|
TM rivojlanishining tizimli tahlili (MRTT) – bu
|
bet | 7/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosTM rivojlanishining tizimli tahlili (MRTT) – bu, TM faoliyati rivojlanishi va tarqqiy etishi uchun zarur bo‘lgan ta’limiy, tashkiliy va texnik ehtiyojlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani amalga oshiradigan tashxis mexanizmidir.
MRTT quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:
Birinchidan, tahlil, to‘laqonli qiyoslashni amalga oshirish, uzoq muddatli ta’lim siyosatini belgilash va rivojlanish rejasini tuzish uchun tizimli tarzda amalga oshirilishi kerak…
Ikkinchidan, … ketma-ket keladigan faoliayat ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, faoliyatning batafsil rejasini ishlab chiqish va amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Bu ma’noda tashqi maslahatchilar qo‘llaganida o‘zini oqlaydi.
Uchinchidan, MRTT boshlang‘ich (yirik) sharh mexanizmlaridan iboratdir. Qo‘shimcha mexanizmlardan foydalaniladi. Tahlillar natijasida xulosa tayyorlanadi.
To‘rtinchidan, MRTT xususiy yoki tarmoq darajasida emas, balki TM ga yo‘naltirilgan holda olib boriladi. Ma’lumotlar pedagoglar foydalanishi uchun to‘planadi va ular ta’lim muassasasi darajasida tahlil qilinadi.
MRTT zamonaviy boshqaruvning konseptual nazariyasiga, TM innovatsion faoliyatini o‘rganishga, ilg‘or ta’lim muassasalari faoliyatining o‘zgarishlari, va natijalarini kuzatishga asoslanib o‘tkaziladi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 348-349 б.)
TMni tizimli o‘rganishni olib boorish mexanizmi ta’limni boshqarish, ta’lim innovatsiyalari sohasidagi ilmiy izlanishlar natijalari va ilg‘or TMlar tajribalarini o‘rganishga asoslanadi. Bu mexanizm ta’lim sifai bilan bog‘liq besh pozitsiyani o‘z ichiga oladi:
1. Ta’limning maqsadlari va vazifalari (ta’lim mohiyati, TM faoliyati konsepsiyasi).
2. TM faoliyati – dars darajasida (darsda tashkiliy tuzilma va muhit, TMboshqaruv xodimiyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning o‘zaro munosabati, ta’lim jarayoni).
3. Ta’lim jarayoni mazmuni, ya’ni nimaga o‘rgatilyapti (o‘quv rejalari va dasturlari, dars jadvallari).
4. Ta’lim sharoitlari va resurslari (binolar, kadrlar, o‘quv materiallari).
5. Ta’lim natijalari (sifat, saviya, samara).
|
| |