• Motivatsiya
  • Baholash ko‘rsatgichlari: pedagoglar jamoasi a’zolari bilan chiqishish




    Download 4,19 Mb.
    bet10/65
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,19 Mb.
    #251649
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
    Bog'liq
    Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

    Baholash ko‘rsatgichlari: pedagoglar jamoasi a’zolari bilan chiqishish

    Hamkorlikka moyillik ko‘rsatilmaydi, ziddiyatli

    Hamkorlikka oz moyillik ko‘rsatadi, fikrini ifodalashdan o‘zini tiyadi, ko‘zga tashlanmaydi

    Hamkorlik qilishga qobil, boshqalar tomonidan umuman yaxshi qabul qilinadi, biroq atrofdagilarning fikriga va tanqidiga hamisha ham qo‘shilmaydi, o‘z fikrini birinchi o‘ringa qo‘yadi

    Hamkorlik qilishga intiladi, boshqalar tomonidan qadrlanadigan o‘z fikriga ega, boshqalar fikri bilan hisoblashadi, tanqidni ijobiy qabul qiladi

    Hamkorlik qilish qobiliyati aniq ifodalangan; o‘z fikriga ega va boshqalarga ijobiy ta’sir o‘tkazishimumkin, atrofdagilar fikri bilan hisoblashadi, tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqaradi.

    (Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 399 б.)
    Motivatsiya – muayyan shaxs (alohida kishi yoki kishilar guruhi)ni muayyan maqsadlarga erishishga qaratilgan faoliyatni rag‘batlantirish jarayoni.
    Taqdirlash – bu inson o‘zi uchun qadrli deb biladigan hamma narsa. Biroq insonlarda qadrli narsalar tushunchasi o‘ziga xos bo‘lib, o‘z navbatida, taqdirlashni va uning nisbiy qimmatini baholash ham turlichadir. Oddiy bir misol. Ancha badavlat odam bir necha soatlik samimiy do‘stona munosabatni ko‘p miqdordagi puldan ko‘ra qadrliroq deb hisoblashi mumkin.
    Nazorat – boshqaruvning eng muhim funksiyasi bo‘lib, yuzaga kelayotgan muammolarni ular o‘ta jiddiy tus olmasidan turib aniqlash va hal etish uchun zarur. Bu muassasa oldida turgan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi jarayondir. Nazorat, shuningdek, rag‘batlantirish vositalaridan bir hamdir. Rejalashtirishni ham, tashkiliy tuzilmalarni yaratishni ham motivatsiyani ham nazoratdan ayri holda ko‘rish mumkin emas, chunki ularning hammasi boshqaruv jarayonining fundamental qismlari sanaladi. (Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 410 б.)
    Ta’lim muassasasi ishi samaradorligiga erishish uchun qanday omillar ustun bo‘lishi kerak? Ulardan ayrimlari quyidagilar:


    Professional rahbarlik

    Qat’y va maqsadga muvofiq sheriklarga yondashuv; Boshqaruv xodimlari professional boshqaradi


    Umumiy tasavvurlar va maqsadlar

    Maqsadning umumiyligi; Ijroning izchilligi; kollegiallik va hamkorlik


    Ta’lim olib boriladigan sharoit

    Tegishli muhit; Qiziqarli ish sharoiti


    O‘qitish va o‘zlashtirishga e’tiborni qaratish

    O‘quv vaqtidan yuqori darajada foydalanish; Nazariylikka e’tibor; O‘quvchilarning muvaffaqiyatiga e’tibor qaratish


    Ta’limning maqsadga muvofiq kelishi

    Samarali tashkil qilinganlik; Qo‘yilgan maqsadning ravshanligi; Tarkiblashtirilgan mashg‘ulotlar; O‘quvchilar qiziqishlariga moslik


    Katta natijalar kutish

    Hamma narsadan katta natija kutish; Nima kutilishi kerakligi hammaga ayon; Murakkab intelektual muammolar


    Ijobiy mustahkamlash

    Fanlarning o‘qitilishiga nisbatan aniq-ravshan va adolatli talab qo‘yilishi; Amaliy teskari aloqa (maqtov va mukofotlar)


    Rivojlanishni monitoring qilish

    O‘quvchilarning o‘qishini monitoring qilish; Ta’lim muassasalari faoliyatini sifatli tahlil qilish


    O‘quvchilarning huquq va majburiyatlari

    O‘quvchilarning o‘zini-o‘zi baholash darajasini oshirish; majburiyatlar haqida qoida; Ishni nazorat qilish


    Sheriklik

    Ota-onalarni o‘z farzandlarini o‘qitishga jalb qilish


    O‘quv jarayonini tashkil qilish

    Pedagoglar jamoasi malakasini ta’lim muassasasi negizida oshirish, ta’lim muassasasining tuzilmaviy rivojlanishi

    (Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 419-420 б.)
    me’yor – ta’lim jarayoni ishtirokchilari xatti-harakatini, o‘zaro munosabatlarini yo‘naltiradi, ishning afzalligi va yo‘l qo‘yiluvchi chegaralarini ko‘rsatib beradi. Bu director va pedagoglar ta’lim sifatini o‘lchash hamda baholashda tayanishi lozim bo‘lgan shartlar tasnifi;

    Download 4,19 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




    Download 4,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Baholash ko‘rsatgichlari: pedagoglar jamoasi a’zolari bilan chiqishish

    Download 4,19 Mb.