|
Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет
|
bet | 13/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosO‘quvchi. Tushuncha va tamoyillardan yangi vaziyatlarda foydalanadi, qonun va nazariyalarni konkret amaliyotda qo‘llaydi, metod va tartibotning to‘g‘ri qo‘llanishini namoyish etadi.
4. Tahlil. Bu kategoriya materialni uning tuzilmasi ko‘rinib turadigan qilib yaqqol tarkibiy qismlarga ajrata olish malakasini bildiradi. Bunga butunni qismlarga bo‘lish, ular o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash, butunni tashkil etish prinsiplarini tushunish kiradi. Bunda o‘quv natijalari tushunish va qo‘llashga nisbatan yuksak intelektual darajasi bilan xarakterlanadi, chunki u o‘quv materialining mazmunini ham, ichki tuzilishini ham bilishni taqozo etadi.
|
O‘quvchi. Yashirin (noaniq) taxminlarni ajratib ko‘rsatadi, muhokama mantig‘idagi xato va zaif jihatlarni ko‘radi, dalillar va oqibatlar orasidagi farqni aniqlaydi, ahamiyatli ma’lumotlarni baholaydi.
|
5. Sintez. Bu kategoriya yangilikka ega bo‘lgan butunni olish uchun elementlarni kombinatsiyalash malakasini belgilaydi. Bunday yangi narsa axborot (ma’ruza, nutq) harakat rejasi yoki umumlashtirilgan aloqalar majmui (mavjud ma’lumotlarni tartibga solish sxemasi) bo‘lishi mumkin. Tegishli o‘quv natijalari yangi sxema va tuzilmalar yaratishga moyil ijodiy faoliyatni taqozo etadi.
|
O‘quvchi. Ixcham ijodiy insho yozadi, tajriba-sinov o‘tkazishni taklif qiladi, biron-bir muammoni hal qilish rejasini tuzish uchun turli sohalarga oid bilimlardan foydalanadi.
|
6. Baho. Bu kategoriya u yoki bu material (tasdiq, xulosa, ma’lumot, badiiy asar) aniq maqsad uchun qanday ahamiyatga egaligini baholash malakasini bildiradi. O‘quvchi mulohazasi aniq mezonlarga asoslanishi kerak. Mezonlar ichki (tuzilmaviy, mantiqiy) yoki tashqi (belgilangan maqsadga mos) bo‘lishi mumkin. Mezonlarni o‘quvchilarning o‘zi belgilashi yoki ular o‘quvchilarga tashqarid
/Ж укенгшan (masalan, o‘qituvchi tomonidan) berilishi mumkin. Mazkur kategoriya avvalgi barcha kategoriyalar bo‘yicha o‘quv natijalariga erishishni hamda aniq belgilangan mezonlarga asoslangan baholovchi mulohazani nazarda tutadi.
|
O‘quvchi. Yozma matn ko‘rinishidagi material tuzilishining mantiqiyligini baholaydi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, ichki mezonlardan kelib chiqib u yoki bu faoliyat natijasining ahamiyatini baholaydi, tashqi mezonlardan kelib chiqib, u yoki bu faoliyat natijasining ahamiyatini baholaydi.
|
(Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 526-527 б.)
Oxirgi yillarda ta’lim statistikasiga yetarli baho berilmaslik holati kuzatilyapti. U lozim darajada tezlik bilan yangilanmaganligi uchun statistika yangilanayotgan ta’lim tizimidan sezilarli darajada ortda qoldi.
Boshqaruv axborotining yaxlit tizimi yaratilishi, bizningcha, tahliliy faoliyat sifatini ancha yaxshilaydi va tegishli ravishda, faoliyatni rejalashtirish tizimiga va ijobiy natija olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. (Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 537 б.)
|
| |