uncha tushuncha bo'lmasada, bu siyosat darajasidagi maxsus topshiriq edi.

    Download 427.05 Kb.
      1   2




    Download 427.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkentning qadimiy maktablari tarixiga oid virtual muzey shakillantirish Reja: Kirish

    Download 427.05 Kb.